O‘qituvchi nutqining ta’sirchanligi va ifodaliligi.
O‘qituvchi nutqi-
ning ta’sirchanligi nutqning asosiy sifatlaridan biri sanaladi va nutqdagi
to‘g‘rilik va aniqlik, mantiqiylik va tozalik tinglovchiga ta’sir etish uchun
yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan, o‘qituvchining og‘zaki nutq
jarayoni nazarda tutiladi va o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishida pay-
do bo‘ladigan ruhiy vaziyat e’tiborga olinadi. Ya’ni notiq-o‘qituvchi
o‘quvchilarni hisobga olishi, ularning bilim darajasidan tortib, hatto yosh
xususiyatlarigacha, nutq ijro etilayotgan paytdagi kayfiyatlarigacha ku-
zatib turishi, o‘z nutqining o‘quvchilar tomonidan qanday qabul qilina-
yotganini nazorat qilishi lozim. Professional bilimga ega bo‘lgan o‘qituv-
chilar jo‘n, sodda tilda gapirishlari maqsadga muvofiq emas, oddiy,
193
yetarli darajada notiqlik ma’lumotiga ega bo‘lmagan yosh o‘qituvchilar
ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga harakat qilishlari kerak emas.
Xullas, notiq–o‘qituvchidan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi va
ifodalamoqchi bo‘lgan har qanday fikrini to‘laligicha o‘quvchilarga
yetkazishga harakat qilish vazifa qilib qo‘yiladi.
O‘quvchilar tushuna oladigan tilda gapirish, ularni ishontira olish
o‘qituvchi oldiga qo‘yiladigan asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Buning
uchun esa, o‘qituvchida yuqorida aytilganidek, mavzuni yaxshi bilishdan
tashqari, uni bayon etishning aniq belgilangan rejasi bo‘lishi kerak.
Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda tuzib, ularni o‘zaro
bog‘lab, o‘quvchilarni avvalo nutq rejasi bilan tanishtirib, so‘zni boshlash
lozim. Vaqtni hisobga olish, notiqlik fazilatlaridan biridir. Chunki so‘z-
lash muddati oldin e’lon qilinib, shunga rioya qilinsa, agar iloji bo‘lsa, sal
oldinroq tugatilsa, o‘quvchilar zerikishmaydi.
Nutqning ta’sirchanligi va ifodaliligi haqidagi gap ma’lum ma’noda
nutq sifatlari haqida aytilgan gaplarga yakun yasashdir. Chunki yaxshi
nutqning fazilatlarini ko‘rsatib o‘tish, nutqda uchraydigan ayrim tipik
xatoliklarni tahlil qilish, pirovard natijada ta’sirchan bir nutqni shakllan-
tirishga xizmat qiladi. Nutqdagi fikrlarni o‘quvchilarga mazmunli yetka-
zishning xilma-xil yo‘llari va vositalari mavjud. Ularni yordamchi vosita-
lar deb ham atash mumkin. Masalan, yumor yoki biror hikoyatni olaylik.
Nutqdagi uzluksiz ilmiy-ommabop fikr oqimi, uning bir maromda bayon
qilinishi o‘quvchini ham, har qanday tinglovchini ham zeriktirib qo‘yishi
mumkin. Shunday paytda, yumor, hikoyat, qiziqarli voqealar haqida ga-
pirish o‘qituvchiga juda qo‘l keladi. Yumorning nutq mazmuniga mos
holda keltirilishi yana ham yaxshidir. Shunday qilinsa, o‘quvchi ham dam
oladi, ham o‘rganilayotgan mavzuga nisbatan qiziqish paydo bo‘ladi.
Nutqda mavzu doirasida ba’zi fikr va mulohazalarni keltirish ham
maqsadga muvofiqdir. Bunday fikrlar notiq fikrining to‘g‘riligini, haq-
qoniy ekanligini isbotlash uchun foydalaniladi, faqat ulardan foyda-
lanishni suiste’mol qilmaslik kerak. Badiiy adabiyot namunalaridan,
hikmatli so‘zlardan, tildagi ifoda – tasvir vositalaridan nutqda o‘rni bilan
foydalanish ham ijobiy natijalarga erishishni ta’minlaydi.
Nutqning o‘quvchilarga qanday ta’sir qilishida va ularda qanday
taassurot qoldirishida o‘qituvchining nutqiy jarayon davomida o‘zini
qanday tuta bili shi, imo-ishoralari, hatto kiyinishi kabi omillarning ham
o‘rni bor. Samimiylik, xushmuomalalik, odoblilik, o‘quvchilarga hurmat
bilan qarash kabi fazilatlar nutqning o‘quvchilar tomonidan e’tibor bilan
tinglanishiga sabab bo‘ladi.
194
Mukammal notiqlik san’atiga ega bo‘lish
– o‘qituvchilar uchun
ulkan mehnat talab qiladigan murakkab jarayondir. Nutqning o‘tkirligi,
yorqinligi va originalligi tinglovchi va o‘quvchilarda his-tuyg‘u va qizi-
qish uyg‘otishi, uning e’tiborini qaratishi, aytilayotgan narsaning mazmu-
nini yaxshilab yetkazish uchun zarurdir.
Demak, nutq aniq va ravon bo‘lishi, grammatik jihatdan to‘g‘ri
tuzilgan bo‘lishi, adabiy talaffuz qoidalariga bo‘ysunishi, boshlanishidan
oxirigacha izchil bayon qilinishi lozim. Ana shunday nutq asosida o‘rga-
nilayotgan bilim o‘quvchi xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Shunday
nutq madaniy nutq talablariga javob beradi. Buning uchun o‘qituv-
chilardan tinimsiz izlanish va o‘z ustida ishlash, filologik bilim va
muttasil nutqiy mashq qilish talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |