O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   284
Diapazon - 
tovushning hajmi bo‘lib, uning chegarasi eng yuqori va 
quyi ohanglar bilan belgilanadi. Diapazonning qisqarishi nutqni bir xil 
ohangda zerikarli bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. O‘qituvchining bir 
ohangda gapirishi, tinglovchilar tomonidan axborotni idrok qilishni 
pasaytiradi va ularni zeriktirishi mumkin.
Tembr – 
tovushning rang-barangligi, yorqinligi hamda yumshoq-
ligini namoyon qilib, shu bilan birga o‘qituvchi nutqining chiroyli, ma-
yin, jozibali, o‘ziga hosligini ta’minlaydi. Ba’zilar tovush va uning 
tembri tug‘ma deb bilishadi. Lekin xozirgi eksperimental fiziologiya 
tovushni to‘liq qayta qurish mumkinligini isbotlab bergan.
O‘qituvchida kasbiy kasallik kelib chiqmasligi uchun, tovush gigiye-
nasiga amal qilish kerak. O‘qituvchi ish vaqtining 50 foizi davomida 


199 
gapirib turadi. O‘qituvchi ish vaqti tugagach, 2-3 soat davomida uzoq 
vaqt kishilar bilan so‘zlashishdan qochishi talab qilinadi. Zapyp bo‘lib 
qolsa qisqa va sekin gapirishi kerak.
Dars jadvali qo‘yilishida shunga e’tibor berish kerak. 3-4 soat 
darsdan co‘ng nutq apparati charchaydi, shundan so‘ng 1 soat tovush dam 
olishi kerak. Tajribali, ko‘p yillar ishlagan o‘qituvchi 2-3 soatda char-
chaydi va 2 soat dam olishi kerak. Yuqori nafas yo‘llari, asab tizimlari, 
ovqatlanish rejimiga e’tibor berish kerak.
O‘qituvchi
 
nutqining tezligi, individual sifatiga, uning nutq mazmuni 
va muloqot holatiga bog‘liq. Turli millatlarda nutq tempi turlicha bo‘ladi. 
Chunonchi, rus tilida minutiga 120 ta so‘z atrofida, ingliz tilida 120-150 
ta so‘zgacha. Tadqiqotlarga ko‘ra 5-6 sinflarda o‘qituvchi minutiga 60 ta 
so‘z, 9 - 11 sinflarda 75 tagacha so‘z gapirishi to‘g‘ri bo‘ladi.
Materialning murakkab qismini o‘qituvchi past tempda, keyin esa 
tezroq gapirishi kerak. Mavzuga oid qoidalar va qonuniyatlar aytilganda, 
xulosa qilinganda nutq sekinlashadi.
Diksiya - 
aniq talaffuz qilish. Talaffuzning aniqligi o‘qituvchi uchun 
professional zarurat bo‘lib, o‘qituvchi nutqini talabalar tomonidan to‘g‘ri 
tushunilishini ta’minlaydi. Talaffuzning aniqligi aytilayotgan so‘z, bo‘-
g‘in va tovushlarning qat’iy aniqligidir. U nutq apparati barcha a’zolarini 
(lablar, jag‘, tishlar, yumshoq va qattiq tanglay, kichik til, kekirdak, to-
moq orqa devori, tovush naychalari) birgalikda ishlashiga bog‘likdir. Til, 
lablar, yumshoq tanglay, kichik til va pastki jag‘ nutqda faol ishtirok eta-
di. Shuning uchun ham ularni mashq qildirish muhim ahamiyatga egadir. 
Artikulyatsiya
– aniq talaffuz qilishni takomillashtirish, ya’ni arti-
kulyatsiya – nutq organlarini harakatlantirish orqali vujudga keltiriladi. 
Artikulyatsiya gimnastikasi ikki turga bo‘linadi. Birinchisi nutq appara-
tining dastlabki mashqlari va ikkinchisi har bir unli va undosh tovush-
larni to‘g‘ri aytishga o‘rgatuvchi mashqlar (ifodali o‘qish, tez aytishlar). 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin