151
muloqotdan keyin,
muloqot paytida, muloqotgacha yaxshi kay-
fiyat;
kommunikativ ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish.
Ushbu ta’rifda muloqotning o‘qituvchi kasbiy faoliyatidagi ijodiy
jihatlari ko‘rsatilgan. Biroq, muloqot uchun zaruriyat hamisha mavjudligi
– umuminsoniy xususiyat bo‘lib, u barcha kasb egalariga taalluqlidir.
Rus olimi A.V.Mudrik o‘z ilmiy tadqiqotlarida o‘qituvchining xush-
muomalalilik bilan muloqotga kirishishi va unga ko‘nikma hosil qilishga
nisbatan qobiliyatini aniqlaydigan quyidagi mezonlarni ajratib ko‘rsatadi:
inson tafakkurining o‘ziga xos xususiyatlarga muvofiqligi;
notiqlik san’atini mukammal egallaganlik yoki nutqda erkinlik;
xushmuomalalilik va shirinsuxanlik;
empatiya va o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan o‘tkir
zehnga ega
bo‘lish;
ma’lum bir maqsadga qaratilgan aniq ijtimoiy munosabat (masa-
lan, muloqot jarayonining natijalariga emas, balki o‘ziga nisbatan qizi-
quvchanlik);
kommunikativ mahoratda – vaqtni, suhbatdosh ichki dunyosini,
munosabatni, vaziyatni aniq mo‘ljalga olish.
Ushbu nuqtai nazardan ta’kidlash joizki, o‘qituvchining kasbiy faoli-
yatida mavjud bo‘lgan pedagogik dilkashlik ham o‘ziga xos mazmunga
ega va uning quyidagi tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
ta’lim va tarbiyaning turli sharoitlarida o‘quvchilar bilan doimiy
muloqotda bo‘lish uchun barqaror zaruriyatning mavjudligi;
o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy jihatdan dilkashlik va xushmu-
omalalik fazilatlarini namoyon qilishda uzviylikning doimiyligi;
dilkashlik va xushmuomalalikning barcha bosqichlarida ruhiy xo-
tirjamlikni his etish;
muloqotning samaradorligi va pedagogik faoliyatning turli tarkibiy
qismlariga ijobiy ta’sir etishi;
pedagogik kommunikatsiya jarayonini amalga oshirishda qobi-
liyatning mavjudligi;
o‘qituvchining pedagogik kommunikativ ko‘nikma va malakalarni
doimiy egallab borishi.
Hozirgi kunda ta’lim-tarbiyaning insonparvar,
demokratik xarak-
terda ekanligi, o‘quvchilarni erkin, mustaqil fikr yuritishga va ongli
152
intizomga o‘rgatish, intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiya-
lash, o‘qituvchidan chuqur bilimga, kasbiy malaka va ko‘nikmalarga,
yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Shu jihatdan
o‘qituvchining o‘quvchilar bilan munosabatida “Pedagogik takt” muhim
pedagogik qobiliyat sifatida e’tirof etiladi.
Takt so‘zi azaldan pedagogikada tarbiyaviy ta’sir etish ma’nosini
bildiradi va o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatni
boshqarishga yordam
beruvchi axloqiy kategoriya sifatida ta’riflanadi. O‘quvchilar bilan mulo-
qot jarayonida ro‘y beradigan eng og‘ir vaziyatlarda ham pedagogik takt
o‘qituvchidan mutlaqo bosiqlikni, suhbatdoshiga nisbatan hurmat va
ehtiromni talab qiladi.
Pedagogik takt – o‘qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, o‘quv-
chilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir o‘tkazish,
muloqotni insonparvarlik tuyg‘ulari asosida o‘rnatish o‘lchovi, o‘quv-
chilarda mustaqil fikr yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish
ko‘nikmalarini hosil qilish shaklidir. Pedagogikada o‘qituvchining
o‘quvchilar bilan munosabati ularning yosh xususiyatlariga qarab belgi-
lanishi va bu qonuniyatga amal qilinishi qat’iy talab qilinadi.
Shunday
ekan, o‘qituvchi ta’lim–tarbiya jarayonida hali to‘liq shakllanmagan,
ta’sirlarga va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining sevimli
farzandi bo‘lgan murg‘ak qalb egalari bilan muloqot qilayotganligini
aslo unutmasligi kerak.
O‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bo‘lgan qo‘pollik,
adolatsizlik, qo‘rqitish, haqorat, mensimaslik, pedagogikaga zid bo‘lgan
jazolash usullarini qo‘llash va boshqa ular shaxsiga salbiy ta’sir qiladigan
turli jargon so‘zlar ishlatish o‘quvchilar qalbini
umuman tuzalmaydigan
darajada jarohatlab qo‘yishi, yoki o‘qituvchining obro‘siga putur etka-
zishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi bunday qarama-qarshi-
liklar, ko‘pincha, dars va darsdan tashqari jarayonlarda sodir bo‘ladi.
Bunda ayniqsa yosh o‘qituvchilarning pedagogik takt sirlarini bilmasligi,
tajribasizligi pand beradi.
O‘qituvchining taktik mahorati birdaniga shakllanib qolmaydi, u
yillar davomida pedagogik faoliyatda, ustozlar tajribasini o‘rganishda,
dars jarayonida, sinfdan tashqari faoliyatda va tarbiyaviy soatlarda
o‘quvchilar bilan muloqotda takomillashib boradi. Dars jarayonida peda-
gogik mahoratning asosi bo‘lmish pedagogik taktga ega bo‘lish o‘qi-
tuvchi uchun juda zarurdir.