7 – BOB. O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHI O‘RTASIDAGI
MULOQOT
Tayanch tushunchalar
:
Muomala kategoriyasi; muloqot; axloqiy me’yorlar; nutq dina-
mikasi; muloqot funksiyalari; prognostik etap; norasmiy liderlar;
modellashtirish; pedagogik jarayon; kommunikativ aloqa; tashkilotchi va
ijrochi; interaktiv muloqot; perseptiv muloqot; jonli muloqot; muloqot
odobi; tavoze; ishonchni qozonish; ta’sir etish; ma’qullash; demokratik
yondashuv; avtoritar uslub; demokratik uslub; liberal uslub; muloqotni
boshqarish bosqichlari; muloqotni ta’minlaydigan talablar.
7.1. Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari
Muloqot – yunoncha so‘z bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va
o‘zaro fikr almashuv ma’nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq
kishilarning so‘zlashuvida paydo bo‘ladi. Inson muloqot jarayonida ijti-
moiy tajriba, ta’lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar g‘oya
va mafkura omillari ta’sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida ka-
molotga yetadi. Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot pedagogik
–
psixo-
logik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o‘z ichiga
shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng ma’noda tushuniladi
hamda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o‘zaro
ta’sir va o‘zaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni
ifodalaydi.
Pedagogikada muloqot o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining o‘zaro
ta’sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o‘zaro axborot
almashishida, ta’lim va tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishida, o‘zaro bir-birlarini
tushunishga
erishishlarida
namoyon
bo‘ladi
hamda
quyidagi
xususiyatlarga ega:
muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy
qurol hisoblanadi;
muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni
ta’minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim aha-
miyatga ega;
120
o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy
qismi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa,
u ham xuddi shunday muhim rol o‘ynaydi;
pedagogikada muloqot – o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir o‘tka-
zish asosida o‘zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maq-
sadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini
bajarishidir;
muloqot – hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chi-
qadi va shaxslararo munosabat rivojlanishining ko‘p qirrali jarayoni
hisoblanadi;
noto‘g‘ri pedagogik muloqotdan o‘quvchilarda qo‘rquv, o‘z kuchi-
ga ishonchsizlik paydo bo‘ladi, ularning diqqat
–
e’tibori, ishchanlik
harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va erkin fikrlash
qobiliyati pasayadi.
Pedagogik muloqot – bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan darsda va
darsdan tashqari faoliyatda eng qulay psixologik muhitni vujudga
keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy
munosabatidir.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro yaqin muloqotidan asosiy
maqsad:
salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham
berish;
o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish;
o‘quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o‘z fik-mulohazalarini
cho‘chimasdan bayon qilib unga tayanishga o‘rgatish;
o‘quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;
dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik
kayfiyatini paydo qilish
.
A.S.Makarenkoning fikricha, o‘qituvchi muloqoti hypmat va
talabchanlikka asoslangan munosabat shaklida bo‘lishi lozim.
V.D.Suxomlinskiy o‘qituvchining
"…maktab hovlisida gapirgan har
bir so‘zi puxta o‘ylangan, aql va mulohazalarga boy, ma’lum bir
tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo‘lishi kerak"
deb ta’kidlaydi. O‘qituv-
chining har bir so‘zi olimning fikricha, nafaqat o‘quvchi qulog‘iga
aytiladi, balki uning qalbiga ham qaratilgan bo‘lishi shart. Umuman
ilg‘or o‘qituvchilarning fikricha, ta’lim va tarbiya faqat o‘qituvchi va
o‘quvchining o‘zaro hamkorlik pozitsiyasi asosidagi muloqot jarayonida
quriladi.
121
O‘qituvchining pedagogik muloqoti ijtimoiy-psixologik jarayon
bo‘lib, quyidagi funksiyalar bilan xarakterlanadi:
Dostları ilə paylaş: |