O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   284
 
 
Kishilarning bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarida shirin-
suxanlik, go‘zallik, so‘zlashuv ohangidagi muloyimlik myosharat odobi 
deyiladi.
Muosharat odobi insonning go‘dakligida ota-ona bag‘rida, 
oilada shakllantirilishi kerak. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” deyiladi 
xalq maqollarida. Oilada o‘rganilgan muosharat odobining poydevori 
mustahkam bo‘ladi. Bola maktabda, ulg‘aygach esa, ijtimoiy muhitda 
ko‘nikma hosil qilish jarayonida oilasida o‘rganilgan muosharat odo-
bining kuch-qudratini doimo his qiladi.
O‘quvchilarda muosharat odobini shakllantirish uchun o‘qituv-
chining o‘zi avvalo xushmuomalaligini namoyish etib, o‘quvchilar 
qalbiga yo‘l topa olishi, mehribonligi, ular bilan hamdard, hamfikr 
bo‘lib, o‘rnak bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Sharq mutafakkirlari asar-
larida muosharat odobi turli ko‘rinish va nomlarda bayon etiladi. 
Jumladan, Al Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida asosiy g‘oya – 
fozil kishilar obrazi. U kim bo‘lishidan qat’iy nazar shohmi, gadomi, 
oddiy fuqaromi fozil kishidir. Shaharning fozil kishilari bir-birlariga 
nisbatan hurmat va izzatda bo‘ladilar. Ota-ona va farzand, ustoz va 
shogird, do‘stlar, qarindoshlar o‘rtasida sharqona nazokat, mehr va ehti-
rom mavjud. Forobiy asarida bundan bir necha asr ilgari ham ota-


111 
bobolarimizning ma’naviyati naqadar yuksak bo‘lganligi va bu avlod-
larga o‘rnak bo‘lishi ta’kidlanadi. Onore de Balzak 
“Xushmuomalalik va 
kamtarlik kishining chinakam ma’rifatli ekanligidan dalolat beradi”
deydi. Ingliz donishmandi Jon Libbok 
“Odamlar boodoblilik yordamida 
hattoki kuch bilan erishish mumkin bo‘lmagan g‘alabalarga erishishi 
mumkin”
ligini aytadi. Demak, muosharat odobi nafaqat milliy an’ana-
larimiz va urf-odatlarimizning ko‘zgusi bo‘lgan, balki turkiy xalqlarning 
noyob insoniy fazilati sifatida e’tirof etilgan. 
Insonning eng ulug‘, lekin murakkab va mashaqqatli faoliyatlaridan 
biri odamlar orasida, ya’ni jamiyatda o‘z o‘rnini topib yashashidir. By 
faoliyatning murakkabligi shundaki, ko‘pchilikka qo‘shilish, ular bilan 
ahil bo‘lib yashash uchun insonda shunga yarasha muomala va 
munosabat bo‘lishi kerak. Muomala va munosabatda o‘quvchilarning 
diliga to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol va dilozor muloqot olib boruvchi o‘qi-
tuvchilarni hech kim yoqtirmaydi. O‘quvchilar xushfe’l, shirinsuxan, 
adolatparvar, muomalasi shirin o‘qituvchi va tarbiyachilarni dildan yoq-
tirishadilar va hurmat-e’tibor qilishadi. Insonlar orasida munosib o‘rinini 
topish, inoq va hamjihat bo‘lib yashash shartlaridan biri odamning 
kamtarligidir. Kamtarin inson hech qachon o‘zining yutug‘i bilan, 
badavlatligi bilan, ilm-hunari bilan maqtanmaydi, hamma vaqt kamgap, 
sodda bo‘ladi. Ammo insondagi kamtarlik samimiy bo‘lmog‘i zapyp. 
Shirin so‘z muloqotga kirishishning asosiy qurolidir. U inson qalbini 
ilitadi, qo‘pol co‘z inson qalbini jarohatlaydi. O‘qituvchining 
“aql-
zakovati, fikri, his-tuyg‘ulari, bilimi va madaniy saviyasi, tafakkuri 
ma’lum darajada so‘zda ifoda etiladi. Muomala madaniyatida so‘z 
aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi”
(Aziz Yunusov).
Chunki so‘zning 
qudrati katta. O‘qituvchi o‘z so‘ziga, tiliga nihoyatda ehtiyotkor bo‘l-
mog‘i lozim. Eng avvalo, o‘quvchilarga muomala madaniyatini, kattalar 
oldida o‘zini tuta bilishi, gapini bo‘lmasligi, yoshi ulug‘larga gap 
qaytarmaslikni o‘rgatish zarur.
Muloqot madaniyati hamma joyda kerak. Ish joyida, transportda, 
uyda biz kim bilan qanday muomala qilishni bilishimiz zarur. O‘qi-
tuvchining qanchalik bilimli, aql-zakovatli ekanligi o‘quvchilarning bir-
birlari bilan va ota-onalari bilan olib boradigan muloqoti orqali namoyon 
bo‘ladi. 
Odamlar butun ichki dunyosini, maqsadini, muomala va muno-
sabatlarini bir-birlariga so‘z yordamida etkazadilar, amalga oshiradilar. 
Shu tufayli so‘zlashuv munosabatlari nihoyatda go‘zal va muloyim 


112 
bo‘lishini hayot taqozo etadi. So‘zga boy, shirinsuxan kishilarning muo-
malalari yoqimli, ishi ham yurishgan bo‘ladi. Bunday kishilarni 
yoqtiradilar, hurmat qiladilar. So‘zlashuv ham o‘ziga xos san’atdir. Bu 
san’atning ildizi muosharat odobi bo‘lib, uni mukammal o‘rganish har bir 
inson uchun zarur. Shy bilan birga, ona tilini mukammal o‘rganmoq va 
sof adabiy tilda o‘quvchilar bilan muloqot qilish o‘qituvchining notiqlik 
qobiliyatidir.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin