O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   284
ma’naviy harakat omili 
ta’minlaydi. 
2.
Ma’naviy qadriyatlarning mohiyati, ma’naviy-axloqiy tajriba, 
o‘qituvchining ta’sirchan nutqiy muloqoti vositasida o‘quvchilar ongiga 
singdiriladi. 
Nutqiy aloqalar
tarbiya jarayoni obyektlari va subyektlari 
orasida kechadi va o‘quvchi ma’naviy madaniyatini shakllantiruvchi 
omil 
bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchining xulq namunasi, ma’naviy harakati
nutqiy aloqalar samaradorligi o‘qituvchi va o‘quvchining muloqoti 
asosidagi faoliyat munosabatlari bilan belgilanadi. 
3.
Ma’naviy qadriyatlarning tarbiyaviy imkoniyatidan ta’sirlanish va 
amaliy faoliyatda ularga tayanish, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga 
ko‘tarilishini ta’minlab, o‘quvchi ma’naviy madaniyatini tarbiyalashdagi 
ahamiyatini yanada takomillashtirish ta’lim-tarbiya jarayonining 
ishtirokchilaridan (o‘qituvchi va o‘quvchi) doimiy ijodkorlikni talab 
qiladi. 
Ijodkorlik
– milliy-ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchi 
ma’naviy madaniyatini shakllantirishda 
muhim omil
hisoblanadi. 


115 
O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida uning imkoniyatlaridan keng va 
samarali foydalanadi.
4.
O‘quvchi ma’naviy madaniyatini shakllantirishning muvaffaqiyati 
o‘qituvchining muloqot olib borish psixologik taktikasi omillariga
ham 
bog‘liq. Ushbu omilni harakatlantiruvchi sharoitlar:
– o‘qituvchining pedagogik-psixologik va maxsus fanlar integrat-
siyasi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi;
– mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy mahorati;
– o‘quvchilar bilan o‘zaro do‘stona muloqot madaniyati;
– o‘quvchilarning ruhiy holatini tez bilib olishi;
– o‘qituvchi ma’naviy madaniyatining shakllanganlik darajasi;
– ta’lim-tarbiyaning zamonaviy usul va metodlarini tanlay bilishi
– zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari to‘g‘risida chuqur 
ma’lumotlarga ega bo‘lishi;
– o‘qituvchining pedagogik jamoa orasidagi hurmat – e’tibori. 
5.
O‘qituvchi muloqot asosida 
o‘quvchilarda ham ijodkorlik omilini 
takomillashtirib boradi. O‘quvchida uning sifatlari quyidagi belgilar bilan 
namoyon bo‘ladi:
 

ma’naviy qadriyatlarni, an’analarni o‘zlashtirishga qiziqishda 
ehtiyoj va talabning kuchliligi;

o‘rganilayotgan fanlar asoslarini egallashga ijobiy munosabat; 

ma’naviy madaniyat saviyasi, dunyoqarashi;

o‘z-o‘ziga nisbatan talabchanlik
 

tabiatga, atrof-muhitga ongli munosabat; 
 

yangiliklarni va axborot texnologiyalarini o‘rganishga qiziqish;
 

ijtimoiy va shaxsiy faolligi; 
 

nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasi; 
 

tashabbuskorligi va ijodkorligi.
 
O‘quvchilarda ma’naviy madaniyatni shakllantirish jarayonining 
muvaffaqiyatli borishi ta’lim mazmuniga asoslanib, o‘qituvchi va o‘quvchi-
larning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish saviyasiga 
bog‘liq. Bu quyidagi faoliyat turlarini mukammal bilishni taqozo etadi:
Birinchidan,
o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat ijodkorlikni, mas’u-
liyatni, faollikni va eng asosiysi muloqot madaniyatiga rioya etishni talab 
qiladi.
Ikkinchidan,
har bir darsda o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham belgilan-
gan maqsadni aniq qo‘ya bilishi, amalga oshiriladigan vazifalarni to‘g‘ri 
belgilab olishi lozim.


116 
Uchinchidan,
dars jarayonida bilimlar mazmunining ilmiyligi, 
uzluksizligi, izchilligi va tarbiyaviy xarakteri, o‘qituvchining notiqlik 
san’ati asosida bayon etish shaklining mukammalligi, qiziqarliligi o‘quv-
chilarda ta’limiy va tarbiyaviy tomondan o‘rganiladigan qadriyatlarga 
qiziqishni kuchaytiradi, ularda tarixiy, adabiy, milliy va diniy 
xarakterdagi milliy qadriyatlar bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini 
oshirish ishtiyoqi rivojlanadi.
To‘rtinchidan,
o‘qituvchining pedagogik mahorati, nazariy va 
uslubiy tayyorgarligi, o‘z kasbiga, faniga munosabati, olib boradigan 
darsi andozasini va uning natijasini oldindan ko‘ra bilish, har bir dars 
samaradorligini ta’minlovchi texnik va texnologik belgilardan biridir.
Beshinchidan,
dars jarayonida o‘quvchilar jamoasiga erkin fikr 
yuritish, o‘z fikr-mulohazasini erkin bayon etishga imkoniyat yaratish, 
o‘quvchilar jamoasi fikriga tayanish, ularning fikr-mulohazalari, istak-
xohishlarini e’tiborga olish, o‘quvchilarning mustaqil ishlaridan keng 
foydalanish zarur.
Oltinchidan,
o‘quvchilar bilimiga, xulqiga beriladigan bahoning 
xolisona va adolatli bo‘lishi barcha ta’lim va tarbiyaviy faoliyatni to‘g‘ri 
tashkil etilishiga ijobiy ta’sir etuvchi omil ekanligini unutmaslik kerak.
Xulosa qilib ta’kidlash joizki, ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quv-
chilar ongiga muloqot asosida milliy qadriyatlar va ma’naviy madani-
yatni shakllantirish, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muloqotini 
hozirgi zamon pedagogik talablari asosida mukammal tashkil etilishini 
ta’minlaydi.
 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin