O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Muloqot asosida ma’naviy madaniyatni shakllantirish



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   284
 
6.4. Muloqot asosida ma’naviy madaniyatni shakllantirish 
mezonlari va omillari 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mustaqillikning 
dastlabki yillaridayoq mamlakatimizni rivojlantirishning ma’naviy-
axloqiy negizlari haqida o‘z fikrlarini bayon etgan: 
“Mustaqil O‘zbekis-
tonning kuch-qudrat manbai – xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga 
sodiqligidir. Xalqimiz adolat, tenglik, ahil qo‘shnichilik va inson-
parvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab asrab kelmoqda. 
O‘zbekistonni yangilashning oliy maqsadi ana shu an’analarni qayta 
tiklash, ularga yangi mazmun bag‘ishlash, zaminimizda tinchlik va 
demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini 
kamol toptirishga erishish uchun zarur shart-sharoit yaratishdir”.
Darhaqiqat, O‘zbekiston zaminida Sharq ma’naviy madaniyatining 
muhim jihatlari uyg‘onish davrida rivojlangan bo‘lib, bu davrda yashab 
ijod etgan al-Xorazmiy, al-Kindiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, 
Abu Rayhon Beruniy, Firdavsiy, Umar Xayyom, Yusuf Xos Hojib, 
Ahmad Yassaviy, Shayx Sa’diy, Tusiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad 
Yugnakiy, Lutfiy, Mirzo Ulug‘bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy 
kabi ko‘plab mutafakkirlarning ijodiy meroslari pedagogik tafakkur 
taraqqiyotida, insonning ma’naviy-axloqiy kamolotida, umumbashariy 
ma’naviy qadriyatlarning yuksalishida muhim bosqich bo‘ldi. Ular 
Sharqona odob-axloq talablari asosida komil insonni tarbiyalashning 
ma’naviy asosini yaratishga muvaffaq bo‘ldilar.
Ushbu davr ma’naviy qadriyatlari mazmunida avvalo, insonning 
ichki va tashqi holati, hissiyoti, mehnatga, turmushga munosabati, mehr 
oqibati, muhabbati, sadoqati, bilim o‘rganishga intilishi, ma’naviy 
kayfiyati, aql-idroki, erki, insonni tabiatning eng buyuk mahsuli sifatida 
kuylash, tasvirlash, oliy axloqli, yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan 
adolatli jamoa vakilini tarbiyalash g‘oyasi ilgari surilgan. Ularning yosh 
avlod ma’naviy madaniyatini tarbiyalashdagi ahamiyati ham naqadar 


113 
bebaho ekanligini ta’kidlab, Prezidentimiz I.A.Karimov 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin