O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


III. 4.Hajm-o`lchov bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/37
tarix21.12.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#77120
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)

III. 4.Hajm-o`lchov bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy 
xususiyatlari 
Hajm-o`lchov sifatlari narsa-buyumning hajmi, o`lchovi, miqdori, 
umuman, ko`lamini bildiradi. Bu qatorga keng, tor, uzun, chuqur, chog`, yirik, 
yupqa, sayoz, uzoq, yaqin va hokazolar mansub.Nasriy asarlarda bu kabi hajm-
o`lchov sifatlari, odatda, o`z asl ma’nosida qo`llanadi. Keng dala hamma yoq 
lolalardan libos kiygan. (Sh.Rashidov) Nazmiy asarlarda esa o`z ma’nosi bilan 
birga, ko`chma ma’noda ham qo`llanadi. Uzun-uzun o`ylarim unutolmaydi 
dilim. (M.Jiyanova) Chaqmoq chaqar, ko`k qarsillaydi, Quchgan kabi tog`dan 
azim tosh. (Shukrullo) Ikkinchi misoldagi “o`lcham nisbatan ortiq” semasi azim 
sifat leksemasi vositasi sifatida ifodalangan bo`lib, bu so`z badiiy uslubga xos. 
Katta so`zi o`z navbatida bir qator so`zlar bilan ma’nodoshlikka kirishadi: katta, 
ulug`, buyuk, zo`r, azim, azamat, ulkan, bahaybat, haybatli, yirik, gigant. Katta 
keng ma’no ifodasiga ega u aniq, shuningdek, mavhum tushunchalarga nisbatan 
qo`llanaveradi. Ulug`, buyuk, zo`r, azim, azamat, ulkan so`zlarining hammasida 
belgi darajasi nisbatan kuchli. Shuning uchun ham ular deyarli hamma vaq 
hajm-o`lchovi ancha katta bo`lgan narsalarga nisbatan qo`llanadi. Ulug` sifati 
asosan insonga nisbatan qo`llanadi. Mendan to`rt-besh yosh ulug`roq bir 


70 
birodarimiz bor edi (P.Tursun). Buyuk sifati aniq predmetlarga nisbatan kam 
qo`llanadi: Mening sovg`am – buyuk shahar, ko`rkam qishloqlar. (G`ayratiy)
Azim, azamat asosan aniq narsalarga nisbatan qo`llanadi: Baland qad ko`targan 
azim tog`lar. (Y.Hamdam) 
Ulkan so`zi manbalarda eskirgan so`z sifatida keltiriladi. 
Gigant kitobiy uslubga xos bo`lib, asosan inshootlarga nisbatan 
qo`llaniladi.
Yirik so`zi meva, tosh va boshqa so`zlar bilan birikadi. Mazkur so`z barcha 
so`z bilan ham sintagmatik munosabaga kirishavermaydi. Masalan, yirik uy, 
yirik daraxt kabi qo`llanishlar usluban noto`g`ri. Shu jumladan, gigant so`zi ham 
shunday. Gigant so`zini har qanday so`z bilan biriktirish mumkin emas. 
Masalan, gigant shoir birikmasi usluban g`aliz hisoblanadi. 
Ko`lam me’yorini bildiruvchi sifat leksemalar orasida predmetning hajm 
ko`lamini bildirishga xizmat qiluvchi keng, tor sifat leksemalar ma’lum bir 
oraliq masofani ifodalash uchun qo`llaniladi. Poetik nutqda keng, tor sifat 
leksemalari inson tasvirini, uning portretini berishda ham qo`llanadi: Keng 
qaboqli, tor miyiqli, Guli gulnor mohi nur. (M.Ali) Bu misolda keng, tor 
leksemalari vositasida tasvirlanayotgan kishining yuz-qiyofasi, portreti chizib 
berilgan. Tilimizda tor leksemasining peshonasiga nisbatan qo`llanilib, ko`chma 
ma’noda qo`llanadi. Peshonasi tor iborasi shu asosda shakllangan. 
Ko`lam me’yorini bildiruvchi sifat leksemar orasida chuqur, sayoz so`zlari 
predmetning pastlikka tomonbo`yini, chuqurligini ifodalashga xizmat qiladi. 
Bunda sayoz leksemasi chuqurlikning kuchsiz darajasini “tagi yuza joylashgan” 
semasini ifodalasa, chuqur leksemasi esa bunday belgining kuchli darajasini, 
aksini bildiradi. Mazkur so`zlar ham ko`chma ma’noda keng qo`llanilib, 
uslubiyatni vujudga keltiradi. Masalan,sayoz bilishi, sayoz fikr; chuqur bilim, 
chuqur ma’no kabi qo`llanishlar shular jumlasidandir. O`zbek tilining izohli 
lug`atida keng so`zining izohi quyidagicha berilgan. 1.Ko`chma ma’noda. Mehr-
muruvatli, yaxshilikni ayamaydigan kishi ma’nosida. Kengga keng dunyo, torga 
tor dunyo. (Maqol) 2. Fe’li (yoki ko`ngli) keng. Ko`ngling keng bo`lsa, hujra 


71 
ham saroyday. (Gazetadan) 3.Yuragi keng. Tashvish tortmaydigan kishi. 
Yuragingiz 
muncha 
keng 
bo`lmasa, 
ko`zingizga 
uyqu 
kelganiga 
hayronman.(A.Qahhor)
Ko`lamme’yorini bildiruvchi sifat leksemalar doirasiga kiruvchi uzoq, 
yaqin leksemalari uzunlik belgisining umumiy nomini ifodalaydi. Mazkur 
so`zlar ham fe’l oldidan kelib, ish-harakatning miqdoriy belgisini ifoda etishga 
ixtisoslashgan: Yaqin kelma, o`ldiraman, - dedi do`sti. (O`.Umarbekov) Uzoq 
ketib qolsangiz men nima qilaman? (P.Qodirov) 
Xullas, hajm-o`lchov ma’nosini ifoda etuvchi sifatlar aloqa-aralashuvda 
keng qo`llaniladi. Sifatning ma’no jihatdan alohida katta guruhini hosil qiladi. 
Hajm-o`lchov, ko`lam sifatlari poetik nutqda obrazli jumlalar yaratishda holat, 
xususiyat sifatlari singari faol qo`llanadi. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin