O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   284
Nutqning mantiqiyligi
– nutqning mantiqiy bo‘lishi eng avvalo 
o‘qituvchining so‘z boyligi, tafakkur yuritish qobiliyati, idrok etish 
mahoratiga bog‘liq. O‘qituvchi tilni juda yaxshi bilishi, so‘z boyligi keng 
bo‘lishi mumkin. Ammo o‘zi fikr yuritayotgan mavzuga nisbatan chuqur 
bilimga ega bo‘lmasa, bilimlarini o‘z tafakkuri doirasida tahlil qila olma-
sa notiqlik san’ati natija bermaydi. So‘zlarning o‘qituvchi ifodalayotgan 
mavzuga mos ravishda to‘g‘ri ifodalanishi, so‘z birikmalarining, gaplar-
ning, matnlarning bir-biriga to‘g‘ri kelishi, fikrni izchil bayon etish uchun 
bo‘ysundirilishi nutqning mantiqiy boy ekanligidan dalolat beradi. 
O‘quvchilarga aytilayotgan fikr mantiqan bir-biriga bog‘langan bo‘lishi 
kerak. Gaplar o‘rtasida fikriy bog‘lanish, izchillik yo‘qolishi bilan o‘qi-
tuvchi nutqining mantiqiyligiga putur etadi.
O‘rganilayotgan mavzu matnlari o‘rtasida mantiqiy bog‘lanish bo‘-
lish uchun, matnlar boshlanma bilan ajratiladi 
(masalan, xulosa qilib 
aytganda; shu bilan birga; ta’kidlash lozimki va hokazo).
Demak, o‘qi-
tuvchi nutqining mantiqiyligi deyilganda, yaxlit bir tizim asosida tuzil-
gan, fikr va mulohazalar rivoji izchil bo‘lgan, har bir so‘z, ibora aniq 
maqsadga muvofiq ishlatiladigan nutq tushuniladi.
Nutqning tozaligi va ifodaliligi
– O‘qituvchi nutqining tozaligi, av-
valo uning adabiy til lisoniy normalariga muvofiq ifodalanishi bilan bel-
gilanadi. O‘qituvchilarning chiroyli va mazmunan boy nutqi hozirgi 
o‘zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilgan bo‘lishi, g‘ayriadabiy til 


187 
unsurlaridan holi bo‘lishiga qarab baholanadi. Nutqning toza bo‘lishiga 
halaqit beruvchi unsurlar: dialektizm va varvarizmdir. Zero, ushbu unsur-
lar badiiy adabiyotda ma’lum bir badiiy – estetik vazifani bajarsada, 
o‘qituvchining dars jarayonidagi va tarbiyaviy faoliyatidagi nutqida ishla-
tilmasligi kerak. O‘qituvchi doimiy ravishda idoraviy atamalarni, rasmiy 
so‘z va iboralarni noo‘rin ishlatishi o‘z nutqining notabiiyligiga, ishon-
chsiz chiqishiga sabab bo‘ladi. Natijada o‘quvchilar ta’lim–tarbiyasida 
o‘qituvchi tomonidan ishontirish metodi orqali qo‘llaniladigan fikrlar 
mukammal bayon etilmaydi.
Nutqning tozaligi, uning turli sheva so‘zlaridan holi bo‘lib, faqat 
abadiy tilda ifoda etilishidir.
 
Til vositalari vaziyatga qarab ishlatilgan, 
siyqa so‘z va iboralarsiz hosil bo‘lgan o‘qituvchi nutqi tabiiy va samimiy 
bo‘ladi, tinglovchi va o‘quvchilarning qalbiga tez borib etadi. 
Jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos bo‘lmagan 
so‘zlar); varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda 
o‘zga millatlarga xos so‘zlarning noo‘rin qo‘llanilishi); vulgarizm (ha-
qorat qilish, qo‘pollik asosida qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselya-
rizm (o‘rni bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy so‘zlardan foydalanish); para-
zit (ortiqcha) so‘zlarning ishlatilishi nutqning tozaligiga salbiy ta’sir ko‘r-
satadi. Ushbu hodisalar o‘qituvchi nutqida uchramasligi uchun, o‘qituv-
chi o‘zini, fikrini boshqara olishi, doimiy ravishda o‘z nutqini boyitib 
borishi, mashq qilishi kerak. 
O‘qituvchi tilni qancha chuqur bilsa va unda so‘z boyligi qanchalik 
ko‘p bo‘lsa, uning tafakkuri shunchalik boy bo‘ladi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin