187
unsurlaridan holi bo‘lishiga qarab baholanadi. Nutqning toza bo‘lishiga
halaqit beruvchi unsurlar: dialektizm va varvarizmdir. Zero, ushbu unsur-
lar badiiy adabiyotda ma’lum bir badiiy – estetik vazifani bajarsada,
o‘qituvchining dars jarayonidagi va tarbiyaviy faoliyatidagi nutqida ishla-
tilmasligi kerak. O‘qituvchi doimiy ravishda idoraviy atamalarni, rasmiy
so‘z va iboralarni noo‘rin ishlatishi o‘z
nutqining notabiiyligiga, ishon-
chsiz chiqishiga sabab bo‘ladi. Natijada o‘quvchilar ta’lim–tarbiyasida
o‘qituvchi tomonidan ishontirish metodi orqali qo‘llaniladigan fikrlar
mukammal bayon etilmaydi.
Nutqning tozaligi, uning turli sheva so‘zlaridan holi bo‘lib, faqat
abadiy tilda ifoda etilishidir.
Til vositalari vaziyatga qarab ishlatilgan,
siyqa so‘z va iboralarsiz hosil bo‘lgan o‘qituvchi nutqi tabiiy va samimiy
bo‘ladi, tinglovchi va o‘quvchilarning qalbiga tez borib etadi.
Jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos bo‘lmagan
so‘zlar); varvarizm (muayyan millat tilida
bayon etilayotgan nutqda
o‘zga millatlarga xos so‘zlarning noo‘rin qo‘llanilishi); vulgarizm (ha-
qorat qilish, qo‘pollik asosida qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselya-
rizm (o‘rni bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy so‘zlardan foydalanish); para-
zit (ortiqcha) so‘zlarning ishlatilishi nutqning tozaligiga salbiy ta’sir ko‘r-
satadi. Ushbu hodisalar o‘qituvchi nutqida uchramasligi uchun, o‘qituv-
chi o‘zini,
fikrini boshqara olishi, doimiy ravishda o‘z nutqini boyitib
borishi, mashq qilishi kerak.
O‘qituvchi tilni qancha chuqur bilsa va unda so‘z boyligi qanchalik
ko‘p bo‘lsa, uning tafakkuri shunchalik boy bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: