O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   284
TIL VA NUTQNING QIYOSIY TAHLILI: 
Tilning imkoniyatlari: 
Nutqning imkoniyatlari: 
1.
Til aloqa materiali.
Nutq aloqa shaklidir. 
2.
Tilni xalq yaratadi. 
Nutqni har bir shaxs yaratadi. 
3.
Tilning hayoti qadim xalq hayoti 
bilan bog‘liq. 
Nutqning hayoti esa qisqa bo‘lib, 
u aytilgan paytdagina mavjud. 
4.
Ayrim shaxslar ayni zamonda bir 
nechta tilni bilishi mumkin. 
Ayrim shaxsning nutqi ayni 
zamonda faqat bitta bo‘ladi, 
chunki u ma’lum vaqtda va 
ma’lum o‘rinda yuz beradi. 
5.
Tilning hajmi noaniqdir. 
Nutqning hajmi esa aniq. 
6.
Til – turg‘un statik hodisa. 
Nutq harakatda bo‘luvchi, 
dinamik hodisa. 
15-chizma 
 
Til xatosida so‘zning ma’nosi keskin buzilishi mumkin (Masalan: 
sof-sop, tif-tip, fan-pan, dil-til, nufuz-nufus, servis-serviz, xo‘p-xo‘b).
Nutq xatosidagi buzilishlar ko‘pincha faqat akustik tomondan 
o‘zgaradi (fikr-pikr, fabrika-pabrika, safar-sapar kabilar).
Til va nutq hodisalarining qonun-qoidalarini mukammal bilish, uning 
qoidalariga doimo rioya qilish, obyektiv sharoitda tinimsiz mashg‘ulotlar 
olib borish – o‘qituvchining til sofligi, nutq madaniyati va odobi masa-
lalariga oqilona yondashishiga olib keladi. 
 
10. 4. O‘qituvchining nutq madaniyati va notiqlik san’ati 
Nutq madaniyati ─ ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati mada-
niyatini aks ettiruvchi bir ko‘zgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har 


190 
ikki shakli ─ yozma va og‘zaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga 
e’tibor yolg‘iz o‘qituvchilardan emas, balki har bir fuqarodan ongli 
ravishda o‘zlashtirish talab qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir. Uni 
egallash har bir o‘qituvchining va shaxsning madaniy saviyasi va bili-
miga bog‘liq. O‘qituvchi pedagogik mahoratida nutq madaniyati, uning 
nafaqat ma’naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini, tafak-
kurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada yuritishini belgilovchi 
me’yordir. O‘qituvchining nutq madaniyati birdaniga shakllanib maro-
miga yetadigan jarayon emas, u pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati 
davomida, tajribali ustozlar o‘giti natijasida yillar davomida takomil-
lashib, sayqallanib boraveradi. O‘qituvchining nutqiy qobiliyati madaniy, 
kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni rivojlantirish 
faqat o‘qituvchining shijoatiga bog‘liq. Shu qobiliyat tufayli o‘qituv-
chining nutq madaniyati ham shakllanib boradi. Quyidagi o‘qituvchining 
nutq madaniyatiga xos bo‘lgan vositalarni unutmasligi kerak: 
1. Nutq madaniyati o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy kamoloti tar-
kibiy qismidir. Zero nutq, millatimiz erishgan madaniyat darajasini ko‘r-
satuvchi, o‘z ona tilimizga e’tiqodni namoyish etuvchi yorqin va ishonch-
li dalildir. 
2. Nutq madaniyati o‘qituvchilarni ma’naviy va madaniy saviyasi 
bilan hamda adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa kasb egalaridan 
ma’lum ma’noda ajratib turadi. 
3. Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi bo‘lgan 
barkamol avlodni qanday kasb egasi bo‘lib yetishishidan qat’iy nazar 
ma’naviy jihatdan tarbiyalash. 
4. Nutq madaniyati ─ bu, avvalo, o‘qituvchilarda nutqiy ko‘nikma va 
nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu ko‘nikma pedagogik faoliyatda 
takomillashib boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka 
oshiriladi hamda erishilgan muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat 
shakllanadi. 
5. Nutq madaniyatiga o‘zbek adabiy tilini mukammal egallash aso-
sida erishiladi. Buning uchun o‘qituvchi adabiy til qonuniyatlarini bilishi, 
badiiy adabiyot asarlarini doimiy o‘qib borishi, she’rlar yod olishi va uni 
deklamatsiya bilan o‘qiy olishi, radio va televideniye eshittirishlarini 
kuzatib borishi lozim. 
6. Nutq madaniyatini egallashning yana bir ko‘rinishi nutqiy taqlid 
bo‘lib, yosh o‘qituvchilar o‘zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma’noli va 


191 
ta’sirchan nutq so‘zlaydigan ustoz murabbiylarning nutqiy san’atiga ha-
vas bilan qarashi va taqlid qilishi asosida o‘rganishi mumkin.
Nutq madaniyatining va notiqlik san’atiga umumiy, o‘xshash tomon-
lari bor. Har ikkala soha til va nutq, inson nutqi bilan aloqadordir. Har 
ikkalasi o‘qituvchi nutqiy faoliyatining ta’sirchan, chiroyli bo‘lishi uchun 
zarur hodisa bo‘lib, uning nutqiy madaniyatini o‘stirishga xizmat qiladi. 
Nutq madaniyati ham, notiqlik san’ati kabi nutqning ma’noliligi, nutqiy 
go‘zallik, nutqiy mantiq qonuniyatlaridan oziqlanadi. 
 
Ba’zi shaxslarda uchraydigan notiqlik san’ati og‘zaki nutq sohasida 
shaxsiy qobiliyat va faoliyat tufayli erishiluvchi alohida san’atdir. 
Nutq madaniyati va notiqlik tushunchalari orasida ba’zi o‘xshashlik, 
umumiy tomonlar bor. Bu har ikkala sohaning pirovard maqsadi, ish 
faoliyatining mushtarakligida ko‘rinadi. Ammo shunga qaramasdan, nutq 
madaniyati tushunchasi bilan notiqlik tushunchasi aynan bir xil narsa 
emas. O‘qituvchi nutq madaniyati va notiqlik orasidagi ba’zi muhim 
farqli tomonlarni va belgilarni bilishi lozim. Bular quyidagilar:
1. Nutq madaniyati, chinakam ma’noda adabiy til bilan bog‘liq hodi-
sadir. Uning paydo bo‘lishi, lisoniy asosi, talab va mezonlari adabiy til va 
uning normalari bilan bog‘liq. Notiqlik san’ati uchun bular asosiy 
belgilar emas. Notiqlar orasida adabiy til talablariga to‘la amal qilmay-
diganlar, ma’lum vaqtgacha, shevada ham chinakam notiqlik san’atini 
namoyish qilib kishilar qalbiga qizg‘in ta’sir qiluvchi kishilar uchraydi. 
So‘zga chechanlik, notiqlik, til materialining xarakteriga qarab emas, 
balki, notiqning chinakam so‘z ustasi ekanligiga, tinglovchilarni o‘ziga 
jalb etishida, ta’sirchan nutqiy san’atiga qarab belgilanadi.
2. Notiqlik – bu nutqning og‘zaki shakli. Notiqlik san’ati og‘zaki 
nutq san’atidir. Nutq madaniyati esa nutqning ham og‘zaki, ham yozma 
shakli uchun taalluqli bo‘lgan tushunchalardir.
3. Nutq madaniyati jamiyat a’zolarining umumiy nutqiy faoliyatini 
nazarda tutadi. Nutq madaniyati sohasining maqsadi va pirovard orzusi 
yosh avlod nutqini madaniylashtirishni mo‘ljallaydi. Chin ma’nodagi notiq-
lik san’ati esa, alohida shaxslarning nutqiy mahoratini va san’atini ifo-
dalaydi. Notiqlik, asosan nutq vositasida o‘qituvchilar jamiyat talablari 
asosida yosh avlodga muayyan ta’lim va tarbiya beradi, yuqori malakali, 
raqobatbardosh, o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlaydi.
4. San’atkor notiq nutqi, asosan, ko‘pchilik tinglovchilarga, keng 
auditoriyalarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Notiqni bir kishidan ortiq shaxslar 
tinglaydi. Nutq madaniyati mana shunday tinglovchilardan tashqari 


192 
kishilar orasida odatiy suhbatlarni, yakka kishiga qaratilgan nutqlarni 
ham o‘z ichiga qamrab oladi.
5. O‘qituvchilar adabiy tilning keng imkoniyatlari va boyliklarini 
yaxshi egallagan, nutq madaniyati talablariga javob beradigan tajribali 
notiq bo‘lishi mumkin. Biroq hamma o‘qituvchi ham san’atkor ma’no-
sidagi mukammal notiq bo‘la olmaydi. Lekin adabiy tildan foydalanuvchi 
har bir o‘qituvchi nutq madaniyatidan xabardor bo‘lishi shart. 
6. Nutq madaniyati ko‘pchilikka mo‘ljallangan, ma’lum bir maq-
sadni ko‘zda tutib ish ko‘ruvchi soha. Bu ma’noda u keng omma uchun 
mo‘ljallangan talabdir, ammo notiqlik – shaxsiy qobiliyatdir. 
7. Nutq madaniyati – bu faqat nutq haqidagi nutqiy faoliyatga tegi-
shli tushuncha va soha emas, u til madaniyati bilan ham, ya’ni adabiy 
tilni va uning normalarini o‘rganish va bu normalarni qayta ishlash ishi 
bilan ham shug‘ullanadi. Notiqlik san’ati esa bunday ilmiy – normativ 
faoliyatni ko‘zda tutmaydi.
8. Notiqlik, ko‘proq nutqning mazmunini, mantiqiy asoslarini, mun-
darijaviy tuzilishini e’tiborga oladi, nutq madaniyati esa, nutqning til 
qurilishi – lisoniy tuzilishiga e’tibor qiladi.
9. Notiqlik san’ati notiq uchun oldindan qanday so‘zlash tizimi va 
rejasini bermaydi. Nutq madaniyati sohasi esa jamiyat a’zolarini ona tili, 
ya’ni adabiy til boyliklari va vositalaridan maqsadga muvofiq sharoit va 
uslub taqozasi talabiga ko‘ra o‘rinli foydalana olish ko‘nikmasini beradi. 
Bunday ko‘nikma, aslida har qanday san’atkor notiq uchun ham zarur.
10. Notiqlik san’ati haqidagi fan ancha qadimiy tarixga ega, nutq 
madaniyati ilmiy muammo va ilmiy soha sifatida muntazam yangilanib 
boradi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin