184
Adib Ahmad Yugnakiy
(XII-XIII) ham mudarrislarni so‘zlaganda
nutqni o‘ylab, shoshilmasdan, aql-idrok bilan tuzishga,
keraksiz, bema’ni
so‘zlarni ishlatmaslikka, mazmundor so‘zlar izlab topishga chaqiradi,
Noto‘g‘ri tuzilgan nutq tufayli keyin xijolat chekib yurmagin, deb
so‘zlovchini ogohlantiradi:
Uquv so‘zla, so‘zni eva so‘zlama,
So‘zing kizla, keyin, boshing kizlama.
(So‘zni uqib so‘zla, shoshib gapirma, keraksiz, yaramas so‘zlarni
yashir, yaramas gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma.)
Nutq odobi deb yuritilgan qoida va ko‘rsatmalarda sodda va o‘rinli
gapirish, qisqa va mazmundor so‘zlash, ezmalik laqmalikni qoralash,
keksalar, ustozlar oldida nutq odobini saqlash, to‘g‘ri, rost va dadil gapi-
rish, yolg‘onchilik, tilyog‘lamalikni qoralash va boshqa qonuniyatlar
to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Buyuk alloma
Abdurahmon Jomiy
o‘z adabiy merosida so‘z va nutq-
ning qudrati naqadar ulug‘ligini, tildek insonga chiroyli libos kiydirguvchi
vosita hech qayerda bo‘lmasligini bayon etgan:
Tildagi ketma-ket xatoga hayhot,
Chiroyli kiyimlar berolmas najot.
So‘zni kiyimingdek bekamu ko‘st qil,
Yoki kiyimingni so‘zingga rost qil.
Mutafakkir
Alisher Navoiy
davlat arbobi sifatida, o‘zbek mumtoz
adabiy tilining homiysi bo‘lgan buyuk shoirdir. Alisher Navoiy turkiy
tilda go‘zal nutq
tuzishning bayroqdori sifatida, o‘zining butun ijodiy
merosi bilan o‘zbek tili boyliklarini namoyon etdi. Navoiy o‘zbek adabiy
tilida buyuk asarlar yaratish mumkinligini va shu bilan o‘zbek xalqini
butun jahonga mashhur qilishni isbotlab berdi. Shoir o‘zining “Muho-
kamatul-lug‘atayn” asarida har bir tilning ijobiy va salbiy tomonlari bor-
ligini eslatib o‘tadi.
Alisher Navoiyning “Muhokamatul-lug‘atayn”, “Mah-
bub-ul-qulub”, “Nazmul-javohir” asarlari o‘zbek tilida nutq tuzishning
go‘zal namunalari bo‘lishi bilan birga, uning yuksalishiga ham katta
hissa qo‘shdi. U o‘zining “Mahbub-ul-qulub” asarida shunday yozadi:
“Til muncha sharaf birla nutqning holatidir va ham nutedurki, agar
nopisand zohir bo‘lsak, boshning ofatidir...”
ya’ni, til shuncha sharafi
bilan nutqning qurolidir, agar u o‘rinsiz ishlatilsa boshning ofatidir.
Navoiy ta’limi bo‘yicha so‘z:
185
Har kimki chuchuk so‘z elga izhor aylar,
Har neki ag‘yor durur yor aylar.
So‘z qattig‘i el ko‘ngliga ozor aylar,
Yumshog‘i ko‘ngillarni giriftor aylar.
Xullas, Sharq mutafakkirlari, so‘z va nutqning inson hayotidagi o‘r-
ni, vazni va qadr qimmatiga jiddiy ahamiyat berganlar. Ular har bir so‘z-
ning nutqda o‘z o‘rni va ahamiyati borligini, nutqni qudratli qiluvchi
so‘zdan kuchliroq va buyukroq narsa yo‘qligini, tilga e’tibor – elga e’ti-
bor ekanligini, so‘z sehri ila odamzod mo‘’jizalar
yarata olishini doimo
ta’kidlab, isbotlab kelganlar. So‘z orqali nutq va fikr oydinlashadi. O‘qi-
tuvchi ta’lim-tarbiyasining samaradorligi so‘z boyligi bilan belgilanadi.
Demak, “So‘z tuzadi, so‘z buzadi, olqish ham so‘zdan, qarg‘ish ham so‘z-
dan, omonlik ham, yomonlik ham so‘z bilan, borliq ham, yo‘qlik ham
so‘zdan, olamning yaralishi va gullab-yashnashi ham so‘zdan, yo‘q bo‘li-
shi ham so‘zdan”
(R. Jumaniyozov).
Dostları ilə paylaş: