155
tini va ruhiy kechinmalarini his qilish, sinf jamoasining kayfi-
yatidan qat’iy nazar belgilangan dars rejasini amalga oshirish.
18.
Darsga tayyorlanayotgan paytingizda yangi mavzuni o‘rganish
bo‘yicha turli pedagogik texnologiyalarni tanlash bilan bir
qatorda, o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish variantlarini ham
o‘ylab olasizmi?
19.
O‘quvchidan jahlingiz chiqsa, sizning asabiylashgan holatingiz
uzoq vaqt davom etadimi?
20.
O‘qituvchilik kasbingizni o‘zgartira olarmidingiz? Agarda
o‘zgartirsangiz, qaysi kasbni tanlagan bo‘lardingiz?
III.
1.
O‘quvchilar bilan odatiy, nisbatan barqaror pedagogik muloqot
usullari sizda shakllanganmi yoki yo‘qmi: uni tahlil qiling?
2.
Siz tanlagan muloqot usullari pedagogik faoliyatingizda sizga
qanchalik yordam beradi deb o‘ylaysiz?
3.
Siz o‘zlashtirgan muloqot usullari dars jarayonida paydo bo‘la-
digan kutilmagan vaziyatlarda qanday ahamiyatga ega?
4.
Siz odamlar bilan kundalik muloqot qilish va sinf jamoasiga dars
o‘tish davomida o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqotni farqlay
olasizmi? Agar farqlasangiz, bu farqlar nimalardan iborat?
5.
Sinfdagi pedagogik muloqotingiz paytida odamlar bilan kundalik
muloqotdan farqli nimalar paydo bo‘ladi?
6.
Sinf jamoasi bilan pedagogik muloqot usullarini, ba’zan kishilar
bilan odatiy kundalik muloqot qilish vaziyatiga ko‘chirgan
holatlaringiz bo‘ladimi? Tahlil qiling.
O‘tkazilgan o‘z-o‘zini kuzatish asosida, o‘zingiz uchun dilkashlik
xususiyatlarini kasbiy fazilat sifatida ahamiyatini aniqlang, shunda siz
o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida pedagogik faoliyatingizdagi asosiy
kamchiliklardan kelib chiqqan holda o‘zingiz uchun
Dostları ilə paylaş: