188
Ham so‘z ila elga o‘limdan najot,
Ham so‘z ila topib o‘lik tan hayot.
(Alisher Navoiy)
Agar bo‘lsang ipak kabi muloyim,
Muloyim sen bo‘lsang quling bo‘loyin.
Qulog‘imga
bergan panding olayin,
Kishiga qattiq so‘z aytguvchi bo‘lma.
Oqmasdan qolmaydi bir oqqan ariq,
Bir tanda odam goh semiz, goh oriq.
Bir ko‘zi qarodir bir ko‘zi yorug‘,
Qora deb qattiq so‘z aytguvchi bo‘lma.
(Maxtumquli).
Til va nutq.
Nutq madaniyati – til normalarini egallamoq,
talaffuz,
urg‘u, so‘z ishlatish, gap tuzish qonuniyatlarini chuqur bilmoqdir. Shu-
ningdek, tilning tasviriy vositalari har xil sharoitlarga mos, maqsadga
muvofiq bo‘lishi kerak. Nutqda til –
fikr almashish quroli, o‘qituvchi
qalbining oyinasi, o‘qituvchining dars berish uslubini, pedagogik maho-
ratini to‘liq namoyon qiluvchi vosita. Nutqda – tildagi rang-barang vosi-
talar o‘z ifodasini topsa, bunday nutq – boy nutqdir.
Til va nutq azaldan bir-biri bilan chambarchas bog‘langan vosita-
lardir.
Nutq qaysi tilda aytilmasin, o‘sha millat tilining qonun-qoidalari
asosida ro‘yobga chiqadi. Biroq ular bir-biridan farqlanadi.
Til nutq uchun moddiy material. Shu material asosida nutq tashkil
topadi.
Nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda real-
likka aylangan fikr bo‘lib ikki xilda namoyon bo‘ladi:
ichki nutq;
tashqi nutq.
O‘qituvchi ongida hosil bo‘ladigan, hali
amalga oshmagan til ele-
mentlaridan tashkil topgan, kishining og‘iz ochmasdan fikrlashi, mulo-
haza yuritishi, o‘ylashi
ichki nutq
dir.
O‘qituvchi mulohazasi va fikrining til vositasida nutq organlariga
ta’siri va harakati bilan real tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq –
tashqi nutq
bo‘lib, u ijtimoiy hodisadir.
189
1.
O‘qituvchining nutqiy faoliyati: so‘zlash,
mutolaa qilish va eshi-
tishdan iborat. Nutq hodisasi monolog, dialog, polilog, deklamatsiya
hamda ayrim tekst va kitob shaklida bo‘lishi mumkin. Nutq maxsus bel-
gilangan tartibda o‘zining hajmi bilan notiqqa havola etiladi.
Til hodisasi fonemalar tizimida, morfemalarda,
sinonimiya, omoni-
miyalarda, mavjud grammatik qoidalarda, murakkab terminlar va fraze-
ologik iboralarda namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: