180
bir notiq o‘z ustida yillab tinimsiz mashg‘ulotlar olib borgan, sehrli ovoz
sohibi bo‘lish uchun nutq texnikasining
barcha qonuniyatlariga amal
qilganlar. Ular o‘zlarining ta’sirchan nutqlarini namoyish qilish bilan
notiqlik san’atini
“Mafkuraviy va siyosiy kurash hamda yosh avlodni
tarbiyalash quroli”
deb hisoblaganlar va buni o‘z faoliyatlarida isbotlab
berganlar.
Mashhur yunon faylasufi
Sokrat
(eramizdan avvalgi 469 ─ 399
yillar) o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda munozara, savol-javob
usulini
joriy qilib, ushbu usul orqali suhbat metodiga asos solgan.
Sokratning shogirdi Platon esa o‘z ustozi g‘oyalarini davom ettirib,
savol-javobni notiqlik san’atining bir shakli sifatidagi ahamiyatini o‘z
asarlarida yoritadi hamda uni inson tafakkuri va ongini, dunyoqarashini
og‘zaki nutq bilan boyituvchi noyob uslub sifatida baholab, uni maz-
munan amaliy va nazariy jihatdan yanada boyitdi.
Yunonistonda notiqlik san’atining har
tomonlama takomillashishi
Demosfen
(eramizdan avvalgi 384─322 yillar) nomi bilan uzviy bog‘-
langan. U yoshlik yillaridanoq notiqlik san’atiga qiziqdi. Tug‘ma duduq
bo‘lishiga qaramasdan, o‘quvchi va tinglovchilarning istehzolariga bar-
dosh berib, qizg‘in va shiddatli mehnati bilan notiqlik mahoratini namo-
yish eta olgan. Faqat Demosfen Yunonistonda notiqlik san’atining yetuk
namoyodasi, ya’ni o‘z davrida
“notiqlik san’atining elitasi”
sifatida
mashhur bo‘ldi. U davlat tribunasini notiqlik san’atiga asoslangan siyosiy
va mafkuraviy kurash maydoniga aylantirdi.
Demosfenning notiqlik san’ati to‘g‘risidagi g‘oyalarini uning
shogirdi faylasuf, notiq va siysiy arbob S
itseron Mark Tulliy
(eramizdan
avvalgi 106─43 yillar) davom ettiradi.
Qadimgi Yunonistonda nutq
mahorati, uni takomillashtirish yo‘llari, nazariyasi va tarixi bo‘yicha o‘z
tajribalaridan kelib chiqib Sitseronning 19 ta asari, 800 dan ziyod
maktublari hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan. Sitseronning notiqlik
san’ati tarixiga bag‘ishlangan “Brut”, “Notiqlik san’ati namoyondalari”,
“Notiq”, “Notiqlik haqida” kabi asarlari shular jumlasidandir. Notiqlik
san’atining ulkan imkoniyatlarini, odamlarni
va jamiyatni boshqarishda
qudratli qurol ekanligini ta’kidlab, uni davlatning siyosiy jihatdan bosh
quroli deb hisoblaydi. Shu sababli har bir davlat rahbari va davlat arbobi
notiqlik san’atining cheksiz imkoniyatlarini chuqur egallashi lozimligini
aytadi. Sitseronning notiqlik san’ati nazariyasida “Ideal notiq” haqidagi
g‘oyalari muhim ahamiyatga ega. Uning fikricha,
“Ideal notiq egasi
yuksak ma’naviyatli, chuqur bilimga ega, tafakkuri boy faylasuf bo‘lishi
181
kerak.”
Ideal notiqlar tinglovchilar qalbiga va his tuyg‘ulariga tez,
chuqur kirib borishi,
ularning kayfiyatini, ruhiyatini bilib, shodlik va
sevinch tuyg‘ularini, yoki aksincha, g‘azab va nafratini ta’sirchan nutqi
asosida uyg‘ota olishi lozim.
Sitseron tomonidan ishlab chiqilgan va nazariy hamda amaliy
jihatdan asoslangan notiqlik san’ati haqidagi ma’lumotlarni,
tizimlar va
uslublarni rimlik
Kvintilian
(eramizdan avvalgi 35-95 yillar) ma’lum bir
tartibga keltirib, tabaqalashtirib, undan notiqlik san’ati sohasi bo‘yicha
faoliyat ko‘rsatuvchilar unumli foydalanishlari uchun qayta ishlab chi-
qadi. U notiqlik san’atining balandparvoz, asabga teguvchi teatr artist-
lariga xos ovoz ritorikasiga qarshi edi.
Kvintilianning fikricha, notiq
tashqi ovoz natijalari bilan emas, balki ilmiy asosga ega bo‘lgan, maz-
munan boy, mukammal va “tiniq” nutq orqali ulkan yutuqlarga erishishi
mumkin. U “Tarbiya haqida” nomli asarida o‘z nazariyalariga asoslanib,
notiqlik san’atini o‘rganish metodikasini yaratdi. Faylasuf olim o‘z
asarida ilk bor notiqlik san’atining ta’lim-tarbiya maskanlarida bolalar
bilimi, ongi va tafakkuriga ijobiy ta’siri haqidagi g‘oyalarini ilgari surdi.
Kvintilian o‘qituvchilar va tarbiyachilarning qizg‘in faoliyat olib
borishlari uchun notiqlik san’atini mukammal o‘rganishga doir o‘zining
metodikasini taqdim etdi. Ushbu metodika notiqlik san’ati tarixida ulkan
ahamiyatga ega va hozirgi davrda ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan.
Dostları ilə paylaş: