O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


PEDAGOGIK NAZOKATNING UZLUKSIZLIGINI



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   284
PEDAGOGIK NAZOKATNING UZLUKSIZLIGINI 
TA’MINLOVChI OMILLAR:
 

pedagogik nazokat o‘qituvchining butun pedagogik faoliyatida sayqallanib 
takomillashib boruvchi jarayon 

pedagogik nazokat odatda tugallangan shaklga ega bo‘lmay, insoniy 
fazilatlar evaziga uzluksiz boyib boradi 

o‘qituvchi pedagogik nazokatning tarkibiy qismlarini ijtimoiy muhitga va 
odamlarning yashash tarziga, urf-odatiga qarab o‘zgartirishi mumkin; 

o‘qituvchi pedagogik nazokatning nozik qirralarini chuqur egallashga doimo 
intilishi talab etiladi 

pedagogik nazokatni o‘qituvchi har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatda 
o‘zi uchun eng qulay shaklga keltirib, ma’lum bir muvozanatda saqlaydi 

o‘z kasbini sidqidildan sevishi, halolligi, rostgo‘yligi, axloqiy pokligi, 
odamiyligi, kamtarligi, samimiy muomalasi pedagogik nazokatning zarur 
talablaridir 

pedagogik nazokat asosida o‘qituvchining mehribonligida tarbiyada 
talabchanlik va qattiqqo‘llik hislatlari mujassamlashgan bo‘ladi 

pedagogik nazokat asosida o‘qituvchi pedagogik odob va axloq normalarini 
o‘zining dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan boyitib boradi 


145 
O‘qituvchi pedagogik nazokatga ta’lim va tarbiya jarayonidagi har 
bir vaziyatga adolatli baho berishi, o‘quvchilarning xatti-harakatini to‘g‘-
ri idrok etishi, sabot va matonat, o‘zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik, 
vijdon, oriyat kabi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi bilan erisha-
di. Pedagogik faoliyatda o‘z kasbini sevgan o‘qituvchigina butun kuch 
g‘ayratini, qalb nuri va dil haroratini shu ishga bag‘ishlaydi va o‘z fao-
liyatida yaxshi natijalarga erishadi. Bolalarni sevish, ularga mehr-muhab-
batli bo‘lish o‘qituvchi axloqiy qiyofasini namoyon etuvchi muhim fazi-
latlardir.
O‘qituvchi deyarli har kuni o‘quvchilar bilan uchrashadi, savol-ja-
vob qiladi, ularning yaxshi xulq va ezgu ishlarini ma’qullaydi, bilimlarini 
baholaydi, nojo‘ya xatti-harakatlari uchun tanbeh berib, lozim bo‘lganda 
tarbiyaviy metodlarni qo‘llaydi. 
Pedagogik nazokat doimiy izlanishni, ijodkorlikni talab qiladi. Doi-
miy ijodiy izlanishda bo‘lgan o‘qituvchi tadqiqotchilik ko‘nikma va 
malakalariga ega bo‘ladi, ilm-fan muammolari, tarbiya etikasi va psixo-
logiyasi yuzasidan erkin fikr yurita oladi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning kattalar bilan muloqotga kirishish tizimi-
ga ma’lum darajada kirib borib, ularning ichki qoidalarini o‘rganishga 
harakat qilishi kerak. Bu narsa o‘quvchilar bilan suhbatlashish orqali, fe’l-
atvorini o‘rganish, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlarini kuzatish, 
o‘quvchilar hayotidagi turli voqealar va muammolarni birgalikda tahlil 
qilish, ular muhitida ro‘y berayotgan hodisalarga nisbatan fikr-mulo-
hazalarini bilish asosida amalga oshiriladi. Bunda u o‘quvchilar jamoasida 
ro‘y berib turadigan, tashqi tomondan kuzatganda aslo bilib bo‘lmaydigan 
yashirin hodisalar va voqealarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Natijada o‘qituvchi ta’lim-tarbiyaviy jarayonda o‘z oldida turgan vazi-
falarni hal etishda o‘quvchilarning o‘zlarini ham jalb qila oladi.
Ijobiy natijalarga erishish uchun, o‘qituvchi o‘quvchilarning 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin