167
hatti-harakatini bevosita namoyish etuvchi mimik va pantomimik ifodasi,
o‘qituvchining imo-ishorasida, ma’noli qarashlarida, rag‘batlantiruvchi
yoki istehzoli tabassumida namoyon bo‘ladi va ular o‘qituvchi-tarbi-
yachining pedagogik ta’sir ko‘rsatishida, mashg‘ulotlarni samarali va
mazmunli o‘tishida puxta zamin tayyorlab beradi.
MIMIKA - bu o‘z fikrlarini,
kayfiyatini, holatini, hissiyotini qosh,
ko‘z va chehra muskullarining harakati bilan bayon qilish san’atidir.
Ba’zan o‘qituvchi chehrasining va nigohining ifodasi o‘quvchilarga katta
ta’sir ko‘rsatadi.
Mimik harakatlar, ifodalar ma’lumotlarning hissiy ahamiyatini ku-
chaytirib, ularni chuqur o‘zlashtirish imkoniyatini beradi. O‘quvchilar
o‘qituvchining muomalasi va xatti-harakatiga qarab kayfiyatini, muno-
sabatini tezda «uqib» oladilar. Shuning uchun oiladagi ba’zi noxush-
liklar, hissiyotga berilish, g‘am va tashvishning o‘qituvchi chehrasida va
mimik belgilarida ifodalanishi mumkin emas. Chunki ushbu noxushliklar
o‘qituvchining pedagogik faoliyatiga dars mashg‘ulotlarini mukammal
bajarishida o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. O‘qituvchining chehra-
sida, mimik belgilarida faqat dars mashg‘ulotlariga xos bo‘lgan, o‘quv-
chilarga ta’lim va tarbiyaviy topshiriqlarni
yechishga yordam bera ola-
digan ko‘rinishlarni ifodalash lozim.
O‘qituvchining chehrasidagi ifoda, nutqi, o‘quvchilar bilan o‘zaro
munosabati uning individual xarakteriga mos bo‘lishi kerak. O‘qituvchi
chehra ko‘rinishidagi mimik ifoda, ta’lim-tarbiya qonuniyatlariga mos
ishonch, ma’qullash, ta’qiqlash, norozilik, quvonch, faxrlanish, qiziquv-
chanlik, befarqlik, ikkilanish kabi xususiyatlarni ifodalashi mumkin.
Bunda ovozdagi turli o‘zgarishlar, nutqning tushunarli bayon etilishi mu-
him ahamiyatga ega. Mimik ifodaning asosiy belgilarini namoyish etish-
da qosh, ko‘z, chehra ko‘rinishi ishtirok etadi.
Qosh, ko‘z, chehra o‘quvchilar javobidan qoniqish, xursand bo‘lish,
faxrlanish yoki e’tirof, norozilik, qoniqmaslik, xafa bo‘lish va boshqa
belgilarni ifodalash bilan birga, o‘quvchilar diqqatini bo‘lmasdan, bosh-
qalarga xalaqit bermasdan ta’lim-tarbiya ishlarini samarali olib borishga
ham yordam beradi. Shuni alohida qayd qilib o‘tish joizki,
mimik
ifodalar o‘qituvchining xarakterini, ichki dunyosini, ma’naviyatini, peda-
gogik faoliyatining individual xususiyatlarini bekamu ko‘st namoyish
etadi. O‘qituvchining mimikasi ifodalangan nigohi o‘quvchilarga, yoki
ayrim o‘quvchiga qaratilgan bo‘ladi. Doskaga, eshikka, derazaga, ko‘r-
168
gazmali qurollarga yoki devorga nigoh tashlab mimik ifodalarni namo-
yish qilish aslo mumkin emas.
PANTOMIMIKA – bu o‘qituvchining gavdasi, qo‘l, oyoq haraka-
tini tartibga soluvchi uslubdir. O‘qituvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoli-
yatida o‘quvchilar bilan muloqoti muhim ahamiyat kasb etishi barchaga
ma’lum. Biroq o‘quvchilar bilan muloqotda o‘qituvchining pantomi-
mikasi, ya’ni, gavda, qo‘l, oyoq harakati to‘g‘ri ifodalanmasa, ta’lim-
tarbiyaga asoslangan muloqot natija bermasligi mumkin. O‘qituvchi o‘z
gavdasi, qo‘li, oyoq harakatlarining holati
orqali har qanday pedagogik
ma’lumotlarning obrazini “chiza” olsa, o‘quvchilar bundan zavqlana-
dilar, ular ichki his-tuyg‘ulari, tashqi hissiyotlari bilan qo‘shilib butun
ongini o‘quv materiallari mazmunini o‘zlashtirishga qaratadilar. Panto-
mimika gavdani rost tutib yura bilish, qo‘l va oyoq harakatlarining bir-
biriga mosligi, fikrlarini aniq va to‘liq bayon qilib qo‘lini, boshini turli
harakatlarda ifodalash o‘qituvchining o‘z bilimiga, kuchiga ishonchini
bildiradi. Shuning uchun o‘qituvchining o‘quvchilar oldida o‘zini tuta bi-
lish holatini tarbiyalashi lozim. (oyoqlari 12-15 sm.
kenglikda, bir oyoq
sal oldinga surilgan holda turish). O‘qituvchining yurishi, qo‘l va oyoq
orqali imo-ishoralari ortiqcha harakatlardan holi bo‘lishi kerak. Masalan:
auditoriyada orqaga oldinga tez-tez yurish, qo‘llari bilan turli imo-isho-
ralar qilish, boshini har tomonga tashlash va hokazo. Bunday holatlar
dars davomida o‘quvchilarning e’tiborini bo‘lib, g‘ashini keltiradi va o‘r-
ganilayotgan fanga, o‘qituvchiga nisbatan hurmatsizlik kayfiyatini
uyg‘otadi.
O‘qituvchi mashg‘ulot o‘tish jarayonida faqat oldinga yurishi
tavsiya qilinadi. U yondan, bu yonga yurish talabalar fikrini bo‘ladi. Old
tomonga yurayotganida o‘qituvchi muhim voqealarni bayon qilishi
mumkin, chunki bunda talabalar o‘qituvchini butun diqqatlari bilan
eshitayotgan bo‘ladilar.
O‘qituvchining pantomimik harakatlari tizimida o‘z hissiy holatini
boshqara olishi muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan
muloqot jarayonida qizg‘in kuzatuv ostida bo‘ladi. Uning kayfiyatidagi
o‘zgarishlar pantomimik harakatlarida namoyon bo‘ladi. Shu tufayli
o‘quvchilarga ta’lim-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish jarayonida (darsda,
darsdan tashqari mashg‘ulotlar paytida, tarbiyaviy ishlar jarayonida) o‘z
hissiyotini boshqara olishi, jiddiy bo‘lishi, umidbaxshlik, xayrixohlik
kayfiyatida bo‘la olish qobiliyatlariga ega bo‘lishi zarur. Pantomimik
harakatlar tizimi o‘qituvchiga birdaniga paydo bo‘ladigan ko‘nikma
169
emas. Buning uchun o‘qituvchi o‘z ustida tinimsiz ishlashi, ilk pedagogik
faoliyati davrida kamchiliklarini tezda topib bartaraf eta olishi darkor.
Chunki, yillar davomida o‘qituvchi o‘zining har bir harakatiga moslashib
uni odat qilib olishi mumkin. Mukammal
pantomimik malakalarga ega
bo‘lgan o‘qituvchi o‘z-o‘zini nazorat qila oladi, ko‘p yillik faoliyati
davomida sog‘lom asab tizimini o‘zida tarbiyalab asabiylashishdan, his-
siy va aqliy zo‘riqishlardan o‘zini saqlay oladi.
Dostları ilə paylaş: