Ozod Vatan – o‘z taqdirini o‘zi mustaqil hal etish huquqini to‘la ro‘yobga chiqara oladigan millatning, xalqning yashash makoni, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga, nufuziga va mavqeiga ega bo‘lgan mamlakat.
Obod Vatan – fuqarolari erkin va ozod, yaratuvchanlik faoliyati bilan band bo‘lgan, to‘la ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy xavfsizlikda yashayotgan davlat.
Erkin va farovon hayot – odamlarning yuqori darajadagi moddiy va ma’naviy ne’matlarga erkin tarzda, o‘zlarining bor qobiliyatlari va imkoniyatlari evaziga erishishi17.
Vatanning qadriga yetish uchun, avvalo, o‘tmishimizni yaxshi bilishimiz zarur. Agar buni unutsak, kelajagimizni barbod qilamiz.
Ajdodlarimiz Vatan degan bu muqaddas tuproqni ko‘z qorachig‘idek asrabavaylab
kelishgan. O‘tmishda yurtimiz qanday nomlar bilan atalmasin u bizga Vatan bo‘lib qolaverdi, xalqimiz qanday ahvolga tushmasin o‘z milliyligini saqlab qolaverdi, qanday fitna, fisqu fasodlar uyushtirishmasin o‘z yo‘limizdan adashmadik.
Buning qanday sirli sabablari bor dersiz. Bu tuproqning azizligi shundaki, unda yurtimizni jahonga tanitgan ulug‘ zotlar – aziz-avliyolar, ulamoyu allomalar, donishmandlar yotibdi. Bu tuproqning muqaddasligi shundaki, unda Vatan va millat ozodligi yo‘lida jon fido qilgan minglab xalq qahramonlari orom topgan. Ulug‘vorligi esa shundaki, unda Amir Temur kabi Vatan va millat fidoyilari tug‘ilib, o‘sib-ulg‘ayib, voyaga yetib, jahon kezib, butun insoniyat taraqqiyoti va rivojiga katta hissa qo‘shib, yer yuzida shunday yurt borligini tarixga muhrlab ketgan. Vatanparvarlik – xalqaro munosabatlarda Vatan, millat manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yishdir. Vatanparvarlik haqida gap ketganda, mustaqillik bizga in’om etgan vatanparvarlikning oliy ramzlari haqida so‘zlamaslikning iloji yo‘q. Vatanparvarlikning oliy ramzlari xalqimiz, yoshlarimiz qalblaridan mustahkam o‘rin olayotganligi nihoyatda quvonchlidir.
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining Birlashgan Millatlar Tashkilotining NyuYorkdagi qarorgohi oldida 180 tadan ortiq mustaqil davlatlar bayroqlari qatorida mag‘rur hilpirab turishini ko‘rish va his etish naqadar katta baxt. Prezident Islom Karimov juda to‘g‘ri ta’kidlab o‘tganidek: «O‘zbekiston fuqarolari uchun mustaqillikning muqaddas ramzlari – Davlat Gerbi, Davlat
Bayrog‘i, Davlat Madhiyasi azizdir. Ular ona vatan – O‘zbekiston Respublikasiga iftixor va cheksiz hurmat tuyg‘usini tarbiyalaydi». Davlatimiz mukofotlari – «O‘zbekiston Qahramoni» oliy unvoni, orden va medallar, faxriy unvonlar ham mamlakatimiz fuqarolarida o‘z Vatanidan g‘ururlanish tuyg‘ularini oshirishga xizmat qiladi.
Vatanparvarlik insonning o‘z Vataniga muhabbati va uni asrabavaylashga bo‘lgan intilishini anglatadi. Ota-bobolarimiz, ulug‘ ajdodlarimiz va allomalarimiz Vatanga muhabbat va sadoqatni ifoda etish borasida ajoyib namunalar ko‘rsatganlar. Ahmad Farg‘oniy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abulays Samarqandiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abul Mu’in Nasafiy, Kaffol Shoshiy kabi buyuk
mutafakkirlarimiz o‘z taxalluslarini kindik qoni to‘kilgan yurt bilan bog‘lab, uning nomini dunyoga mashhur qilganlari ham bir ibratdir18.
Xulosa qilib aytganda, vatanparvarlik har bir insonni o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtini, elini e’zozlash, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy taraqqiyoti haqida qayg‘urish, g‘amho‘rlik qilish, taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shish, o‘z davlati, mamlakatining mustaqilligini saqlash uchun jon kuydirishi va kerak bo‘lganda unga o‘z hayotini bag‘ishlashga yo‘llaydigan yuksak ma’naviylik mezonidir. SHunday qilib, hozirgi o‘zbek vatanparvarligi ota-bobolarimiz, avlod va ajdodlarimiz yaratuvchanlik, bunyodkorlik ishlarining bevosita davomidir. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish uchun hozir har daqiqada ulush qo‘shmoq, vatanga muhabbat tuyg‘usivatanparvarlikning asl ko‘rinishi va namoyon bo‘lishidir. Vatanga munosib farzand bo‘lish, uning eri, suvi, eli bilan chambarchas bog‘liq ekanligimizni teran anglash, uni asrash, ardoqlash vatanparvarligimizning qirrasi.
Dostları ilə paylaş: |