O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi toshkent – 2018



Yüklə 456,18 Kb.
səhifə24/73
tarix26.10.2023
ölçüsü456,18 Kb.
#161508
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi-fayllar.org

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  1. Paradigma nima? Pedagogik tadqiqot paradigmasi yadrosini nima tashkil etadi?


  2. Pedagogik tadqiqotlarning mantiqiy-gnoseologik modeli qanday tuzilishga ega?


  3. Deskriptiv empirik model komponentlariga nimalar kiradi?


  4. Empirik ma’lumotlar deganda nima tushuniladi?


  5. Illstratsiya va misollar va dalillar o‘rtasida qanday aloqadorlik mavjud?




II BOB. METODOLOGIK APPARAT VA TADQIQOT SIFATINI TA’MINLASH
2.1. PEDAGOGIK MUAMMONI TANLASH VA PEDAGOGIK TADQIQOT MAVZULARINI SHAKLLANTIRISH. PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING DOLZARBLIGINI ANIQLASH
Tayanch tushunchalar: muammo, pedagogik muammo, tadqiqot muammosi, mavzu, tadqiqot mavzusi, tadqiqot natijasi.
Pedagogik tadqiqotlar muammosi. Ilmiy tadqiqot muammoni qo‘yishdan boshlanadi. Falsafada muammo anglanish paytida obyektiv paydo bo‘luvchi savol yoki savollar jamlanmasi majmui sifatida aniqlanadi, ularning yechimi muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatni o‘zida aks ettiradi. Muammoning tuzilishida quyidagi savol ko‘ndalang turadi: “Avval fanda ma’lum bo‘lmagan qaysi jihatni o‘rganmoq kerak?” (V.V.Krayevskiy).
Tadqiqot muammosi fan va amaliyot uchun birdek dolzarb bo‘lishi kerak. Muammo – bu “bilmaslik haqidagi bilim”dir. Muammo tuzilishi ta’lim amaliyoti (ta’lim va tarbiya) pedagogika fani (didaktika, tarbiya nazariyasi, metodika) holatining obyektiv ilmiy tahlili natijasi hisoblanadi, uning maqsadi ilmiy “bilim” va “bilmaslik” chegaralarini aniqlashdir. Masalan, tadqiqotchi muammoni quyidagicha ifodalab beradi: “Didaktik tadqiqotlarning qanday sifat mezonlari mavjud?”. Aslida pedagogik tadqiqotlarning sifat mezonlari metodolog olimlar E.V.Berejnova, V.M.Polonskiy, V.V.Krayevskiy, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Slastiyonin kabilar tomonidan tizimlashtirilgan, asoslangan, ishlab chiqilgan. Yuqorida ifodalangan muammo aslida “tadqiqotchining o‘zining muammosi”, ya’ni u mazkur masala haqida yetarlicha bilimga ega emas.
Ilmiy muammo ta’lim yoki tarbiya amaliyoti, pedagogik nazariyada topilgan ziddiyatlar asosida ifoda etiladi. Ziddiyat – bu “qarama-qarshilik”, “mos emaslik”, masalan, pedagogik jarayon komponentlari orasida – maqsadi va mazmuni, mazmuni va metodik vositalari bilan.

Qarama-qarshilik va «ziddiyatlar» amaliyotda – ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun hali sabab emas! Amaliyotdagi har qaysi ziddiyat ham fan vositasitalari yordamida hal bo‘lavermaydi. Qolaversa, fan ziddiyatlarni echmaydi, balki asboblarni ularning yechimi uchun sharoit sifatida ishlab chiqadi. A.M.Novikovning ta’kidlashicha, pedagogik tadqiqot muammosi mantiqan o‘rnatilgan qarama-qarshilikdan sizib chiqadi: faqat fanga oid, ilmiy bilimning yassiligiga olib o‘tilgan, fan tilida ifodalangan jihatlardangina ajratib olinadi. Qarama-qarshilik yechimining dastlabki sharti-vositasi ishlab chiqilganda, variant mavjud bo‘ladi. Ilmiy ish bilan amaliy masalani ajratib olish muhim. Amaliy masaladan ilmiy muammoga o‘tish uchun, ikki tartibni amalga oshirish kerak: berilgan amaliy masalani echish uchun qaysi ilmiy bilimlar kerakligini aniqlash; ushbu bilimlar fanda borligini aniqlash; agar bilimlar bor bo‘lib, ularni tanlab olish, tizimlashtirish, foydalanish zarur bo‘lsa, u holda ilmiy muammoning o‘zi mavjud emas; agar kerakli bilimlar yo‘q bo‘lsa yoki to‘liq bo‘lmasa, muammo yoki muammolar majmui yuzaga keladi.


Tadqiqot muammosi dolzarblik, yangilik, nazariy ahamiyat (o‘sishga ko‘maklashish, nazariy bilimlarni takrorlash emas) va amaliy ahamiyat (ta’limiy amaliyotning real masalalari yechimini topishga yordam berish) talablariga javob berishi lozim.
Ilmiy muammoni tuzish uchun quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish kerak:
  • ta’lim amaliyotining tanqidiy tahlilini amalga oshirish (anketalashtirish, testdan o‘tkazish, ekspertli baholash uslubi va b.), uning sifati va effektivligini aniqlash, amaliyot holatini determinatsiyalovchi faktorlar, “qarama-qarshiliklar”, «ziddiyatlar», kelishmovchiliklarni shakllantirish;


  • fanda amaliyot qarama-qarshiliklarni echish vositalari ishlab chiqilganmi, shuni aniqlash (ilmiy tadqiqotlar natijalari tanqidiy tahlili asosida: yondoshuvlar, konsepsiyalar, ta’lim jarayoni modellari, ta’lim metodikasi), ilmiy “bilim” va “bilimsizlik” chegaralarini o‘rnatish (nima ishlab chiqilganu, nima ishlab chiqilmagan va “fan xaritasida oq dog‘” sifatida nima namoyot bo‘lgan);


  • tadqiqot obyektiga nisbatan, ma’noviy-kategorial apparatni qo‘shgan holda shaxsiy konseptual pozitsiyani asoslash (tadqiqotchi mavjud konsepsiya yoki nazariyaning adepti bo‘lishi mumkin);


  • tadqiqotning muammoli maydonini aniqlash, konkretlashtirish va birinchi navbatda shaxsiy tadqiqotning muammosini shakllantirish;


  • shaxsiy ilmiy muammoni dolzarblik mezonlari pozitsiyasi, potensial nazariy va amaliy mazmuni jihatidan tanqidiy refleksiyasini amalga oshirish (Muammo bormi? U dolzarbmi? Yyechimga egami? Uning yechimiga nazariy va amaliy extiyoj bormi? Pedagogik fan zamonaviy rivojlanish bosqichida uning yechimi mavjudmi?).


Muammo ko‘pincha so‘roq gap shaklida shakllanadi. Muammo tuzilishi mono- va polikomponentli bo‘lishi mumkin. Muammoning monokomponentli tuzilishida muammo bitta masaladan iborat bo‘ladi («Magistrantlarda pedagogik-metodologik refleksiyani qanday shakllantirish mumkin?»), polikomponent shaklida – bir necha masala («Bo‘lajak o‘qituvchilarda metodologik madaniyatni shakllantirish mazmuni va metodlari») muhokama uchun qamrab olinishi mumkin.



Yüklə 456,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin