MULOQOT MADANIYaTI INDIVIDUAL USLUBLARINI
ShAKLLANTIRISh METODIKASI
1.
O‘quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual
shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishi:
o‘quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish;
o‘quvchilar ichki imkoniyatlariga har tomonlama tavsif berish;
o‘qituvchining muloqot madaniyatini to‘g‘ri tashkil etishi.
2.
Shaxsiy muloqotda ro‘y beradigan kamchiliklarni darhol
bartaraf etishi:
kamchiliklarga barham berish choralarini darhol izlab topish;
har qanday vaziyatda o‘quvchilarga qo‘pollik qilmaslik;
o‘quvchi shaxsini mensimaslik kabi salbiy holatlarni bartaraf
etish.
3.
O‘qituvchi o‘zi uchun muloqot madaniyatining eng qulay
bo‘lgan uslublarini tanlab olishi:
pedagogik faoliyatiga monand muloqot madaniyati modelini
ishlab chiqishi;
o‘z-o‘zini kuzatish bilan muloqotdagi yutuq va kamchiliklarini
muntazam taqqoslab borishi;
muloqotda milliy ma’naviyatimiz, urf-odat va an’analarimiz
imkoniyatlaridan doimiy foydalanish.
4.
Muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan
chetga chiqmaslik:
har bir o‘quvchining individual xususiyatlariga mos muloqot
tizimini ishlab chiqishi;
muloqotning tarbiyaviy ta’sirini va samarasini e’tirof etish;
muloqot madaniyati asosida pedagogik mahoratni namoyish etish.
10- chizma
.
100
Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z
kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida o‘quvchilar bilan muloqot
madaniyatini shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur.
Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot ma-
daniyati o‘qituvchi va o‘quvchilarning bevosita o‘zaro munosabatini
ma’lum bir maqsad sari hamjihatlikka yo‘naltiruvchi kuchdir. Bu o‘rinda
o‘qituvchi quyidagi vaziyatlarni e’tiborga olishni alohida ta’kidlash
lozim:
- o‘qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot mada-
niyatiga rioya qilishi, bu jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi
bilan har kungi muomalani vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir
harakat, so‘z ohangiga e’tibor, an’anaviy muloqotning eng yaxshi xusu-
siyatlarini o‘zlashtirishi;
- muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish,
o‘quvchilar xatti-harakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan
keyingi holatini qiyoslab chiqib baho berish;
- o‘z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib,
kamchiliklarni uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so‘z, ovozdagi yoqimli
ohang, hulq-atvorni vujudga keltirish;
- pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning
shart-sharoitlarini bilib olishning o‘zi kifoya qilmaydi, o‘quvchilar bilan
o‘zaro muomalaning “ustoz-shogird” an’analariga xos boshlanishi va
o‘zaro fikr almashish asosida muhim vazifalarni hal qilish bilan muomala
obyektining diqqatini o‘ziga jalb qilish;
- muloqot obyekti, ya’ni o‘quvchining diqqatini o‘ziga jalb qilish
deganda nimani anglash kerak? Buning ma’nosi o‘qituvchi o‘zining
xushmuomalaligi, madaniyati, go‘zal xulqi, muloqotda o‘quvchilar qalbi-
ga yo‘l topa olishi bilan o‘z mahoratini namoyish qilib, muloqot
madaniyatining tashkiliy shakllariga ijtimoiy-psixologik negizni asos
qilib olishidir.
Ko‘rsatib o‘tilgan vaziyatlar asosida pedagogik ta’sir ko‘rsatish
uchun, o‘qituvchining pedagogik muloqot madaniyatiga, etikasi va odob-
axloqiga, dilkashligiga, muosharat odobiga alohida talablar qo‘yiladi.
Ushbu fazilatlar o‘qituvchining sinf jamoasida, ota-onalar bilan muloqot
qila bilishida, o‘quvchilar bilan aniq maqsadni ko‘zlagan holda
tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishida va ularni boshqara olishida muvaf-
faqiyatlar garovidir.
101
Kasbiy faoliyatning noyob fazilati bo‘lmish pedagogik muloqot
madaniyatiga amal qiladigan yosh o‘qituvchi quyidagi xususiyatlarni
o‘zida mujassamlashtirishi lozim:
-
mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy talablari va ehtiyojlariga mos
bo‘lgan yuksak ma’naviyat darajasidagi qarashlar, kuchli va barqaror
e’tiqod, davlatimiz ideallari, milliy g‘oya va istiqlol mafkurasiga sodiqlik,
vatanparvarlik, fidoyilik tuyg‘ulari shakllangan ijtimoiy-siyosiy faol shaxs;
-
o‘quvchilarga samimiy mehr–muhabbat, ularning har qanday ehti-
yojlari, qiziqishlari, xatti-harakatlari motivlarini, xulq-atvorlarini
tushunish ko‘nikmasi va malakasining shakllanganligi;
-
jamiyatda ro‘y berayotgan hodisalar, jahonda ro‘y berayotgan vo-
qealar, tabiatga, borliqqa, shaxslararo, guruhlararo, millatlararo muno-
sabatlarga nisbatan pedagogik kuzatuvchanlik, yangilikka, ijodiy izla-
nishga nisbatan intilish qobiliyatining mavjudligi;
-
pedagogik faoliyatning barcha jabhalarida odamlarning xatti-hara-
katlari, munosabatlaridagi xususiyatlarni oqilona tushunish, o‘z faoli-
yatiga nisbatan refleksiv munosabatni tarkib toptirish;
-
har qanday favqulotda vaziyatlarga, jamiyatda ro‘y berayotgan
yangiliklarga nisbatan hamda ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlarga omil-
korlik va aql-idrok bilan munosabatda bo‘lish, o‘z oldiga to‘g‘ri maqsad
qo‘ya olish, reja tuzish, bevosita nazorat qilish, boshqarish va o‘z
imkoniyatlarini namoyon eta olish;
-
pedagogik faoliyatlarda, jamoatchilik tizimida muvaqqat guruhiy
munosabatlarda ommaviy harakatlarda tashkilotchilik va boshqaruv-
chanlik qobiliyatini namoyish etishi;
-
dunyoqarashi va tafakkur ko‘lamining kengligi, dunyoviy bilim-
larni bilishga nisbatan qiziqishining serqirraligi, ilmiy izlanishlarga mo-
yilligi, muayyan ilmiy salohiyat va pedagogik mahorat darajasini
muntazam oshirib borishi;
-
o‘quvchilar bilan muloqotda layoqatliligi, nutq madaniyatining
mantiqan ixcham, ma’noli, ta’sirchan kuchga egaligi, psixologik ta’sir
o‘tkazish uslublari bilan qurollanganligi.
Har bir o‘qituvchi uchun o‘quvchilarga to‘g‘ri, omilkor axborot uza-
tish va unga suhbatdoshini ishontira olishi kasbiy zaruriyat hisoblanadi.
Bunda o‘qituvchining muloqot madaniyati, ma’naviy olamining kengligi
muhim
ahamiyatga
ega.
O‘qituvchilarning pedagogik faoliyati
uzluksizdir, u pedagogik muloqot madaniyatini muntazam shakllantirib
borishida quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor berishi lozim:
102
1. Yuksak pedagogik faoliyat nuqtai nazaridan o‘z-o‘zini anglashi,
(muomalada o‘zining o‘zaro fikr almashishga doir sifatlarini, ijobiy va
zaif tomonlarini bilishi) va shu asosda o‘zaro fikr almashish yo‘li bilan
o‘z-o‘zini tarbiyalashi.
2. Kishilar bilan o‘zaro munosabatda kommunikativ iqtidorini shakl-
lantirib borishi, muloqot asosida to‘g‘ri bashorat qilish sezgilarini mashq
qildirishi, muloqotda o‘zining ideal tasavvurlarini, imkoniyatlarini
boshqalar (o‘qituvchilar jamoasi, o‘quvchilar, ota-onalar) qanday
baholashi haqidagi refleksiv tasavvurlarini tahlil qilishi.
3. O‘zida muosharat odobining muhim xususiyatlarini rivojlantirish
yuzasidan ixtisoslashtirilgan mashqlar asosida ishlashi.
4. O‘quvchilar va ota-onalar bilan tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan
turli jamoat ishlarini olib borishi, bunda o‘zaro fikr almashish asosida
pedagogik tashkilotchilik qobiliyatini takomillashtirib borishi.
5. Muloqot jarayonida paydo bo‘ladigan salbiy holatlarni engish
ko‘nikmalarini shakllantirishi, dilkashlik va xushmuomalalikni rivojlan-
tiradigan vaziyatlar tizimini yaratishi.
O‘qituvchi muloqot madaniyati asosida faoliyat olib borgan taqdirda
ham, o‘quvchilar jamoasi orasida turli tushunmovchiliklar, ziddiyatlar
paydo bo‘lishi tabiiy hol. Har qanday tajribali o‘qituvchining pedagogik
muloqoti jarayonida o‘ziga xos qiyinchiliklar yuzaga keladi. O‘quvchilar
jamoasida sodir bo‘ladigan har qanday pedagogik vaziyatga javobgar
shaxs o‘qituvchidir. Bu barcha davrlar pedagogik faoliyatida namoyon
bo‘ladigan tipik hodisa.
Ayniqsa, ushbu holat endigina o‘z faoliyatini boshlagan yosh o‘qi-
tuvchilarning pedagogik faoliyatida muammoli vaziyatlarni paydo qiladi.
Yosh o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy
faoliyatini doimiy nazorat qilish, ularga to‘g‘ri yo‘nalish berish, barcha
o‘quv muassasalari pedagogik jamoatchiligiga, ustoz o‘qituvchilar
zimmasiga
yuklatilishi
lozim.
Pedagogik
faoliyatda
xato
va
kamchiliklarga yo‘l qo‘yadigan o‘qituvchining yoshiga va ish tajribasi
ko‘lamiga odatda o‘quvchilar hech qachon e’tibor bermaydilar. Chunki,
o‘quvchilar yoshidan va tajribasidan qat’iy nazar barcha o‘qituvchilarni
ustoz deb ataydilar. O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya va pedagogik mulo-
qotning o‘ziga xos an’analari, milliyligimizga mos shakl va metodlari
mavjud.
Zero, I.A.Karimov asarlarida ta’kidlanganidek,
Dostları ilə paylaş: |