156
Kommunikativ jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash tizimi individual,
berilgan tavsiyalar inobatga olingan holda ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.
Tabiiyki, muloqotga oid ko‘p narsalarni har qanday o‘qituvchi o‘zining
shunchaki sog‘lom tafakkuri va tajribasi bilan ishlab chiqishi mumkin.
Masalan, boshqalar bilan muloqotda tabiiy noqulaylikni his qiladigan
odamlar, bunday muloqotdan keyin o‘z tajribasini ongli ravishda ort-
tirishi, psixologik to‘siqlarni ma’lum bir maqsadni ko‘zlab bartaraf etishi
lozim. Buning uchun yosh o‘qituvchi turli seminarlarda, yig‘ilishlarda,
o‘qituvchilar davrasida ko‘proq chiqish qilishga intilishi, hamkasblari va
kishilar bilan muloqot qilishning har bir
imkoniyatidan foydalanishi
kerak. Masalan, birorta muammo haqida bir nechta hamkasblaringiz
bilan gaplashish vazifasini qo‘ying. Yoshi ulug‘, tajribali o‘qituvchilarga
o‘zingizni qiziqtirgan muammoli savollar bilan murojaat qiling, do‘kon
sotuvchisining xaridorlar bilan muomalasidagi hatti - harakatini sharhlab
bering va hokazo. Ko‘chada yo‘lovchining savoliga javob berganingizda,
u bundan qoniqish hosil qilganini tushunishga harakat qiling. Har safar
darsga tayyorgarlik ko‘rib, yangi materialni tushutirishda nafaqat
pedagogik vositalar va metodlarni qanday qo‘llashni, balki sinf jamoasi
bilan qanday muloqotga kirishish haqidagi fikr xayolingizni band qilsin.
O‘quvchilar bilan maktabdan tashqari ta’lim
va tarbiya jarayonida
muloqot qilish haqida o‘ylang. Sizga ajoyib taassurot qoldirgan, yaxshi
kayfiyat bag‘ishlagan muloqotdagi vaziyatlarni aslo unutmang. O‘quv-
chilar bilan muloqotdagi ba’zi muvaffaqiyatsizliklarni tahlil qilishga
urining. Xatolaringizni tan oling va ko‘ra biling, sizga qoniqish bag‘ish-
lashi uchun navbatdagi muloqotlarni qanday tashkil qilishni o‘ylang.
Sizga muloqotda noloyiq inson ekanligingizni aytishsa, aslo ruhiy
tushkunlikka tushmang. Xulqingiz,
xatti-harakatlaringiz, hayot va ish
tajribangiz bilan shaxsiy xususiyatlaringiz buning aksi ekanligiga,
muloqotda dilkashlik va xushmuomalalilik fazilatlari sizda mavjudligiga
o‘zingizni ishontirishga harakat qiling. Tajribalar asosida o‘z kasbiy
holatingiz ustida tinimsiz ishlash, muloqotda dilkashlikni kasbiy jihatdan
ahamiyatli xususiyatlarini rivojlantirish, kommunikativ qobiliyatlarni
takomillashtirish, pedagogik kasbiy ko‘nikma
va malakalarni shakllan-
tirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Agarda ta’lim va tarbiyadan ko‘z-
langan maqsad shaxsning shaxsga ijobiy ta’siri ekan, demak, aynan
o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlik sharoitida o‘qituvchi ularning
ma’naviy dunyosiga kirib borishi kerak.
157
Quyidagi ko‘rsatkichlar asosida o‘zingiz yoki kasbdoshlaringizning
darsini tahlil qiling, keyin esa o‘zingizni yoki kasbdoshingizni sinf jamo-
asi bilan muloqotiga yakuniy tavsif bering:
1.
Sinfga kirish (tetik, ishonchli, shaxdam, ishonchsiz, bo‘sh).
2.
Muloqotning boshlang‘ich bosqichida o‘zini erkin his etish, umu-
miy kayfiyat (tetik, barkamol, betaraf, siqiq, ishonchsiz).
3.
Kommunikativ kayfiyatga tavsif (muloqotga har taraflama
mukammal tayyorgarlikni ta’riflash, yoki ifodalanadigan kommunikativ
kayfiyatning yo‘qligi).
4.
Kommunikativ tashabbusni shaxdam namoyon qilinishi, faoliyatga
yaxshi
kayfiyat bilan kirishish, bu kayfiyatni sinfga «yuqtira olish»,
darsning ko‘tarinki ruh va neytral boshlanishi; yoki ruhan toliqqanlik,
muloqotni tashkil qilishda tashabbusning yo‘qligi.
5.
Darsda zarur (umumiy, butun dars davomida, bosqichma-bosqich,
ba’zi vaziyatlarda) bo‘lgan o‘qituvchiga xos ruhiy kayfiyatni yarata
bilish.
6.
Dars jarayonida va o‘quvchilar bilan muloqot davomida o‘z ruhiy
hissiyotini boshqara olish (barqaror ruhiy holat, dars davomida yuzaga
keladigan vaziyatlarga muvofiq tarzda o‘zini
boshqara olish qobiliyati,
kayfiyatning buzilishi, o‘z ijodiy kayfiyatini boshqarishda beqarorlik).
7.
Dars jarayonida tashkil qilingan muloqot xarakteri (uyg‘un, ser-
mahsul, yengil, rasmiy; yoki majburiy, zo‘rma-zo‘raki muloqot).
8.
Ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni hal etish, o‘quvchilar bilan o‘zaro
munosabatlarni tashkil qilish uchun muloqotni boshqarish samaradorligi
(tezkorlik, nazokatlilik, muloqotda o‘z shaxsiy uslubi samaradorligini his
qilish, o‘zaro muloqot va ta’sir o‘tkazish metodlari birligini tashkil qila
olish malakasi; yoki muloqotdan ta’lim-tarbiyaviy ta’sir quroli sifatida
yetarlicha foydalana olmaganlik).
9.
Nutq (yorqin
va jarangdor; obrazli va intonatsiyali; chuqur hissi-
yotga berilish bilan; oddiy va betaraf; bosiq va vazmin gapirish; yoki
ifodaliligi kam, ta’sirchanlikning yo‘qligi; betaraf; yo‘riqnomaviy-
idoraviy).
10.
Mimika (ifodali,
tetik va dadil, yorqin ko‘rinishga ega bo‘lish,
tashqi ko‘rinishning pedagogik maqsadga muvofiqligi, his tuyg‘ularga
boy, bosiq va vazmin ko‘rinishni yuzda aks etishi).
11.
Pantomimika (ifodali va ta’sirchan harakat, yoqimli inson, se-
vimli ustoz sifatida o‘zligini namoyish eta olish, his tuyg‘ularga boy,
bosiq va vazmin bo‘lish, betaraf, beo‘xshov harakatlardan saqlanish).
158
Ushbu tahlilga yakun yasab, o‘zingiz uchun foydali bo‘lgan xulo-
salar chiqaring, o‘zingizda mavjud bo‘lgan kamchiliklarni aniqlab, ularni
bartaraf etishga harakat qiling. Pedagogik faoliyatingizda ijodiy muloqot
madaniyati va texnologiyasini shakllantirish bo‘yicha maxsus tizim bilan
ishlang, ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan trening, dilkashlik va
xushmuomalalikni shakllantiruvchi o‘zingiz
uchun maxsus mashqlar
tizimini yarating.
Dostları ilə paylaş: