72
kelardi. (O.Yoqubov) Xuddi shu holatni ematsional-ekspressiv bo`yoq
ifodalovchi quyidagi so`zlarda uchratish mumkin:
Ularning bari oppoq, o`n yetti
yashar qizning yuziday tep-tekis, tarang kulcha yuzli, ammo faqat bo`yniga
qarabgina haqiqiy yoshini bilish mumkin. (O`.Usmonov)
Kulcha, shirmoyi asosan nonga nisbatan ishlatilib, oliy navli undan sut va
yog` solib tayyorlangan kichktna dumaloq non ma’nosini ifodalaydi. Insonning
yuziga nisbatan esa kulchaga o`xshash, dumaloq, lo`ppi va qizil yuz ma’nosida
ishlatiladi.Badiiy adabiyotda bunday sifat leksemalarining semalarini ko`p
uchratamiz. Bu holat so`zlovchining emotsional-ekspressiv munosabatini
ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shakl-ko`rinish
bildiruvchi sifatlar
bilan holat bildiruvchi sifatlar ba’zanmos kelishi mumkin: semiz, ozg`in,
pachoq, bukir kabi. U oriqqina bo`lsa ham, qo`li, boldirlari tiqmachoq,
uzunchoqroq yonoqlari ham yapaloqroq, “8” raqamiga o`xshab ketadigan lablari
ham yetuk qizlarga xos bo`liq tirsillama. (A.Muxtor)
Shakl-ko`rinish sifatlari ham badiiy ijodda konnotativ ma’noni
yuzaga
chiqarishda qo`llanadi. Ular ham predmet, ham shaxsni ifoda etishda ishlatiladi.
Shaxsga nisbatan mazkur so`zlar qo`llanganda obrazlilik kuchayadi.
Dostları ilə paylaş: