182
ganlar. IX asrdan boshlab, davlat hukmdorlari notiqlik bilan bog‘liq
barcha tadbirlarni maxsus tayyorgarlikka ega so‘z ustalariga yuklab, ular-
ni “voizlar” deb ataganlar.
Markaziy Osiyoda XII asrdan boshlab voizlik san’ati nazariyasi va
amaliyotini targ‘ib qiluvchi ko‘plab ilmiy va uslubiy risolalar yozilgan.
Jumladan, allomalar Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri”, Unsurul
Maoliy Kayqovus “Qobusnoma”, Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig”,
Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”, “Nazmul-javohir”, Husayn Voiz
Koshifiy “Dah majlis”, “Mahzan ul-insho”, Ali Yazdiy “Zafarnoma”,
Xondamir “Makorim ul-axloq”, Voiz Samarqandiy “Ravozat ul-voizin”,
Muhammad Rafiq Voiz “Avbob ul-jinon”, Quraysh Saidiy “Anis ul-
voizin” kabi o‘zlarining asarlari bilan “voiz”lik san’ati
xazinasiga
munosib hissa qo‘shganlar.
Voizlik san’ati namoyondalari tinglovchilarning ijtimoiy va siyosiy
mavqei hamda lavozimlarini hisobga olgan holda uch yo‘nalish bo‘yicha
faoliyat ko‘rsatishgan. Birinchisi,
sultoniyot,
ya’ni hukmdorlar hamda
yuqori tabaqali a’yonlar uchun mo‘ljallangan va’zxonlik bo‘lib, unda
hamdu sanolar aytilgan, ularning obro‘ e’tibori, martabasi,
faoliyatlari
ulug‘lanib maqtalgan. Ikkinchisi,
jihodiya,
ya’ni vatan himoyachilariga
mo‘ljallangan va’zxonlik bo‘lib, unda vatanparvarlik, jangovarlik,
botirlik,
qahramonlik, fidoyilik ulug‘langan, dushmanga nisbatan
shafqatsiz bo‘lish ifodalangan. Uchinchisi,
g‘aribona
deb atalib, asosan
mamlakatning oddiy fuqarolariga mo‘ljallangan va’zxonlikdir, unda
barcha fuqarolar asosan itoatkorlikka, mehnatsevarlikka chaqirilgan.
Voizlikning har bir yo‘nalishi o‘ziga
xos ohangga, usulga, jozibaga ega
bo‘lgan. Voizlar nutqda ma’lum bir muvaffaqiyatga erishish uchun har
bir so‘zning, tushuncha va ohangning badiiy jihatdan yuksak va
ta’sirchanligini ta’minlab, muayyan bir fikr,
mulohaza, hukm, g‘oya,
mafkura va xulosani tinglovchilarga yetkazish maqsadida suxandonlik
(ritorika) fanini puxta o‘zlashtirishgan.
Buyuk qomusiy olim
Abu Rayhon Beruniy
(973-1048) o‘zining
«Geodeziya» asarida har bir fanning paydo bo‘lishi va taraqqiy etishi
inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini ta’kidlab,
notiqlik san’atining ildizlari bo‘lmish grammatika, aruz va mantiq fanlari
ham shu ehtiyojlarning hosilasidir degan g‘oyani ilgari surgan.
Ulug‘
vatandoshimiz
Abu Nasr Forobiy
to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri
mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq tuzishda
leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati cheksizligi