O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta’siri



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   284
 
6.3. Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta’siri 
Odamlarning mehr
-
oqibati, bir-birlariga nisbatan o‘zaro hurmat 
e’tiborda bo‘lishlari o‘zaro muomala jarayonida namoyon bo‘ladi. 
Xalqimizda azaldan muloqot salomlashish madaniyatidan boshlanadi. 
Salomlashish turli xalqlarda har xil amalga oshiriladi. Xalqi mizda 
salomlashish axloqlilikning yuksak namunasi sifatida e’tirof etilib, 
uning negizida umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, shu 
millatning ruhiy xususiyatlari, o‘zaro munosabatlarining ma’naviy 
asoslari, bo‘lajak muloqotning xarakteri, o‘zaro hamkorligi aks etadi. 
“Qur’oni Karim”da salomlashish odobi musulmon ahlining qat’iy 
majburiy burchi tarzida bayon etiladi: “Ey mo‘minlar, o‘z uylarin-
gizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom 
bermaguningizcha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. 
Shoyad ushbu eslatmadan ibrat olsangizlar”(24.27), (24.61).
Ajdodlarimizning madaniy va ma’naviy merosi, ular yaratgan 
so‘z, xalq tilining tuganmas boyligi yosh avlodni tarbiyalashda mu-
him ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda Abu Nasr Forobiy, Abu 
Abdulloh al-Xorazmiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Hisrav 
Dehlaviy, Abu Hamid G‘azzoliy, Kaykovus, Shayx Sa’diy, Alisher 
Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa Sharq va G‘arb 
donishmandlarining boy meroslarida farzandlarni tarbiyalash va 
kamolotga etkazish asosiy muammo sifatida targ‘ib qilingan. Ular 
so‘zni va nutqni ta’lim-tarbiyada ilohiy ne’mat va hikmat deb bilishgan 
hamda har bir so‘zning o‘z o‘rni va ahamiyati borligini, tarbiyada so‘z-
dan kuchliroq va qudratliroq narsa yo‘qligini, tilga e’tibor – elga e’tibor 
ekanligini, so‘z sehri mo‘’jizalar yarata olishini ta’kidlab kelganlar. 
Bularning barchasi mudarris va shogirdlarning samimiy mu loqoti 
jarayonida amalga oshirilgan. Mudarrislar barkamol va tarbiyalangan 
insonning o‘nta nishonasi borligini alohida ta’kidlashgan: 

birinchisi: xalq to‘g‘ri deb topgan narsaga noto‘g‘ri deb 
qaramaslik; 

ikkinchisi: yoshlikdan o‘z nafsiga erk bermaslik; 

uchinchisi: birovlardan aslo ayb qidirmaslik; 

to‘rtinchisi: yomonlik va omadsizlikni yaxshilikka yo‘yish; 


109 

beshinchisi: agar gunohkor uzr so‘rasa, uzrini qabul qilish va
kechirimli bo‘lish; 

oltinchisi: muhojirlar hojatini chiqarish; 

ettinchisi: doimo el g‘amini eyish; 

sakkizinchisi: aybini tan olish; 

to‘qqizinchisi: el bilan ochiq chehrali bo‘lish; 

o‘ninchisi: odamlar bilan doimo shirin muomalada bo‘lish. 
Muloqot Sharqona tarbiyada axloq ko‘rki sanalgan. Muallim har bir 
o‘quvchining qanday dunyoqarashga egaligi, tafakkuri, bilim saviyasi, 
hayotga nisbatan munosabati odamlar bilan o‘zaro muloqotida namoyon 
bo‘lishini uqtirishgan. Sharq mutafakkirlari merosida muloqot – azaldan 
insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa vositasi bo‘lgan. Muloqotning asosiy 
quroli til hisoblangan. Shuning uchun ham til – aloqa quroli sifatida 
ta’riflanadi.
Insonning tili shirin, muomala madaniyatiga ega bo‘lsa, qisqa vaqt 
ichida xalq orasida obro‘-e’tibor topadi. Ko‘p gapirish hech qachon 
kishiga obro‘ keltirmaydi. Shuning uchun ham o‘tmishda yashab o‘tgan 
mutafakkirlarimiz tilga, aytiladigan har bir so‘zga hurmat bilan, o‘ylab 
yondashish lozimligini uqtirib o‘tganlar. O‘qituvchi 
“so‘z aytishdan 
avval, har daqiqada so‘z ortidan keladigan oqibatlarni o‘yla”
shi 
(I.P.Pavlov)
kerak. Alisher Navoiy o‘z adabiy meroslarida muomala 
madaniyati, xushmuomalalik, tilning ahamiyati to‘g‘risida, shirinso‘zlik 
haqida noyob fikrlarni bayon qilgan. Bygungi kunda ham bu fikrlar o‘z 
ahamiyatini yo‘qotgan emas. 
“Til shirinligi – ko‘ngilga yoqimlidir, 
muloyimligi esa foydali. Shirin so‘z sof ko‘ngillar uchun acal kabi 
totlidir”
- deydi alloma.
O‘quvchilar nutqini o‘stirishda o‘qituvchining til boyligi muhim 
ahamiyatga ega: bir tomondan, shirin tillilik o‘quvchilarni o‘qitish va 
tafakkurini rivojlantirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi. Bundan 
shunday xulosa kelib chiqadiki, o‘qituvchining til boyligi nutqining 
obrazli, chiroyli, jarangdor, namunali bo‘lishini ta’minlaydi, natijada 
o‘quvchi diqqatini o‘ziga jalb etadi. Zotan, til va nutqning teranligi, 
o‘qituvchining 
mahoratini, 
ma’naviy 
boyligini, 
o‘qituvchilik 
qobiliyatining qay darajada ekanligini ifodalaydigan o‘lchov, ko‘rsatkich 
hisoblanadi. Amerikalik taniqli shoir Rolf Emerson: 
“Nutq qudratli 
kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur qiladi”
deydi. Sharq mutafakkirlari 
ijodida til va nutq vositalari orqali notiq, voiz, badihago‘y, qissaxon kabi 
maxsus san’at ahillari va mudarrislar diniy, ta’lim-tarbiyaviy, islomiy 


110 
aqidalarni ommaga singdirishgani, pand-nasihatlar qilishgani bayon 
etiladi. Ushbu nutq sohiblari keng qamrovli bilimga, boy axborotga ega 
bo‘lishgan.
Alisher Navoiy 
“Voiz olimning o‘zi avvalo halol ish ko‘ruvchi bo‘li-
shini, uning nasihatidan chiqmaslikni”
o‘z asarlarida bayon etgan. 
Shuning uchun til shirinligi va notiqlik san’ati ustida ishlash, nutq 
madaniyatini takomillashtirib borish har
 
bir o‘qituvchining eng asosiy 
ijtimoiy burchi va mas’uliyati xicoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida 
nutqning ta’sir kuchi nihoyatda beqiyosdir. O‘qituvchining tili, nutqiy 
qobiliyati o‘quvchilarning o‘zlarini tuta bilishlariga, xulq-atvori va fikr 
yuritishlariga ulkan ta’sir etuvchi kuchli vositalardir. O‘qituvchining 
“til 
boyligi va notiqlik san’ati barcha zamonlarda yonma-yon yashab 
kelgan”
(A.P.Chexov).
Uning his tuyg‘usi, intilishlari, iroda va e’tiqodi 
nutqida aks etadi. O‘qituvchi til boyligi bilan o‘quvchilarda xursand-
chilik, ruhlanish, muhabbat, Vatanga sadoqat, g‘azablanish, nafratlanish 
hissiyotlarini uyg‘otadi, bilim olishga undaydi. Shuning uchun o‘qituvchi 
“tilning xalq o‘tmishi, hozirgi va kelajak avlodni buyuk bir yaxlitlikka, 
tarixiy, jonli bir jipslikka aylantiruvchi eng hayotiy, eng boy va eng 
mustahkam vosita”
(K.D. Ushinskiy)
ekanligini unutmasligi kerak.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin