O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   284
“tinglovchilarga 
halovat bag‘ishlash”
orqali odamlarni ezgulikka, adolatparvarlikka, va-
tan oldidagi burchlariga sadoqatli bo‘lishga, eng yaxshi insoniy fazilat-
larga amal qilib, ularni doimo bajarishga, odob va axloq qoidalariga rioya 
qilishga chorlar edilar. Bu ularning asosiy vazifasi hisoblanardi. Yuno-
nistonda notiqlik san’atini chuqur egallagan, o‘zlarining go‘zal va chi-
royli nutqlari hamda noyob asarlari bilan jamiyatda hurmat va e’tibor 
qozongan Sokrat (Suqrot), Platon (Aflotun), Dinarx, Giperid, Gorgiy 
(Horgiy), Isokrat, Isey, Esxil, Demosfen, Sitseron, Kvintilian kabi namo-
yondalar Yunonistonning mashhur davlat arboblari bo‘lib yetishganlar. 
Yunon notiqlari og‘zaki nutqning shakl va qonuniyatlarini, mulohaza 
va isbot kabi mantiq ilmining qoidalarini chuqur o‘zlashtirganlar. Ular 
o‘z fikrlari va tuyg‘ularini ruhan o‘quvchilar hamda tinglovchilar tafak-
kuri va ongiga chuqur singdira olganlar va keskin ta’sir o‘tkazganlar. Har 


180 
bir notiq o‘z ustida yillab tinimsiz mashg‘ulotlar olib borgan, sehrli ovoz 
sohibi bo‘lish uchun nutq texnikasining barcha qonuniyatlariga amal 
qilganlar. Ular o‘zlarining ta’sirchan nutqlarini namoyish qilish bilan 
notiqlik san’atini 
“Mafkuraviy va siyosiy kurash hamda yosh avlodni 
tarbiyalash quroli” 
deb hisoblaganlar va buni o‘z faoliyatlarida isbotlab 
berganlar.
Mashhur yunon faylasufi 
Sokrat
(eramizdan avvalgi 469 ─ 399 
yillar) o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda munozara, savol-javob 
usulini joriy qilib, ushbu usul orqali suhbat metodiga asos solgan.
Sokratning shogirdi Platon esa o‘z ustozi g‘oyalarini davom ettirib, 
savol-javobni notiqlik san’atining bir shakli sifatidagi ahamiyatini o‘z 
asarlarida yoritadi hamda uni inson tafakkuri va ongini, dunyoqarashini 
og‘zaki nutq bilan boyituvchi noyob uslub sifatida baholab, uni maz-
munan amaliy va nazariy jihatdan yanada boyitdi. 
Yunonistonda notiqlik san’atining har tomonlama takomillashishi 
Demosfen
(eramizdan avvalgi 384─322 yillar) nomi bilan uzviy bog‘-
langan. U yoshlik yillaridanoq notiqlik san’atiga qiziqdi. Tug‘ma duduq 
bo‘lishiga qaramasdan, o‘quvchi va tinglovchilarning istehzolariga bar-
dosh berib, qizg‘in va shiddatli mehnati bilan notiqlik mahoratini namo-
yish eta olgan. Faqat Demosfen Yunonistonda notiqlik san’atining yetuk 
namoyodasi, ya’ni o‘z davrida 
“notiqlik san’atining elitasi”
sifatida 
mashhur bo‘ldi. U davlat tribunasini notiqlik san’atiga asoslangan siyosiy 
va mafkuraviy kurash maydoniga aylantirdi. 
Demosfenning notiqlik san’ati to‘g‘risidagi g‘oyalarini uning 
shogirdi faylasuf, notiq va siysiy arbob S
itseron Mark Tulliy
(eramizdan 
avvalgi 106─43 yillar) davom ettiradi. Qadimgi Yunonistonda nutq 
mahorati, uni takomillashtirish yo‘llari, nazariyasi va tarixi bo‘yicha o‘z 
tajribalaridan kelib chiqib Sitseronning 19 ta asari, 800 dan ziyod 
maktublari hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan. Sitseronning notiqlik 
san’ati tarixiga bag‘ishlangan “Brut”, “Notiqlik san’ati namoyondalari”, 
“Notiq”, “Notiqlik haqida” kabi asarlari shular jumlasidandir. Notiqlik 
san’atining ulkan imkoniyatlarini, odamlarni va jamiyatni boshqarishda 
qudratli qurol ekanligini ta’kidlab, uni davlatning siyosiy jihatdan bosh 
quroli deb hisoblaydi. Shu sababli har bir davlat rahbari va davlat arbobi 
notiqlik san’atining cheksiz imkoniyatlarini chuqur egallashi lozimligini 
aytadi. Sitseronning notiqlik san’ati nazariyasida “Ideal notiq” haqidagi 
g‘oyalari muhim ahamiyatga ega. Uning fikricha, 
“Ideal notiq egasi 
yuksak ma’naviyatli, chuqur bilimga ega, tafakkuri boy faylasuf bo‘lishi 


181 
kerak.”
Ideal notiqlar tinglovchilar qalbiga va his tuyg‘ulariga tez, 
chuqur kirib borishi, ularning kayfiyatini, ruhiyatini bilib, shodlik va 
sevinch tuyg‘ularini, yoki aksincha, g‘azab va nafratini ta’sirchan nutqi 
asosida uyg‘ota olishi lozim. 
Sitseron tomonidan ishlab chiqilgan va nazariy hamda amaliy 
jihatdan asoslangan notiqlik san’ati haqidagi ma’lumotlarni, tizimlar va 
uslublarni rimlik 
Kvintilian 
(eramizdan avvalgi 35-95 yillar) ma’lum bir 
tartibga keltirib, tabaqalashtirib, undan notiqlik san’ati sohasi bo‘yicha 
faoliyat ko‘rsatuvchilar unumli foydalanishlari uchun qayta ishlab chi-
qadi. U notiqlik san’atining balandparvoz, asabga teguvchi teatr artist-
lariga xos ovoz ritorikasiga qarshi edi. Kvintilianning fikricha, notiq 
tashqi ovoz natijalari bilan emas, balki ilmiy asosga ega bo‘lgan, maz-
munan boy, mukammal va “tiniq” nutq orqali ulkan yutuqlarga erishishi 
mumkin. U “Tarbiya haqida” nomli asarida o‘z nazariyalariga asoslanib, 
notiqlik san’atini o‘rganish metodikasini yaratdi. Faylasuf olim o‘z 
asarida ilk bor notiqlik san’atining ta’lim-tarbiya maskanlarida bolalar 
bilimi, ongi va tafakkuriga ijobiy ta’siri haqidagi g‘oyalarini ilgari surdi. 
Kvintilian o‘qituvchilar va tarbiyachilarning qizg‘in faoliyat olib 
borishlari uchun notiqlik san’atini mukammal o‘rganishga doir o‘zining 
metodikasini taqdim etdi. Ushbu metodika notiqlik san’ati tarixida ulkan 
ahamiyatga ega va hozirgi davrda ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin