148
o‘qituvchi pedagogik nazokat talablariga amal qilib, o‘zida mulo-
qotning erkin demokratik asosini shakllantiradi;
sinf jamoasida ongli intizomni vujudga keltiradi; o‘quvchilar bilan
haqiqiy muloqot madaniyatiga erishadi;
o‘qituvchi sinfda yakka (avtoritar) hukmronlikdan, erkin mulo-
qotga o‘tib, demokratik prinsiplar asosida pedagogik faoliyatga kirishish
shaklini qo‘llaydi;
o‘quvchilarni ongli ravishda tartib-intizomga muloqot asosida
o‘rgatadi.
Pedagogik nazokat asosida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotda
qarama-qarshilikka yo‘l qo‘ymasligi o‘zaro munosabatni to‘g‘ri tashkil
etishga yordam beradi. Bizga ma’lumki, o‘qituvchining fikr-
mulohazalarida nisbiylik va subyektivlik alomatlari ham mavjud. U
hammaga birdek, to‘g‘ri munosabatda bo‘la olmasligi tabiiy holdir, lekin
u mohiyatan barcha o‘quvchilarga holis niyatli, yaxshilik qilishga
intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga ishonch uyg‘otishi kerak. Bu holat
pedagogik nazokatning muhim xususiyatlaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: