O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   284
Kommunikativ muloqot. 


124 
Interaktiv muloqot. 
Perseptiv muloqot. 
1. 
Kommunikativ muloqotda
bir tomonlama axborot uzatiladi. 
Muomala o‘z ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o‘zaro 
axborot almashuvini qamrab olgan bo‘lib, kommunikativ muloqot 
sifatida tavsiflanishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi bir - birlari bilan 
muloqotga kirishishi jarayonida muloqotning muhim vositalari bo‘lmish 
til va nutq faoliyati bevosita muhim ahamiyat kasb etadi.
2. 
Interaktiv muloqotning
muhim jihati ikki tomonlama bir-biriga 
ta’sir etishdir. Muloqotga kirishuvchi o‘qituvchi o‘zaro ta’sir etishda, 
o‘quvchilarning tarbiyaviy faoliyatiga nafaqat so‘z orqali, balki fikr 
almashinuv, xatti - harakat va xulq-atvori bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazishi 
tushuniladi.
3. 
Perseptiv muloqotda
o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi o‘zaro bir-
birlarini idrok qilishi, anglashi tushuniladi. Bunda muloqotga 
kirishuvchilar o‘zaro bir-birlarini idrok qilish asosida ulardan biri 
ikkinchisining ishonchini qozonadi, aqlli, farosatli, tajribali, yuksak 
tayyorgarlikka ega barkamol inson sifatida idrok qilinadi.
Muloqotning har uchala tomonini yaxlit olib qaraganda o‘zaro 
hamkorlik faoliyatini tashkil qilishning usullari va unda ishtirok 
etuvchilarning munosabatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Pedagogik 
muloqot muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun, o‘qituvchi o‘quvchilar 
bilan hamkorlik faoliyatiga chuqur kirishib keta olishi, shaxsni har 
tomonlama shakllantirishning maqsad va vazifalarini chuqur anglab, 
faoliyat olib borishi lozim.
7.2. O‘qituvchi va o‘quvchilarning jonli muloqotini tashkil etish 
I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida 
so‘zlagan nutqida “O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidagi majburiy 
itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashi... o‘qituvchining bosh vazifasi 
o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilishdan 
iboratligini, demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin 
fikrlaydigan etib tarbiyalanishi, mustaqil fikrlash katta boylik…” 
ekanligini ta’kidladi.
Demak, o‘qituvchilarning asosiy vazifasi shaxs erkinligini, mustaqil 
fikrlash qobiliyatini shakllantirishdan iborat. Shundagina ta’lim tizimida 
yoshlarga erkin fikrlash imkoniyatlari yaratiladi. 
Davlat siyosatining 


125 
ustuvor sohasi bo‘lmish barkamol inson tarbiyasiga mas’ul – 
o‘qituvchilar zimmasiga bugungi kunda rivojlanayotgan jamiyatimiz 
uchun yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan 
o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, irodasi baquvvat, o‘z kasbini 
mukammal biladigan XXI asr kadrlarini tayyorlash mas’uliyati 
yuklangan. 
 
O‘qituvchining ta’lim-tarbiya sohasidagi faoliyatida erishishi lozim 
bo‘lgan barcha ijobiy natijalari uning o‘quvchilar bilan jonli va erkin 
muloqotni to‘g‘ri tashkil etishi muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi so‘z 
san’atining cheksiz qudrati asosida o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir 
ko‘rsatadi, har bir darsni samarali tashkil etib olib boradi, o‘quvchilar 
bilan so‘zlashishni biladi, tarbiyaning suhbat, ma’ruza, hikoya qilish kabi 
usullaridan o‘rinli foydanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan 
qizg‘in muloqotni amalga oshiradi. 
Ta’lim-tarbiyaviy 
faoliyatni 
mukammal 
tashkillashtirish 
o‘qituvchining jonli muloqotni samarali tashkil etishiga bog‘liq. Bunda 
o‘qituvchi va o‘quvchining muloqoti ijobiy natijalar berishi uchun 
o‘qituvchida o‘quvchilar bilan erkin so‘zlashuv qobiliyati bo‘lishi kerak. 
Zero

o‘qituvchi bilan o‘quvchining muloqotini bog‘lovchi asosiy vosita 
– so‘zdir. O‘qituvchining so‘z boyligi qanchalik ko‘p bo‘lsa, muloqot 
olib borish qobiliyati tez namoyon bo‘lib, ijobiy natijalarga erishishi oson 
bo‘ladi.
Odatda, so‘z boyligi qashshoq bo‘lgan o‘qituvchilar o‘z pedagogik 
faoliyatlarida o‘quvchilar bilan tez-tez ziddiyatlarga duch keladilar. 
O‘qituvchining jonli muloqoti har qanday tarbiyaviy tadbirning mazmun 
va mohiyatini o‘quvchiga tabiiy holda yetkazadi, shu jarayonning ob-
yekti va subyekti o‘rtasida muloqot uchun mustahkam ko‘prik yaratadi 
va ichki hissiyot bilan harakatlarning uyg‘unlashuvini ta’minlaydi.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin