Monologik nutqning keng tarqalgan
shakllari hikoya, maktab ma’ruzasi, sharhlash kabilardir. Dialogik nutq
turlari suhbat, savol - javob shaklida bo‘ladi.
196
Pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli olib borish uchun, o‘qituv-
chining nutqi ma’lum talablarga javob berishi, ya’ni notiqlik mahoratini
shakllantirish uchun lozim bo‘lgan kommunikativ sifatlarga javob berishi
hamda nutqi bir nechta adabiy normalarga mos kelishi lozim: chunonchi,
zamonaviy normalarga, ifodali, adabiy til normalariga.
Pedagogik nutqning to‘g‘rilik, aniqlik, moslik, leksik boylik, ifoda-
lilik va tozalik kabi kommunikativ sifatlari o‘qituvchi nutqining mada-
niyatini belgilaydi.
Maqsadga muvofiq keladigan pedagogik nutq texnikasi o‘zining
mantiqiyligi, ishonchliligi, kuzatuvchanligi bilan bir nechta funksiyalarni
bajaradi:
O‘qituvchi nutqining birinchi funksiyasi
– o‘rganilayotgan bilimlarni
to‘liq holda berilishini ta’minlashdan iboratdir. O‘qituvchi nutqining
kommunikativ o‘ziga xosligi bilan bilimni o‘quvchilar tomonidan qabul
qilinishi va esda qolishi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa mavjud. Nutq
buni ta’minlashi yoki qiyinlashtirishi mumkin.
O‘qituvchining nutqi faqat axborot berib qolmay, o‘quvchining ongi,
sezgisiga ta’sir qilishi, ularning fikrlash faoliyatiga jadallashtirishi kerak.
O‘qituvchi nutqining ikkinchi funksiyasi,
o‘quvchining o‘quv faoli-
yati jarayonida o‘qituvchi nutqi asosida, darsda o‘rganilayotgan bilim-
larni samarali o‘zlashtirilishini ta’minlashdan iborat.
O‘quvchilar, o‘qituvchi nutqini eshita turib qator operatsiyalarni ba-
jaradi: berilayotgan axborotni ko‘rgazmali shaklda aniqlashtiradi, o‘zi-
dagi bilim bilan unga nisbatan munosabat bildiradi, eslab qoladi, nutq
mantiqini, fikrlar rivojini kuzatib boradi.
Ovoz tonining balandligi, tovushning yuqoriligi, bir xilda gapirish
o‘quvchilarni charchatadi. O‘quv – biluv jarayonining samarali bo‘lishiga
darsda o‘qituvchilar tomonidan tanlangan kommunikativ xulq uslubi ham
ta’sir qiladi. o‘qituvchi ko‘pincha "ovozingni o‘chir", "jim o‘tir", "bo-
shingni ko‘tarib o‘tir", "mashqni tugat", "kitobni yop" kabi norozilikni
bildiruvchi so‘zlarni ishlatadi, yoki o‘quvchining mavzu bo‘yicha javo-
bini bo‘ladi, "hap doimgidek hech narsa bilmaysan", "sen bu mavzuni
qayerdan ham tushunarding" kabi pedagogik taktga xos bo‘lmagan so‘z-
larni ishlatadi. Bu holat o‘qituvchi bilan o‘quvchi orasidagi munosabat-
ning keskin buzilishiga, o‘quvchilarning darsda faolligini pasayishiga
olib keladi.
O‘qituvchi nutqining uchinchi funksiyasi
– o‘qituvchi bilan o‘quvchilar
o‘rtasidagi mahsuldor o‘zaro munosabatni to‘g‘ri ta’minlashdan iborat.
197
O‘qituvchining nutq texnikasi – o‘qituvchi va o‘quvchilar
munosabatini boshqarish rolini ham bajaradi. Bu erda hamma narsa
ahamiyatli:
o‘qituvchining o‘quvchilapra qanday murojaat qilishi,
salomlashishi, talablarni qanday qo‘yishi, qanday ogohlantirishi,
xohishini qanday bayon qilishi; nutqining jozibadorligi, chehradagi
ifoda, qarashi ham o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatadi.
Darsdan tashqari
muloqotda bularning ahamiyati yanada ulkan. O‘qituvchining individual
muloqot uslubi (qo‘rqitishga asoslangan, tarbiyaviy ta’sirga asoslangan,
do‘stona aloqaga asoslangan), uning psixologik xarakter xususiyatiga
ham bog‘liq.
O‘qituvchi nutq texnikasining xususiyati – avvalo o‘quvchilarga
qaratilgan hamda yo‘naltirilgan qizg‘in va uzluksiz faoliyatdir.
O‘qituvchining ta’lim–tarbiya jarayonidagi nutqini bemalol pedagog
monologi deb atash mumkin, unda pedagogik mahoratning eng noyob
jihatlari mujassamlashgan. O‘qituvchining obro‘-e’tibori, asab tizimining
bir maromda ishlashi, ish faoliyatining unumdorligi va ijobiy natijalarga
erishishi unda nutq texnikasining qay darajada rivojlanganligiga bog‘liq.
O‘qituvchi og‘zaki nutqining asosiy xususiyati, uning mazmuni
o‘quvchilar tomonidan ikkita kanal orqali tovush va vizual yo‘l bilan
qabul qilinishidadir. Vizual harakatlar o‘qituvchi nutqining ta’sirchan-
ligini, ifodaliligini oshiradi, u o‘qituvchining kayfiyati haqida ham o‘quv-
chilarga uzluksiz axborot berib turadi. Shuning uchun yosh o‘qituvchi
muloqotda o‘zining tashqi ko‘rinishini boshqara olish ko‘nikmasini
shakllantirishi kerak.
O‘qituvchi og‘zaki nutqining yana bir xususiyati, uning improvizat-
sion (hech qanday tayyorgarliksiz) xarakterda ega ekanligidadir. Tajribali
o‘qituvchi tekstga yoki konspektga qaramasdan, uyga maxsus tayyor-
lanmasdan gapiradi, o‘quvchi uni tinglab turib, so‘z va ifodalarda tutila-
yotganligini, ba’zan nutqiy kamchiliklarini ko‘ra oladi. Shunday holat
vujudga keladiki, go‘yoki o‘qituvchi notiq sifatida o‘zligi haqidagi haqi-
qatni, fikrlarini birinchi marta o‘quvchilar bilan ochayotgandek bo‘ladi.
Kommunikativ nutqning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun, o‘qituvchilar
o‘zida notiqlik san’atiga xos, qator maxsus qobiliyatlarni rivojlantirishi
talab qilinadi:
ijtimoiy perseptiv qobiliyat;
ijtimoiy tasavvur qobiliyati;
o‘zini boshqara olish qobiliyati;
muloqotda o‘zining ruhiy holatini boshqara olish qobiliyati;
198
irodaviy ta’sir ko‘rsatish qobiliyati;
ishontira olish qobiliyati.
Nutq texnikasi malakalari va ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli egallash
uchun sharoit yaratuvchi notiqning umumiy ruhiy, jismoniy xususi-
yatlarini takomillashtirish, bunda tasavvurni, obrazli xotira va fantaziyani
rivojlantirish ko‘zda tutiladi. Bunday faoliyatda
tovush, diapazon, tembr,
diksiya, artikulyatsiya, ritmika, to‘g‘ri nafas olish
muhim rol o‘ynaydi.
Tovush.
Ba’zi o‘qituvchilarga tovush tug‘ma qobiliyat sifatida beril-
gan, lekin bu ham mashq qilib turilmasa buziladi. O‘qituvchi o‘z tovushi-
ni kuchli, egiluvchan, emotsional ta’sirchan qila olishi mumkin. O‘qituv-
chi pedagogik faoliyatida tovushning o‘ziga xosligi nimalarda namoyon
bo‘ladi?
Avvalo tovush, chiqarilgan havoni hiqildoqdan o‘tishi paytida ovoz
pardalarining tebranishi natijasida vujudga kelishini ta’kidlash lozim.
Tovush o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
tovush kuchi
–
tovush apparati organlarining faol ishlashiga
bog‘liq. Chiqarilayotgan havo oqimining tovush tirqishiga bo‘lgan bosi-
mi qancha kuchli bo‘lsa, tovush ham shuncha baland bo‘ladi;
tovush uchuvchanligi
–
tovushning balandligida hamda uning
kuchli nutq apparati organlarining faolligiga bog‘liq. Tovush eshitilishi-
ning uchuvchanligi, (polyotnost) bu ovozni masofaga moslay olish, to-
vushni boshqara olishdir.
tovushning ixchamligi va harakatchanligi
–
o‘qituvchi nutqining
mazmuniga, tinglovchilarga moslab o‘zgartira olish qobiliyatiga bog‘liq
bo‘lib, bunda notiq tovushni yengil boshqarishi va tinglovchilarga mos-
lashtira olishi tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |