O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Pantomimik harakatlarda o‘z hissiy holatini nazorat qilishda



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   284
Pantomimik harakatlarda o‘z hissiy holatini nazorat qilishda 
o‘qituvchi quyidagi faoliyatlarga jiddiy e’tibor berishi maqsadga 
muvofiqdir: 

sport bilan muntazam shug‘ullanib borish; 

yoshlar psixologiyasiga oid bilimlarni doimiy o‘rganib borishi; 

o‘quvchilarga nisbatan xayrixohlik va optimizmga ega bo‘lishi; 

o‘z harakatini nazorat qilishi (muskul zo‘riqishini, qo‘l, oyoq 
va bosh)

harakatini, nutq tempini bir maromda saqlashda nafas olishini
 tartibga solish; 

madaniy hordiqni to‘g‘ri uyushtirishi (dam olishi, o‘z sog‘ligi-
ga doimiy e’tibor, lirika, musiqa, yumoristik hajviyalarni sevib 
o‘qiy olish);

o‘z-o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lib, ta’sir ko‘rsata olish. 
13-chizma. 
O‘qitish samaradorligini oshirish va ijobiy tarbiyaviy ta’sir ko‘rsa-
tish uchun o‘qituvchining harakatlarida aktyorlik va rejissyorlik mala-
kalari ham mujassamlashgan bo‘lishi lozim. Xususan, gumanitar fanlar 
o‘qituvchilari aktyorlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim. Ma’lum mav-
zular, obrazlar, tarixiy qahramonlar haqida so‘zlaganda aktyorlik, rejis-
syorlik malakalari zarur. Ular o‘qituvchiga o‘quvchilarning his-tuyg‘u-
lariga ta’sir ko‘rsatishda, mavzu qahramonlariga nisbatan hissiy-qadriya-
tli munosabatda bo‘lish tajribasini o‘zlashtirishiga yordamlashadi. 
Pedagogik texnika malakalari o‘qituvchining maxsus fanlar bo‘yi-
cha bilimlarni egallash, pedagogik mahoratini takomillashtirishga inti-
lish, o‘z kasbiga qiziqish, burch hamda mas’uliyatni his qilish asosida 
oshiriladi. Ular yoshlarni o‘qitish, tarbiyalash, tashkil qilish, targ‘ibot 
qilish, mustaqil bilim olish ishlariga yordam beradi. 


170 
O‘qituvchining tashqi ko‘rinishida nutq texnikasi, his-tuyg‘ularini 
boshqara olish, mimik va pantomimik malakalar bir qolipda mukammal 
olib borilganda ko‘zlangan maqsadga albatta erishiladi. Bunda so‘z, gap 
ohangi, qarash, imo-ishoralar, kutilmagan pedagogik vaziyatlarda udda-
buronlik, osoyishtalik bilan ziddiyatdan chiqish, voqelikni oldindan ko‘ra 
olish va adolatli tahlil qilishga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Bu xu-
susiyatlar o‘qituvchining shaxsiy, individual psixik, fiziologik fazilatlari 
asosida tarkib topadi. Pantomimik harakatlarni boshqarishda ham o‘qi-
tuvchining individual pedagogik texnikasi, yoshi, jinsi, mijozi, fe’l-at-
vori, sihat-salomatligi va anatomik-fiziologik xususiyatlari muhim aha-
miyatga ega. 
O‘qituvchi avvalo tarbiyachi sifatida o‘zida yuqoridagi malakalarni 
shakllantirishi, ularning mazmunini chuqur o‘zlashtirib, pedagogik texni-
kani egallashning imkoniyatlaridan foydalanishi kerak. Shunda u o‘qituv-
chini pedagogik mahorat sari etaklaydi. Shunday qilib, o‘qituvchining 
tashqi ko‘rinishi ham pedagogik texnikaning muhim xususiyatlaridan biri 
bo‘lib – tarbiyalanuvchilarga ko‘rib, eshitib turgan narsalarini erkin 
fikrlash orqali, o‘z mulohazalarini mustaqil, cho‘chimasdan o‘qituvchiga 
etkazish imkoniyatini beradi. 
“Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazil-
lashishni, quvnoq yoki jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini shunday 
tutishi kerakki, uning har bir harakati, yurish-turishi, kiyinishi bolalarni 
tarbiyalasin”
– deb yozgan edi taniqli pedagog A.S. Makarenko. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin