179
Tarixchi olimlarning (Apresyan G.Z.) ma’lumotlariga ko‘ra, Notiq-
lik san’atiga eramizdan oldingi VII asrda Yunonistonda asos solingan.
Qadimgi Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga
yuklatilar edi. Ular, notiqlik san’atining yetuk namoyondalari bo‘lib, o‘z-
larining chiroyli so‘zlari, baland va ta’sirchan ovozlari bilan odamlar
tafakkuriga, ongiga kirib borganlar, ta’lim va tarbiyada ulkan yutuqlarga
erishganlar. Shu sababli, notiqlik san’ati va nutq madaniyatining naza-
riyasiga, uning cheksiz tarbiyaviy ahamiyatiga ilk marotaba qadimgi Yu-
nonistonda asos solinganligi ilmiy adabiyotlarda bayon etiladi. Yunonis-
tonda epos, lirika, drama, haykaltaroshlik, musiqa va me’morchilik
san’atlari bilan birga notiqlik san’ati ham murakkab va muhim san’at
asari sifatida e’tirof etilgan. Notiqlik san’atini davlatning muhim ijtimo-
iy-siyosiy ishlariga taalluqli faoliyatdagi ahamiyati uchun hamda yosh
avlodni tarbiyalashda ular ongi va tafakkuriga qizg‘in ta’sir etuvchi
murakkab vosita ekanligi uchun Yunonistonda uni “San’atlar shohi” deb
atashgan.
Eramizdan avvalgi V asr Yunonistonda “Notiqlik san’ati”ning eng
takomillashgan va rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davrda notiqlik
san’atining quyidagi uchta qonuniyati qizg‘in takomillashtirilib, notiq-
ning unga jiddiy e’tibor berishi talab qilingan:
tinglovchiga tushuntirish (ma’lum bir g‘oyani);
tinglovchining tafakkurini uyg‘otish (fikrini, ongini, maqsadini);
tinglovchini o‘ziga jalb qilish (huzur-halovat va qoniqish hissini
uyg‘otish asosida).
Notiqlar ushbu qonuniyatlarga amal qilgan holda
Dostları ilə paylaş: