6.2. Pedagogik muloqotda muomala madaniyati
Mustaqillikdan keyin amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islo-
hotlar tufayli ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Odamlarning ongi,
dunyoqarashi o‘zgardi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati
insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har
tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni
nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishida, har bir
fuqaroning bilim olishida, ijodiy qobiliyatini shakllantirishda, intellektual
jihatdan rivojlantirishda o‘qituvchining muloqot madaniyati va
muomalasi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ta’kidlash joizki,
pedagogik kasbga nisbatan talab va javobgarlik ham kuchaydi, o‘qi-
tuvchilarning jamiyat oldidagi vazifalari yanada oshdi. Buyuk ma’na-
viyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini
takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari
bilan uyg‘unlashtirish, uni jahon andozalari darajasiga chiqarish,
o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish
kabi vazifalarga javobgarlik hissi o‘qituvchilar zimmasiga yuklatildi.
105
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek,
«Yosh avlodimizning
qalbi va ongini asrash, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar
ruhida tarbiyalash, farzandlarimizning dunyoda ro‘y berayotgan siyosiy
jarayonlarning ma’no-mazmuni va asl sabablarini chuqur anglashi, o‘z
atrofida sodir bo‘layotgan voqealar haqida haqqoniy ma’lumotlarga,
eng muhimi, o‘z mustaqil fikriga ega, sodda qilib aytganda, oqni
qoradan ajratishga qodir bo‘lishiga erishish ta’lim-tarbiya va ma’naviy-
ma’rifiy ishlarimizning asosiy sharti va mezoni bo‘lishi kerak... bugungi
vaziyatda mustaqil ong va mustaqil fikrga ega bo‘lgan shaxsni
tarbiyalash masalasi nafaqat ma’naviy, kerak bo‘lsa, muhim siyosiy
ahamiyat kasb etadi».
Bu vazifalarning bajarilishiga, ta’lim-tarbiya
sohasidagi islohotlarning asosiy amalga oshiruvchisi bo‘lgan o‘qituv-
chining o‘quvchilar bilan o‘zaro muomalaga kirishish madaniyati orqali
erishiladi. O‘quvchi ma’naviy muhitining shakllanishi o‘qituvchilarning
yuksak axloq namunasi orqali namoyon bo‘ladi. Bu o‘rinda o‘qituv-
chining shaxsiy va ijtimoiy harakati pedagogik muloqot madaniyati
zamirida shakllanib, takomillashadi.
Pedagogik muloqotda o‘qituvchining eng yaxshi fazilatlari va xatti-
harakatlari o‘quvchining ideali sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining
o‘qituvchi shaxsi haqidagi qarashlari, uning xatti-harakati, pedagogik
mahorati uning ma’naviy madaniyatiga mos kelmasa, yaxlit pedagogik
jarayonni mukammal tashkil etish ham ijobiy natijalar bermaydi.
O‘qituvchi subyekti bilan, o‘quvchi obyekti o‘rtasidagi qattiq avtoritar
intizom ham o‘zaro muloqot madaniyatiga salbiy ta’sir etadi, natijada
o‘quvchining ichki hissiyoti hamda shaxsiy fazilatlari rivojlanmaydi.
Pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi faoliyatini muvaffa-
qiyatga yo‘naltiruvchi eng muhim vosita, bunda o‘qituvchining muhim
fazilati, uning muloqot madaniyatiga asoslangan muomalasidir. Muomala
barcha falsafiy va psixologik fanlarda o‘ziga xos ta’rifga ega.
Pedagogikaning kategoriyasi sifatida
muomala
o‘quvchilar qalbiga yo‘l
topa olish, ularga yondashish uchun mehrini qozonish, pedagogik nuqtai
nazardan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqa
bog‘lashga qaratilgan o‘qituvchining pedagogik qobiliyatidir.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muomalaga kirishish asosida:
1. O‘z ijodkorligini va pedagogik mahoratini namoyish qiladi.
2. Yosh avlodni milliy mafkuramiz va milliy madaniyatimiz ruhida
tarbiyalaydi.
106
3. Sharqona udum va urf-odatlarimiz asosida barkamol shaxsni
shakllantiradi.
4. O‘zining ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarini namoyish etgan holda,
har bir o‘quvchi qalbiga yo‘l topadi.
Muomala o‘qituvchi faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib,
o‘zida ulkan pedagogik imkoniyatlarni mujassamlashtiradi. Pedagogik
muomalada o‘qituvchi quyidagi faoliyatga qat’iy amal qilishi lozim:
- o‘qituvchida tarbiyalash mahoratining shakllanganligi. Uning tarbi-
yaviy jarayonga oid so‘z va ohangni tanlay bilishi va ta’sir o‘tkaza olishi;
- muomala obyekti bo‘lmish o‘quvchilar diqqatini jalb qiluvchi nutq,
pauza, harakat, imo-ishoralarni o‘z o‘rnida ishlatishi, tarbiyaviy ta’sirni
bilishi;
- o‘quvchilarning ichki ruhiyatini, psixologik xususiyatlarini bilgan
holda muomalaga jalb etishi, darsni boshlashdan oldin o‘quvchilarni
ta’lim va tarbiyaviy muloqotga tayyorlashi;
- o‘quvchilarga og‘zaki, o‘zaro ta’sir ko‘rsatishning tarbiyaviy usul-
larini bilishi. O‘qituvchining nutqi ravon, o‘quvchilar ongiga ijobiy ta’sir
qiladigan bo‘lishi.
Nihoyat, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan kundalik muomalasi shun-
ga olib keladiki, u o‘quvchilarning xatti-harakatlaridagi chuqur ma’no va
haqiqiy sabablarni turli vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna
sifatida uning o‘zi tez-tez qayd qilgan dalillardan va o‘quvchilarning
xulq-atvop usullaridan foydalanadi. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan
muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida qaralib, birlashtiruvchi
hamda o‘rnini to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. Muomala o‘zaro
munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi. Boshqarish vositasi bo‘lgan
muomala pedagogik faoliyatdan oldin sodir bo‘ladi.
Pedagogik muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida o‘zaro
axborot almashish jarayoni vazifasini bajaradi. O‘qituvchi o‘quv-
chilar bilan muloqot jarayonida bevosita o‘z tarbiyalanuvchilari, umu-
man o‘quvchilar jamoasi haqida, unda ro‘y berayotgan turli ichki
hodisalar haqida g‘oyat xilma-xil axborotlarga ega bo‘ladi va o‘zining
kelgusi ta’lim-tarbiyaviy rejalarini hamda pedagogik faoliyatini belgi-
laydi. Shu bilan birga, o‘qituvchi muloqot asosida o‘z
tarbiyalanuv-
chilariga ma’lum bir maqsadga qaratilgan axborotlar tizimini ma’lum
qiladi. Bunda o‘qituvchi tomonidan yo‘l qo‘yiladigan arzimas bir
xatolik, adolatsizlik, qo‘pollik o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqot
madaniyatining buzilishiga sabab bo‘ladi va tuzatib bo‘lmaydigan
107
og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. O‘qituvchining o‘quvchilar
bilan o‘zaro muloqot madaniyatiga erishishi natijasida quyidagi
holatlar paydo bo‘ladi:
-
pedagogik muloqot orqali o‘qituvchi tarbiyalanuvchi obyekt bilan
o‘ziga xos muomala muhitini yaratadi. Bunday muhitda o‘qituvchi
o‘zining psixologik, mimik, pantomimik, notiqlik san’ati, ta’sir o‘tkazish
kabi qobiliyatlar tizimini namoyish etadi;
-
o‘qituvchining shirinsuxanligi, ochiq chehrali bo‘lishi, sami-
miy muomalasi muloqotda ijobiy natijalarga erishish kalitidir;
-
o‘quvchilar jamoasi bilan muomalada o‘qituvchining doimo
psixologik bilimlarga tayanishi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda bir xil
muvozanatni saqlaydi;
-
o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi bilan o‘zaro muloqotga kirishar
ekan, yaxshi muomalasi bilan ular hissiyotida yashiringan eng nozik
qatlamlarni ham anglab olishga qodir bo‘ladi.
Mukammal shakllangan pedagogik muloqot madaniyati asosida
obyekt va subyektning ichki hissiyoti bilan ular harakatlarining
uyg‘unlashuvi sodir bo‘ladi. Ushbu o‘zaro uyg‘unlashuvni yuzaga
keltiradigan muomalaning asosiy bog‘lovchisi so‘zdir.
So‘z – mazmunan
o‘qituvchining nutqida, ma’ruzasida, dialog, monolog va deklama-
tsiyalarida o‘z ifodasini topadi.
Pedagogik muloqot madaniyati vositasida o‘qituvchi har qanday
axborotni qarab chiqar ekan, o‘quvchilarning shaxsi va psixologik
xususiyati haqidagi axborotlarning muhimligini alohida e’tiborga olishi
lozim. Pedagogik muloqot madaniyati, o‘qituvchini g‘oyat
xilma-xil
sharoit va ko‘rinishlarga moslashishiga imkoniyat yaratadi. Bular
sirtdan qaraganda unchalik ahamiyatli bo‘lmasada, o‘quvchilar ichki
dunyosida sodir bo‘layotgan, ularni tushunish uchun juda muhim bo‘lgan
zarur ichki jarayonlar ko‘rinishlarining alomatlarini bilib, ta’lim-
tarbiyaviy faoliyat olib boradi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning ichki dunyosini tushunib, muloqotga
kirishishi lozim. O‘qituvchining muloqot madaniyati asosida gapiradigan
har bir so‘zi, fikri, turli hodisa va jarayonlar o‘quvchilar tomonidan har
xil ko‘rinishda tushuniladi, bu o‘quvchining fikr mulohazasiga, ichki
dunyosining teranligiga, tafakkuri va dunyoqarashining kengligi
bilan izohlanadi, bunda o‘qituvchi mahoratining uchta jihatiga alohida
e’tibor qaratiladi: hayotiy tajribasi; pedagogik faoliyat jarayonida
108
egallagan ko‘nikma va malakasi; muayyan o‘quvchilar jamoasi bilan
muomalada bo‘lish tajribasi.
Dostları ilə paylaş: |