O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   284
Yuqori nafas olish 
– elkalarni ko‘tarilib tushishi va ko‘krak qafasi-
ning yuqori qismi ishtirokida hosil qilinadi. Bu bo‘sh, yuzaki nafas olish 
bo‘lib, unda faqat o‘pkaning yuqori qismi ishtirok etadi. Ko‘krak qafas 
bilan yuqori nafas olish qovurg‘alar o‘rtasidagi mushaklar yordamida ho-
sil qilinadi. Bunda ko‘proq nafasning ko‘ndalang hajmi o‘zgaradi. Diaf-
ragma kam harakat qiladi. Shuning uchun ham nafas chiqarish kuchsiz 
bo‘ladi. 
Diafragma
 
ishtirokida
nafas olish
– ko‘krak qafasning bo‘ylama 
hajmini ortishi hisobiga vujudga keladi. Bunda diafragma qisqaradi. 


201 
Diafragmaning qisqarishi, qovurg‘achalar oralig‘idagi nafas mushaklari 
hamda qorin mushaklari ishtirokida vujudga keladi. 
Nutqiy nafas
olish organizm uchun muhim hayotiy manba bo‘lishi 
bilan birga u nutqning energiya bazasi sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. 
Nutqiy nafas olish 
fonotsional
nafas ham deyiladi (fono-tovush).
Dialogik nafas olish 
kundalik hayotda nutqimiz 
dialogik
tarzda 
bo‘lib, bunda nafas olish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Lekin darsda o‘qituv-
chi ko‘p gapirgan, ma’ruza o‘qigan vaqtlarida o‘zgarmagan nafas, mashq 
qilinmasa qiyinchilik tug‘diradi: yuz qizarib ketishi, nafasni tez-tez olish 
holati paydo bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ri nafas olish jarayonida qaysi muskullar ishtirok etishiga qa-
rab, nafas olishning quyidagi 
funksiyalari
ajratiladi:
1. Elka va ko‘krak qafasining yuqori qismini ko‘taruvchi muskullar 
ishtirokida nafas olishda kuchsiz nafas olinib, o‘pkaning faqat yuqori qis-
mi faol ishlaydi.
2. Ko‘krak orqali nafas olishni qovurg‘alar orasidagi muskullar amalga 
oshiradi, diafragma kam harakatda bo‘lib, nafas chiqarish kuchsiz bo‘ladi.
3. Diafragmali nafas olish ko‘krak hajmining o‘zgarishi, diafragma 
qisqarishi hisobiga harakatlanadi.
4. Diafragma va qovurg‘a orqali nafas olishda – diafragmaning har 
tomonlama hajmi o‘zgarishi, qovurg‘alar orasidagi va qorindagi nafas 
muskullari ham qatnashadi. Shu nafas to‘g‘ri bo‘lib, bu nutqiy nafas 
uchun asos bo‘lib hisoblanadi.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin