O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


III. 6. Maza-ta’m bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/37
tarix21.12.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#77120
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)

III. 6. Maza-ta’m bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy 
xususiyatlari 
Maza-ta’m bildiruvchi sifatlarga shirin, achchiq, nordon, taxir, sho`r va 
boshqa sifatlar kiradi. Bu sifatlar o`z leksik ma’nosidan tashqari ko`chma 
ma’noda ham ifodalanadi. Masalan: shirin bola, shirin turmush, shirin orzu
achchiq haqiqat, sho`r peshona kabi. Misollarni kuzatamiz: Voy-voy, bu shirin 
bolani, naq bug`ursoqni o`zi-ku. (G`.G`ulom)Achchiq so`zlaringni etdim-ku 
hazm. (Mirtemir) Mazkur misollardagi ko`chma ma’no ifodasi uchun ishlatilgan 
shirin bola, achchiq so`z kabilar obrazli ifoda uchun qo`llangan. Shirin va 
achchiq sifati diqqatni predmetning muayyan belgisiga tortish, belgini 
ta’kidlash, kuchaytirishning stilistik usuli sifatida nutqda xilma-xil konnotativ 
ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Lekin bu so`zlar gapdan nutqning boshqa 
elementlaridan ajralgan holda uslubiy bo`yoqqa ega bo`lmaydi. Ko`chadan 


73 
Qobiljon odatdagi shirin mulohazalari bilan kirib keldi. (S.Ahmad) Bu misolda 
shirin so`zi ko`chma nutqiy ma’no asosida konnotatsiyani yuzaga keltirgan, 
bunda shirin so`zi “kishi g`ururlanadigan, lazzatlanadigan muomala-munosabat 
belgisi” ma’no muqobilini bildiradi. 
Maza-ta’m sifatlari takirbilagi shirin va achchiq so`zlari nisbatan keng 
qo`llaniladi. Shu bilan birga, ma’no doirasining kengligi bilan xarakterlanadi. 
“O`zbek tilining izohli lug`ati”da mazkur so`zlarning quyidagi ma’nolari 
izohlangan: 1. Shirasi o`tkir, shirali. Shirin qovun. 2.Ta’mi yoqimli, mazali, 
lazzatli. Shirin sho`rva. 3.Ko`chma ma’noda: kishi huzur qiladigan, orom 
oladigan, lazzatlanadigan, xush yoqadigan, yoqimli, yoqimtoy: Shirin xayollar. 
4.Ahil, totuv. Shirin oila. 5. Shirin (xotin-qizlar ismi)
Achchiq so`zini kuzatamiz. Achchiq. 1.Ta’mi og`iz-tilni achitadigan, 
lovillatadigan. Achchiq garmdori. 2. Nordon, tishni qamashtiradigan. Achchiq
anor. 3.Achchiq choy. Quyuq damlangan choy. 4.Sezgi a`zolariga qattiq ta`sir 
qiladigan, o`yuvchi. Achchiq tamaki. 5.Jazillatadigan, jonni achitadigan. 
Dalalarda kech kuzning achchiq shamoli esa boshladi.(S.Ahmad) 6. Ko`chma 
ma’noda: Kishiga qattiq tegadigan, ko`ngilga ozor beradigan; qattiq, noxush. 
Achchiq tanqid. 7.Tili achchiq iborasi ham achchiq so`zi asosida shakllangan.
8.Ko`chma ma’noda: G`am-iztirobli, alamli. Uning achchiq ko`z yoshlari. 
Yuqorida ko`rib o`tganimizdek, shirin sifati “ahil, totuv, farovon” kabi 
konnotativ ma’nolarni ifoda etishi mumkin: Bu kimningdir shirin hayoti, 
hayron, mag`lub bu koinot. (O.Muxtor) Quyidagi misralarda shirin leksemasi 
oksimaron san’atini yuzaga keltirgan: Meni shirin og`u lazzati qiynar. 
(A.Oripov) She’riyatda shirin so`zi ko`proq mavhum ma’noli so`zlar belgisini 
ifodalaganda ijobiy emotsional ma’noni yuklaydi. Shukur aka bunday shirin 
ertaklarga e’tiroz bildirardi. (N.Nazir) 
Yuqoridagilardan ko`rinadiki, maza-ta’m sifatlarining ham konnotativ 
ma’nolari keng bo`lib, bular orasidan shirin va achchiq so`zlari ma’no 
ifodasining ko`pligi bilan ajralib turadi. Taxir, chuchuk, nordon kabilar shirin va 


74 
achchiq sifatlari oralig`idagi leksemalardir. Maza-ta’m sifatlari bilan ko`plab 
maqol va iboralar ham shakllanganligiga guvoh bo`lamiz 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin