3. Qanday o‘rgatish:
a) o‘qituvchi o‘z faoliyati davomida to‘plagan pedagogik tajribalari
asosida kompyuter, axborot va innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan
holda ta’lim berishi;
b) yuksak pedagogik mahorat bilan dars va darsdan tashqari vazi-
yatlarda tarbiyaviy jarayonni milliy mafkura, an’ana va qadriyatlar aso-
sida tashkil etish;
v) o‘quvchilarni bilim olishga qiziqishini oshirish maqsadida peda-
gogik ta’sir ko‘rsatishning turli usullaridan foydalanish;
g) ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda belgilangan maqsadga erishish uchun,
mahalla faollari, ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash.
O‘qituvchining o‘quvchilar hamda o‘qituvchilar jamoasi bilan uzviy
aloqada bo‘lishi, uning jonli muloqotni to‘g‘ri tashkil etishda muhim aha-
127
miyat kasb etadi. O‘quvchilar bilan jonli muloqotga kirishib, ularning
hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lish birdaniga sodir bo‘ladigan va ta’lim-
tarbiya sohasida yutuqlarga darhol yetaklaydigan jarayon emas. Buning
uchun o‘qituvchi yillar davomida tayyorlanadi, pedagogik mahorat
sirlarini egallaydi, tajribali ustoz o‘qituvchilarning yutuqlaridan
foydalanadi. Yosh o‘qituvchilar uchun jonli muloqotni yaratishda quyi-
dagi vazifalarga e’tibor berish talab qilinadi:
- o‘quvchilarning individual xususiyatlarini, psixik holatini chuqur
o‘rganish, sinf jamoasining rasmiy va norasmiy liderlari faoliyati bilan
tanishish, ularga nisbatan adolatli munosabatda bo‘lish;
- jonli muloqot asosida mustaqil fikrlovchi, o‘zining qadr-qimmatini
anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga
intiluvchi erkin shaxsga ta’lim-tarbiya berishi shartligini unutmaslik;
- jonli muloqotning pirovard natijasi o‘quvchilarni o‘z aqli, o‘z
tafakkuri, o‘z mehnati bilan mas’uliyatni his etishini ta’minlashi, ularni
ongli ravishda ozod va hur fikrlovchi inson bo‘lib tarbiyalanishini
ta’minlash;
- jonli muloqot tufayli o‘quvchilarning yuksak darajadagi intellek-
tual salohiyatlarini, aql-zakovati qudratini yuzaga chiqarishga erishish.
Pedagogikada jonli muloqotning muhim jihatlaridan biri uning
vositalaridir. Vositalar tashkilotchilik qobiliyati, baho beruvchi, intizom-
ga undovchi bo‘lishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda o‘qituvchi o‘z ishi-
ning mohir ustasi bo‘lishi uchun tashkilotchilik qobiliyati asosida ta’sir
ko‘rsatishga ko‘proq yondashishi lozimligi ta’kidlanadi.
O‘qituvchilarning jonli muloqoti uchta qarama qarshi shakllarga ega
bo‘lgan faoliyatlardan birida namoyon bo‘ladi:
ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning bir-
galikda hamkorlik qilishlari;
o‘qituvchining o‘quvchilarga tazyiq o‘tkazishi va ularning faolli-
gini ro‘yobga chiqarmasligi;
o‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqotda, nisbatan mo‘-
tadil munosabatda bo‘lishi va o‘quvchi jamoasi tomonidan hal etila-
yotgan barcha muammolardan o‘zini chetga olishi.
Muloqotdagi noo‘rin vaziyatlarni o‘qituvchining o‘zi tajribasizligi
tufayli paydo qiladi. U o‘quvchilar bilan bir xil o‘zaro jonli muloqot olib
bora olmaydi, ba’zi ishtirokchilarga nisbatan tazyiq o‘tkazsa, ba’zi ishti-
rokchilarga muvofiq ravishda faoliyat olib boradi.
128
O‘qituvchi jonli muloqotga emotsional tus berish bilan neytral holat
orqali muloqotdagi faoliyatini ijodiylikdan salbiylikka o‘zgartirishi
mumkin. Bularning hammasi muloqot muhitini, sinfdagi ma’lum iqlimni
o‘zgartiradi. Takomillashgan pedagogik muloqot o‘qituvchining o‘z jonli
muloqoti jarayonida va erishilgan yutuqlari natijalarini muntazam
nazorat qilib borishini nazarda tutadi.
To‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik muloqot davomida o‘qituvchi
tanlagan vositalar ta’lim-tarbiya jarayonining vazifa va sharoitlariga
muvofiq kelishini o‘lchovchi vosita sifatida tushuniladigan pedagogik
nazokat mujassamlanadi. Pedagogik faoliyatda o‘qituvchi jonli muloqot
orqali quyidagi funksiyalarni bajaradi:
birinchidan,
ta’lim-tarbiya jarayonining o‘qituvchi tomonidan yakka
holda olib borilishi va bu faoliyatga yagona o‘zi javobgarligi;
ikkinchidan,
ta’lim-tarbiya jarayonida bir maqsadga yo‘naltirilgan
ijtimoiy - psixologik tizimning bir maromda ta’minlashi;
uchinchidan,
ta’lim va tarbiyaning muvaffaqiyatini belgilovchi o‘qi-
tuvchi va o‘quvchilarning o‘zaro munosabatida muayyan bir tizimning
tashkil qilinishi;
to‘rtinchidan,
o‘quvchilarni mustaqil fikrlovchi erkin shaxs sifatida
shakllantirish, yashirin iste’dodini ro‘yobga chiqarishga erishish imkoni-
yatlaridan foydalanish;
beshinchidan,
barkamol inson tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor
sohasi sifatida o‘qituvchi pedagogik faoliyatining birlamchi vazifasi
ekanligini unutmaslik.
Jonli muloqot jarayonida o‘quvchilarning xulqi ijtimoiy qonuniyatlar
maromiga zid kelsa, u holda uning xatti-harakatiga tarbiyaviy ta’sir
ko‘rsatiladi, ya’ni, e’tiroz, tanbeh, ogohlantirish kabi vositalar qo‘lla-
niladi. Jonli muloqot o‘qituvchilarning axloqiy namunalari muhim
ahamiyatta ega bo‘lib, axborot almashinuv, o‘zaro ta’sir kabi muloqot
vositalarining muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
Har bir fikr va e’tiroz bildirilganda, muloqotdan o‘quvchining ruhiy
o‘zgarishlariga, tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish, lozim bo‘lganda o‘qi-
tuvchining uzr so‘rashi, tavoze bilan o‘quvchiga murojaat qilishi o‘qi-
tuvchi muomala odobining muhim belgisidir.
Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan pedagogik faoliyatda o‘qi-
tuvchi muloqot jarayonida nojo‘ya xatti–harakati, qo‘polligi, o‘ylanmay
bildirilgan noto‘g‘ri fikri, ortiqcha imo-ishoralari natijasida o‘quvchilar
129
bilan bo‘ladigan jonli muloqotning buzilishiga, tuzatib bo‘lmas qaltis
vaziyatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Buning natijasida muloqot odobi, yaxshi muomala bilan fikr alma-
shuv o‘z o‘rnini nizoli vaziyatga bo‘shatib beradi. Ushbu salbiy holat-
larga yo‘l qo‘yilmaslik uchun, pedagogik muomalada o‘quvchilar bilan
o‘zaro munosabat hurmat va ishonch negizida qurilishi kerak. Bunda
o‘qituvchi o‘quvchining huquq va majburiyatini, maktabda, jamoada,
oilada bajaradigan vazifalari nimalardan iborat ekanligini har lahzada
eslatib turishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |