O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Bo‘lajak o‘qituvchi o‘z nutqini takomillashtirishi



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   284
Bo‘lajak o‘qituvchi o‘z nutqini takomillashtirishi 
uchun ta’lim va 
tarbiya jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga doimiy amal qilib borishi lozim:
- o‘zbek adabiy tili qonuniyatlari va normalarini mukammal bilishi; 
- o‘z-o‘zini va nutqiy faoliyatini muntazam nazorat qilishi;
- o‘zining nutqiy madaniyatini doimiy rivojlantirib borishi;
- nutqiy muloqotnint barcha holatlarida adabiy nutq qoidalarini
egallash uchun o‘ziga sharoit yaratishi.
O‘z-o‘zini nazorat va ifodali nutq malakalarini rivojlantirish uchun 
o‘qituvchi o‘z nutqiy faoliyatini kuzatishi, u jonli, xilma-xil, hissiy bo‘-
yoqlimi yoki bir xil monotonlimi, bilib borishi lozim.
Nutqingizni tayyorlash va mashq qilish jarayonida o‘zingiz mustaqil 
ravishda quyidagi savollarga javob toping:
Tinglovchilarda qanday fikr uyg‘otmoqchiman?
Auditoriyada ijobiy muhitni qanday kayfiyat asosida yaratmoq-
chiman? 


202 
Nutq mazmuni va sharoiti qanday intonatsiya va ritmni talab etadi?
Har qanday ta’lim-tarbiyaviy mashg‘ulot oldidan bir necha bor o‘z 
nutqingizni yozib olib (audiodisk, diktofon) tinglang va xatolaringizni 
tuzatishga harakat qiling, nutqingizni qaytarib mashq qiling. Nutqingizni 
rang-barang badiiy-adabiy so‘zlar bilan boyiting. O‘z taassurotlaringizni 
qo‘shgan holda boyitib, to‘ldirib boring. O‘qituvchi nutqining mukam-
malligi, tozaligi, ta’sirchanligi bilan o‘quvchilar e’tiborini jalb qiladi, ular 
qalbiga yo‘l topadi, hech qanday qiyinchiliksiz kasbiy pedagogik faoli-
yatida duch keladigan barcha ziddiyatlarni bartaraf etadi. Natijada o‘qi-
tuvchi pedagogik faoliyatda aslo toliqmaydi, asab tizimi doimo sog‘lom 
bo‘ladi.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar 
 
1. Notiqlik san’atining paydo bo‘lishi tarixi? 
2. Sharq mutafakkirlarining notiqlik san’ati haqidagi fikrlari? 
3.
Nutq texnikasida nutqning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? 
4. Nutqning to‘g‘riligi va ravonligi, aniqligi va ta’sirchanligiga 
ta’rif bering? 
5. Nutqning mantiqiyligi deganda nimani tushunasiz? 
6. Til va nutq bir–biridan qanday farqlanadi: ularning qiyosiy tahlili? 
7. O‘qituvchi nutqiy faoliyatining komponentlari nima, ularni 
izohlang? 
8. O‘qituvchining nutq madaniyatini rivojlantirish vositalari? 
9. Nutning ta’sirchanligi va ifodaliligi qanday namoyon bo‘lishini 
ta’riflab bering? 
10. Tajribali o‘qituvchi nutqida namoyon bo‘luvchi holatlar? 
11. O‘qituvchi nutqining funksiyalarini izohlab bering? 
12. Bo‘lajak o‘qituvchi nutqiy faoliyatini qanday takomillashtirishi 
mumkin? 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin