162
Demak, pedagogik texnika o‘qituvchi kasbiy faoliyatida shunday
kasbiy va shaxsiy malakalar yig‘indisiki, u o‘qituvchining pedagogik
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va
boshqarish ishlarida asosiy yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qiladi.
Ilg‘or va novator o‘qituvchilarning texnik mahorati pedagogik faoli-
yat olib borishlarida, mimik va pantomimik harakatlarida, ovozini idora
qila olish xususiyatlarida kuzatiladi. Bu shundan dalolat beradiki, o‘qi-
tuvchilar pedagogik texnika san’atini mukammal egallaganlar, uning
ko‘nikma va malakalarini o‘zlarida aniq shakllantirishgan va turli
pedagogik vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatlariga egadirlar.
Pedagogikada o‘qituvchi chuqur hissiyotga berilishini, shaxsiy
hayotidagi turli ruhiy vaziyatlar tufayli kayfiyatining o‘zgarib turishini
o‘zi qattiq nazorat qilish talab qilinadi. Ushbu nazoratni o‘qituvchining
o‘zi boshqarishi lozim. Bu jarayonning ijobiy natijalari o‘qituvchining
refleksiv qobiliyatlarida namoyon bo‘ladi.
Pedagogik texnikaning yana bir muhim xususiyati pedagogik ta’sir
ko‘rsatishdagi o‘qituvchining ma’naviy va estetik qiyofasi. Bu tarbiyala-
nuvchilarga yaqqol namoyon bo‘ladigan xususiyatdir. Agar o‘qituvchi
ma’naviy qashshoq bo‘lsa, nutqi tartibsiz va muloqotda no‘noq bo‘ladi,
didi past, o‘z hissiyotlarini jilovlay olmaydigan qo‘pol
bo‘lsa, uning
ta’lim-tarbiya berishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas.
Pedagogik texnikaning sirlarini egallash yo‘llari o‘qituvchi rahbar-
ligida olib boriladigan mashg‘ulotlar va mustaqil pedagogik faoliyat jara-
yonida shakllanib boradi. Pedagogik texnika sirlarini mukammal egal-
lashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o‘qituvchi o‘z – o‘zini
doimiy shakllantirib borishi, ya’ni o‘z oldiga qo‘yilgan talablar nuqtai
nazaridan mohir o‘quvchi shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini
shakllantirishga qaratilgan faoliyati muhim rol o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: