O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi toshkent – 2018



Yüklə 456,18 Kb.
səhifə17/73
tarix26.10.2023
ölçüsü456,18 Kb.
#161508
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi-fayllar.org

Tadqiqot loyihasi va dasturi. Har qanday faoliyatda, kundalik, istiqbolli loyiha va uni amalga oshirish dasturi bo‘lmasa maqsadga erishb bo‘lmaydi. Quruvchi ulkan inshootni har tomonlama hisob kitobli loyihaga asosan yaratadi, u yuz yillar xalqa xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqot ham shunga o‘xshash xalqqa, mamlakatga, insoniyatga xizmat qiladigan ulug‘ ish, unga kirishish, ilmiy izlanish loyihasini belgilashdan boshlanadi. Pedagogik tadqiqotda izlanuvchi ezgu maqsadi, millat, Vatan taraqqiyoti uchun ma’suliyatli orzu-intilishni loyihasida o‘z ifodasini topadi. Kitob yozishi, innovatsion texnologiya modelini yaratishi, bitiruv malakaviy yoki magistrlik dissertatsiya tanlangan mavzuni o‘rganishdan boshlanadi. Mavzuning qaysi jihatlari dolzarbligi aniqlanadi, tadqiqotning loyihasi tuziladi. Loyihada tadqiqotning maqsad, vazifa, amalga oshirish yo‘llari aniq ifodalanadi, tadqiqotning dastlabki tuzilish modeli yaratiladi. Loyihada optimal shart-sharoit hisobga olinadi. Dastlabki loyiha ekspertizadan o‘tkaziladi, loyihada tadqiqotning rejasi o‘z ifodasini topadi. Rejada mavzuning dolzarbligi, nazariy asosi, muammoni o‘rganilganlik holati, tahlil qilinadi. Shuningdek, sinov tajriba o‘tkazish obyekti belgilanadi. O‘rganayotgan adabiyotlar, internet manbalari ko‘rsatiladi. Tadqiqot loyihasiga asosan ilmiy-tadqiqot, ilmiy pedagogik ish dasturi tuziladi. Dasturda kundalik, joriy, oylik, istiqbolli faoliyat vazifalari aniqlanadi. Har bir faoliyatdagi singari ijodiy ishda ham izchillik samaradorlik omilidir. Ijodkorlik, yaratuvchanlik ilhomi bilan uzluksiz faoliyatda, ko‘nikma va malakada namoyon bo‘ladi. Ilhom, ilmiy ijod, rejasi, dasturi o‘z vaqtida bajarilsa, uning zavqi, huzur-halovati badiiy ijoddan kam bo‘lmaydi. Mukammal ilmiy ish loyihasi va faoliyat dasturi muvaffaqqiyat garovidir.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  1. Metodologik tadqiqot deganda nima tushuniladi?


  2. Maxsus-ilmiy tadqiqot tushunchasiga izoh bering.


  3. Metodologik va maxsus-ilmiy tadqiqotning bir-biriga o‘xshash va farqli jihatlarini Venn diagrammasi asosida tahlil eting.


  4. Ongsizlik va intuitsiya tushunchalariga izoh bering.


  5. Pedagogik tadqiqotlarda intuitsiyaning rolini qanday baholaysiz?


  6. Pedagogik ijodkorlik qanday o‘ziga xosliklarga ega?


  7. Pedagogik tafakkurning o‘ziga xos jihatlarini aniqlashtiring.







    1. Yüklə 456,18 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin