186
Nutqning to‘g‘riligi va ravonligi
uning adabiy til normalariga
to‘g‘ri kelishidir. Bunda ikkita jihatga e’tibor beriladi: urg‘u va gram-
matik normalarga amal qilinishi.
Urg‘u – so‘zlarning to‘g‘ri talaffuz etilishini ta’minlaydi.
Grammatik norma – nutqning mazmundorligini, ma’noli ekanligini
bildirib, nutq oqimidagi so‘zlarning o‘zgarishi, mazmunan bir-biriga
birikishini ifodalovchi xilma-xil qoidalar yig‘indisidir.
Nutqning aniqligi va ta’sirchanligi
– mazmundor nutqning ting-
lovchiga ta’sir etish omilidir. O‘qituvchi so‘z va tilning ravonligi, notiq-
lik qobiliyati bilan aniq faktlar asosida o‘quvchilarga bilim beradi, ular-
ning ko‘nikma va malakalarini rivojlantiradi. O‘qituvchi nutqining aniq
bo‘lishi, o‘z mas’uliyatini chuqur his etish shartidir. Aniqlik, o‘rganila-
yotgan mavzuning o‘qituvchi tomonidan ifodalanayotgan voqelikka,
faktlarga muvofiq kelishidir. Aniqlikning chegarasini belgilashda o‘qi-
tuvchi so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llay olishi, o‘zbek tili grammatikasini mukam-
mal bilishi, to‘g‘ri talaffuz eta olishi talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: