Fanni o`qitishdan maqsad- talabalarda umumiy psixologik bilimlarni shakllantirish, vokelik va jamiyatdagi voqea-hodisalarning, shaxsning o‘zida kechadigan jarayonlar va psixologik bilimlarni shakllantirish, ularni jamiyat hayotida umumiy psixologik hodisalar, holatlar va jarayonlarning mohiyatini tahlil etishga, shaxsning kamoloti va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, uning individual psixologik xususiyatlari, emotsional va irodaviy sifatlarini tahlil etishga o‘rgatishdan iborat.
Fanini vazifasi - Umumiy psixologiya nazariyasi fanini o‘qitish vazifalari quyidagilarni hal etishga qaratilgan: -inson ruhiyatini psixologik tahlil etish;
-umumiy psixologiya fanining jamiyat va shaxs kamolotidagi o‘rnini talabalarga tushuntirish;
-voqea va hodisalarni psixologik nuqtai nazardan tahlil va tadqiq etish malakasini hosil etish;
-inson psixologiyasini umumiy ilmiy asoslarini o‘rgatishni;
-jamiyat va shaxs orasidagi munosabatning psixologik qonuniyatlari asosida rivojlantirishni;
-umumiy psixologiya nazariyasi fani bo‘limlari bo‘yicha (psixikaning evolyusion taraqqiyoti, shaxs psixologiyasi, ichki regulyatsiya, sezgi va idrok, diqqat va xotira, tafakkur va nutq) psixologik bilimlarni tahlil etish, ularning qonuniyatlarini mashg‘ulot jarayonida talqil qilish.