|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshlang‘ich professional ta’limning fan dasturi
|
səhifə | 1/2 | tarix | 13.09.2023 | ölçüsü | 169,77 Kb. | | #143205 |
| 3 Хорижий тил инглиз тили 180 соат
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BOSHLANG‘ICH PROFESSIONAL TA’LIMNING
FAN DASTURI
Fan dasturi nomi:
|
Xorijiy til (ingliz tili)
|
Ajratilgan soat:
|
180
|
Toshkent – 2022
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI, RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI TOMONIDAN ISHLAB CHIQILGAN VA TASDIQLANGAN DASTUR ASOSIDA ISHLAB CHIQILDI.
Tuzuvchi:
|
U.Umurzakov
|
Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi xorijiy til fani o‘qituvchisi
|
|
|
Taqrizchi:
|
D. Usmanova
|
Farg‘ona davlat universiteti chet tillar fakulteti ingliz tili kafedrasi mudiri
|
1. O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
|
Xorijiy til
|
Ajratilgan soat
|
180
|
O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
|
40
|
Dasturning maqsadi
|
o‘quvchilarning ingliz tilida muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish;
nutq faoliyatining 4 asosiy turi – nutq, tinglab tushunish, o‘qish va yozish bo‘yicha kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish;
o‘quvchi shaxsiyatini, nutq qobiliyatini, e’tiborini va fikrlashini rivojlantirish;
xorijiy tilni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish.
|
O‘zlashtirish natijalari
|
o‘quvchi mavzu bo‘yicha o‘z fikrini xorijiy tilda bildira oladi;
tengdoshlarini qiyinchiliksiz tushuna oladi va ular bilan turli mavzularda erkin muloqot qila oladi;
radio, televidenie orqali dunyoda bo‘lib o‘tayotgan yangiliklar va voqealarni tushuna oladi;
turli mavzularda fikrini yozma tarzda bayon qila oladi;
xorijiy tilda xat, ariza va murojaatlar yoza oladi;
xorijiy tildagi gazeta, jurnal, kitoblarni o‘qib, umumiy ma’nosini tushuna oladi.
|
Bilimlar
|
ot, birlik va ko‘plik shakli, sanaladigan va sanalmaydigan otlarning ishlatilishi;
artiklning ishlatilishi;
hozirgi, o‘tgan va kelasi zamonlarning ishlatilishi;
rejalashtirilganish-harakatni ifodalash;
majhul nisbat;
shart ergashgan gaplar;
o‘zlashtirma gaplar;
sifat va uning darajalari;
ravish va uning darajalari;
modal fe’llar;
olmosh turlari va ularning ishlatilishi;
fe’lning shaxssiz shakllari;
so‘roq gap turlari va ularning ishlatilishi;
bog‘lovchilar.
|
Ko‘nikmalar
|
otlarning birlik va ko‘plik shakllarini, sanaladigan va sanalmaydigan otlarni farqlay oladi;
artiklning ishlatilish o‘rni va qay holatlarda ishlatilishi qoidalarini biladi va gapda qo‘llay oladi;
hozirgi,o‘tgan va kelasi zamonlarni bir biridan farqlay oladi va og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi;
rejalashtirilgan ish-harakatlarni ishlatilish holatlarini biladi va to‘g‘ri qo‘llay oladi;
majhul nisbatning aniq nisbatdan farqlay oladi va nutqda qo‘llaydi;
shart ergash gaplarni qay holatlarda ishlatilishi va shakllarini to‘g‘ri qo‘llay oladi;
ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirish qoidalarini biladi va qo‘llay oladi;
sifatlarning turlarini ajrata oladi, sifat darajalarini og‘zaki nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi;
ravishlarning turlarini ajrata oladi va uning darajalarini tuo‘g‘ri qo‘llay oladi;
modal fe’llarni qay holatlarda ishlatilish qoidalarini biladi va to‘g‘ri qo‘llaydi;
olmoshlarning ishlatilish qoidalarini biladi va ularning to‘g‘ri qo‘llay oladi;
fe’lning shaxssiz shakllarini maqsadga ko‘ra ishlatilishini biladi va og‘zaki va yozma nutqdato‘g‘ri qo‘llaydi;
so‘roq gap turlarini ajrata oladi va to‘g‘ri qo‘llay oladi;
bog‘lovchilarlarni ajrata oladi va qay holatda ishlatilishini biladi.
|
|
Dostları ilə paylaş: |
|
|