TIL VA NUTQNING QIYOSIY TAHLILI:
Tilning imkoniyatlari:
Nutqning imkoniyatlari:
1.
Til aloqa materiali.
Nutq aloqa shaklidir.
2.
Tilni xalq yaratadi.
Nutqni har bir shaxs yaratadi.
3.
Tilning hayoti qadim xalq hayoti
bilan bog‘liq.
Nutqning hayoti esa qisqa bo‘lib,
u aytilgan paytdagina mavjud.
4.
Ayrim shaxslar ayni zamonda bir
nechta tilni bilishi mumkin.
Ayrim shaxsning nutqi ayni
zamonda faqat bitta bo‘ladi,
chunki u ma’lum vaqtda va
ma’lum o‘rinda yuz beradi.
5.
Tilning hajmi noaniqdir.
Nutqning hajmi esa aniq.
6.
Til – turg‘un statik hodisa.
Nutq harakatda bo‘luvchi,
dinamik hodisa.
15-chizma
Til xatosida so‘zning ma’nosi keskin buzilishi mumkin (Masalan:
sof-sop, tif-tip, fan-pan, dil-til, nufuz-nufus, servis-serviz, xo‘p-xo‘b).
Nutq xatosidagi buzilishlar ko‘pincha faqat akustik tomondan
o‘zgaradi (fikr-pikr, fabrika-pabrika, safar-sapar kabilar).
Til va nutq hodisalarining qonun-qoidalarini mukammal bilish, uning
qoidalariga doimo rioya qilish, obyektiv sharoitda tinimsiz mashg‘ulotlar
olib borish – o‘qituvchining til sofligi, nutq madaniyati va odobi masa-
lalariga oqilona yondashishiga olib keladi.
10. 4. O‘qituvchining nutq madaniyati va notiqlik san’ati
Nutq madaniyati ─ ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati mada-
niyatini aks ettiruvchi bir ko‘zgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har
190
ikki shakli ─ yozma va og‘zaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga
e’tibor yolg‘iz o‘qituvchilardan emas, balki har bir fuqarodan ongli
ravishda o‘zlashtirish talab qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir. Uni
egallash har bir o‘qituvchining va shaxsning madaniy saviyasi va bili-
miga bog‘liq. O‘qituvchi pedagogik mahoratida nutq madaniyati, uning
nafaqat ma’naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini, tafak-
kurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada yuritishini belgilovchi
me’yordir. O‘qituvchining nutq madaniyati birdaniga shakllanib maro-
miga yetadigan jarayon emas, u pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati
davomida, tajribali ustozlar o‘giti natijasida yillar davomida takomil-
lashib, sayqallanib boraveradi. O‘qituvchining nutqiy qobiliyati madaniy,
kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni rivojlantirish
faqat o‘qituvchining shijoatiga bog‘liq. Shu qobiliyat tufayli o‘qituv-
chining nutq madaniyati ham shakllanib boradi. Quyidagi o‘qituvchining
nutq madaniyatiga xos bo‘lgan vositalarni unutmasligi kerak:
1. Nutq madaniyati o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy kamoloti tar-
kibiy qismidir. Zero nutq, millatimiz erishgan madaniyat darajasini ko‘r-
satuvchi, o‘z ona tilimizga e’tiqodni namoyish etuvchi yorqin va ishonch-
li dalildir.
2. Nutq madaniyati o‘qituvchilarni ma’naviy va madaniy saviyasi
bilan hamda adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa kasb egalaridan
ma’lum ma’noda ajratib turadi.
3. Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi bo‘lgan
barkamol avlodni qanday kasb egasi bo‘lib yetishishidan qat’iy nazar
ma’naviy jihatdan tarbiyalash.
4. Nutq madaniyati ─ bu, avvalo, o‘qituvchilarda nutqiy ko‘nikma va
nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu ko‘nikma pedagogik faoliyatda
takomillashib boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka
oshiriladi hamda erishilgan muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat
shakllanadi.
5. Nutq madaniyatiga o‘zbek adabiy tilini mukammal egallash aso-
sida erishiladi. Buning uchun o‘qituvchi adabiy til qonuniyatlarini bilishi,
badiiy adabiyot asarlarini doimiy o‘qib borishi, she’rlar yod olishi va uni
deklamatsiya bilan o‘qiy olishi, radio va televideniye eshittirishlarini
kuzatib borishi lozim.
6. Nutq madaniyatini egallashning yana bir ko‘rinishi nutqiy taqlid
bo‘lib, yosh o‘qituvchilar o‘zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma’noli va
191
ta’sirchan nutq so‘zlaydigan ustoz murabbiylarning nutqiy san’atiga ha-
vas bilan qarashi va taqlid qilishi asosida o‘rganishi mumkin.
Nutq madaniyatining va notiqlik san’atiga umumiy, o‘xshash tomon-
lari bor. Har ikkala soha til va nutq, inson nutqi bilan aloqadordir. Har
ikkalasi o‘qituvchi nutqiy faoliyatining ta’sirchan, chiroyli bo‘lishi uchun
zarur hodisa bo‘lib, uning nutqiy madaniyatini o‘stirishga xizmat qiladi.
Nutq madaniyati ham, notiqlik san’ati kabi nutqning ma’noliligi, nutqiy
go‘zallik, nutqiy mantiq qonuniyatlaridan oziqlanadi.
Ba’zi shaxslarda uchraydigan notiqlik san’ati og‘zaki nutq sohasida
shaxsiy qobiliyat va faoliyat tufayli erishiluvchi alohida san’atdir.
Nutq madaniyati va notiqlik tushunchalari orasida ba’zi o‘xshashlik,
umumiy tomonlar bor. Bu har ikkala sohaning pirovard maqsadi, ish
faoliyatining mushtarakligida ko‘rinadi. Ammo shunga qaramasdan, nutq
madaniyati tushunchasi bilan notiqlik tushunchasi aynan bir xil narsa
emas. O‘qituvchi nutq madaniyati va notiqlik orasidagi ba’zi muhim
farqli tomonlarni va belgilarni bilishi lozim. Bular quyidagilar:
1. Nutq madaniyati, chinakam ma’noda adabiy til bilan bog‘liq hodi-
sadir. Uning paydo bo‘lishi, lisoniy asosi, talab va mezonlari adabiy til va
uning normalari bilan bog‘liq. Notiqlik san’ati uchun bular asosiy
belgilar emas. Notiqlar orasida adabiy til talablariga to‘la amal qilmay-
diganlar, ma’lum vaqtgacha, shevada ham chinakam notiqlik san’atini
namoyish qilib kishilar qalbiga qizg‘in ta’sir qiluvchi kishilar uchraydi.
So‘zga chechanlik, notiqlik, til materialining xarakteriga qarab emas,
balki, notiqning chinakam so‘z ustasi ekanligiga, tinglovchilarni o‘ziga
jalb etishida, ta’sirchan nutqiy san’atiga qarab belgilanadi.
2. Notiqlik – bu nutqning og‘zaki shakli. Notiqlik san’ati og‘zaki
nutq san’atidir. Nutq madaniyati esa nutqning ham og‘zaki, ham yozma
shakli uchun taalluqli bo‘lgan tushunchalardir.
3. Nutq madaniyati jamiyat a’zolarining umumiy nutqiy faoliyatini
nazarda tutadi. Nutq madaniyati sohasining maqsadi va pirovard orzusi
yosh avlod nutqini madaniylashtirishni mo‘ljallaydi. Chin ma’nodagi notiq-
lik san’ati esa, alohida shaxslarning nutqiy mahoratini va san’atini ifo-
dalaydi. Notiqlik, asosan nutq vositasida o‘qituvchilar jamiyat talablari
asosida yosh avlodga muayyan ta’lim va tarbiya beradi, yuqori malakali,
raqobatbardosh, o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlaydi.
4. San’atkor notiq nutqi, asosan, ko‘pchilik tinglovchilarga, keng
auditoriyalarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Notiqni bir kishidan ortiq shaxslar
tinglaydi. Nutq madaniyati mana shunday tinglovchilardan tashqari
192
kishilar orasida odatiy suhbatlarni, yakka kishiga qaratilgan nutqlarni
ham o‘z ichiga qamrab oladi.
5. O‘qituvchilar adabiy tilning keng imkoniyatlari va boyliklarini
yaxshi egallagan, nutq madaniyati talablariga javob beradigan tajribali
notiq bo‘lishi mumkin. Biroq hamma o‘qituvchi ham san’atkor ma’no-
sidagi mukammal notiq bo‘la olmaydi. Lekin adabiy tildan foydalanuvchi
har bir o‘qituvchi nutq madaniyatidan xabardor bo‘lishi shart.
6. Nutq madaniyati ko‘pchilikka mo‘ljallangan, ma’lum bir maq-
sadni ko‘zda tutib ish ko‘ruvchi soha. Bu ma’noda u keng omma uchun
mo‘ljallangan talabdir, ammo notiqlik – shaxsiy qobiliyatdir.
7. Nutq madaniyati – bu faqat nutq haqidagi nutqiy faoliyatga tegi-
shli tushuncha va soha emas, u til madaniyati bilan ham, ya’ni adabiy
tilni va uning normalarini o‘rganish va bu normalarni qayta ishlash ishi
bilan ham shug‘ullanadi. Notiqlik san’ati esa bunday ilmiy – normativ
faoliyatni ko‘zda tutmaydi.
8. Notiqlik, ko‘proq nutqning mazmunini, mantiqiy asoslarini, mun-
darijaviy tuzilishini e’tiborga oladi, nutq madaniyati esa, nutqning til
qurilishi – lisoniy tuzilishiga e’tibor qiladi.
9. Notiqlik san’ati notiq uchun oldindan qanday so‘zlash tizimi va
rejasini bermaydi. Nutq madaniyati sohasi esa jamiyat a’zolarini ona tili,
ya’ni adabiy til boyliklari va vositalaridan maqsadga muvofiq sharoit va
uslub taqozasi talabiga ko‘ra o‘rinli foydalana olish ko‘nikmasini beradi.
Bunday ko‘nikma, aslida har qanday san’atkor notiq uchun ham zarur.
10. Notiqlik san’ati haqidagi fan ancha qadimiy tarixga ega, nutq
madaniyati ilmiy muammo va ilmiy soha sifatida muntazam yangilanib
boradi.
Dostları ilə paylaş: |