145
O‘qituvchi pedagogik nazokatga ta’lim va tarbiya jarayonidagi har
bir vaziyatga adolatli baho berishi, o‘quvchilarning xatti-harakatini to‘g‘-
ri idrok etishi, sabot va matonat, o‘zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik,
vijdon, oriyat kabi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi bilan erisha-
di. Pedagogik faoliyatda o‘z kasbini sevgan o‘qituvchigina butun kuch
g‘ayratini, qalb nuri va dil haroratini shu ishga bag‘ishlaydi va o‘z fao-
liyatida yaxshi natijalarga erishadi. Bolalarni sevish, ularga mehr-muhab-
batli bo‘lish o‘qituvchi axloqiy qiyofasini namoyon etuvchi muhim fazi-
latlardir.
O‘qituvchi deyarli har kuni o‘quvchilar bilan uchrashadi, savol-ja-
vob qiladi, ularning yaxshi xulq va ezgu ishlarini ma’qullaydi, bilimlarini
baholaydi, nojo‘ya xatti-harakatlari uchun tanbeh berib, lozim bo‘lganda
tarbiyaviy metodlarni qo‘llaydi.
Pedagogik nazokat doimiy izlanishni, ijodkorlikni talab qiladi. Doi-
miy ijodiy izlanishda bo‘lgan o‘qituvchi tadqiqotchilik ko‘nikma va
malakalariga ega bo‘ladi, ilm-fan muammolari, tarbiya etikasi va psixo-
logiyasi yuzasidan erkin fikr yurita oladi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning kattalar bilan muloqotga kirishish tizimi-
ga ma’lum darajada kirib borib, ularning ichki qoidalarini o‘rganishga
harakat qilishi kerak. Bu narsa o‘quvchilar bilan suhbatlashish orqali, fe’l-
atvorini o‘rganish, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlarini kuzatish,
o‘quvchilar hayotidagi turli voqealar va muammolarni birgalikda tahlil
qilish, ular muhitida ro‘y berayotgan hodisalarga nisbatan fikr-mulo-
hazalarini bilish asosida amalga oshiriladi. Bunda u o‘quvchilar jamoasida
ro‘y berib turadigan, tashqi tomondan kuzatganda aslo bilib bo‘lmaydigan
yashirin hodisalar va voqealarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Natijada o‘qituvchi ta’lim-tarbiyaviy jarayonda o‘z oldida turgan vazi-
falarni hal etishda o‘quvchilarning o‘zlarini ham jalb qila oladi.
Ijobiy natijalarga erishish uchun, o‘qituvchi o‘quvchilarning
Dostları ilə paylaş: