Nutqimiz ko’rki. Iboralar va ularning turlari



Yüklə 4,43 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü4,43 Kb.
#123104
Nutqimiz ko’rki. Iboralar va ularning turlari-fayllar.org


Nutqimiz ko’rki. Iboralar va ularning turlari

NUTQIMIZ KO’RKI. IBORALAR VA ULARNING TURLARI

Nutq uchun xomashyo vazifasini til boyligi oʼtaydi. Nutq jarayonida biz tilning lugat tarkibidagi, gramma- tik qurilishidagi elementlardan va shularnl oʼzaro biriktirish, bog’lash qoidalaridan foydalanib birikma va gap hosil dilamxgz. Bunday elementlarga tilbirliklari deyiladi.

Tilning lug’at sostavi deganda soʼzlarni tushunish qadimdan mavjud. Xozirgi tilshunoslik lugʼat sostavida, soʼz bilan bir qatorda, bundan yirikroq, murakkabrok hodisa — i b o r a — ham borligini tan oladi. Demak, lug’aviy birliklar ikki xil:

1) soʼz , buni leksik birlik deb yuritadilar,

2) Ibora , buni frazeologik birlik deb yuritadilar.

Nutqimiz koʼrki deb lug’at sostavidagi ana shu ikkinchi qatlamni — frazeologik boylikni — atadik.

Iboraning ko’zga tashlanuvchi belgisi uning bittadan ortiq so’zdan (negizdan) tarkib topganligidir

Iboralar tilning eng muhim tasviriy-uslubiy vosita laridan biridir. Ular nutq uslublarida turli xil vazifalarni bajaradi. Xususan, ilmiy va rasmiy uslublarda ko‘pincha muayyan tushunchalarni nomlash uchun qo‘llanadi. Masalan, qo‘l qo‘ymoq, xulosaga kelmoq, qarshi chiqmoq, ovoz bermoq, qo‘l ko‘tarmoq kabi iboralar bunga misol bo‘la oladi.

Iboralarning aksariyati obrazli tafakkur mahsuli bo‘lib, kuchli ko‘chma ma’no ifodasi bilan, yorqin emotsional-ekspressivligi bilan tilda yashaydi. Masalan: tomdan tarasha tushganday, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq, oyog‘ini qo‘liga olmoq, o‘pkasini qo‘ltiqlamoq, chumchuq pir etsa, yuragi shir etmoq, qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarmoq kabi. Badiiy va publitsistik, shuningdek, so‘zlashuv uslublarida iboralar xilma-xil tasviriy-uslubiy vazifalarni bajaradi, bunga iboralardagi mavjud rang-barang uslubiy bo‘yoq imkoniyat yaratadi.

Ibora va uning negizi haqida fikr yuritishdan avval so’z va uning negizi tushunchalariga aniqlik kiritaylik chunki iboradagi bu hodisa so’zga qiyoslangandagina o’rganish mumkin.

So’zsiz gap yoq. Demak, gap eng kam bitta so’zdan iborat buladi. Gapning belgi xususyatlarini bunday soz nutqda kashf etadi. Gap vazifasidagina emas, biror bulak vasifasida kelganida xam so’z gramatik shakllanish nutq jarayonida sodir bo’ladi. Ko’rinadiki, so’z deb to’liq gramatik shakllangan va nutqda biror sintaktik bo’lak vazifasida kelgan xodisani tushunar ekanmiz. Shundan kelib chiqib so’zni til birligi deb emas, nutq birligi deb baholash tug’ri.

Masalan, buzaman buzishini – shu so’zning Grammatik shakllanishlaridan ikkitasi deymiz . “Shu so’zning Grammatik shakllaridan”deyish xato bular edi, chunki bu ikki shakllanish shu so’zgagina xos emas, balki shu turkumdagi yuzlab minglab so’zlarga xos . Xatto “shu sozning Grammatik shakllanishi “ deb yuritishning o’zi ham yanglish chunki so’z deganda to’liq Grammatik shakllangan xolat tushiniladi. Demak, Grammatik shakllanish so’zga emas, balki Grammatik shakllanishi bilan so’z holatiga o’tuvchi xodisaga xos. So’zdagi ana shunday qism tilshunoslikka negiz deb nom olgan .

1. Bu ishni kim qilsa-da, o‘ziga to‘q odam qilibdi! Qo‘li uzun odam qilibdi! (Tog‘ay Murod) 2. Uylanay desa, ba’zilarining qo‘li kalta: otaona qari, chimildiq osguncha, ularni boqib turish kerak. (Erkin A’zam) 37 3. Endi mulla Faz liddin bo‘yni yo‘g‘on beklardan ko‘rgan yomonliklarini aytib bersa, Bobur uni himoyasiz tashlab qo‘ymasligi kerak. (P. Qo di rov) 4. Miryoqub bo‘lsa, nima deyishga hayron bo‘lib, boshi qotib o‘tirardi. (Cho‘lpon) 5. Nilufar miyasi g‘ovlab ketayotganini sezib, sanchib og‘rigan chakka tomirlarini siladi, bir nuqtaga tikilib, uzoq o‘tirdi. (O. Yoqubov) 6. Bu ikkala qarindoshim bir-biriga joni achiydigan, bu qadar mehrli ekan-u, men nima xayollarga borib yuribman! (Murod Mansur) 7. Sur’atga odamning ichi achiydi, har holda do‘stimiz, hamshahrimiz. (Erkin A’zam) 8. Ikki g‘arib bir yoqadan bosh chiqargan edik. (Oybek) 9. Nega qo‘llamaylik, nega bir jon-bir tan bo‘lmaylik?! (Murod Mansur)



http://fayllar.org
Yüklə 4,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin