2.1-chizma. Mintaqaviy turizmni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari Yuqorida keltirilgan mintaqa va turizmni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlar
bir-biriga juda o`xshab ketadi, lekin ularning har birini bevosita manfaatlari
borligini ham esdan chiqarmaslik kerak. Asosiy yo`nalishlarning borligini
avvalombor mintaqaviy resurslardan (tabiiy, iqt'isodiy, mehnat, suv va er, maxalliy
homashyo) oqilona foydalanish, raqobatbardoshlikni oshirish, yangi ish joylarini
tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlash, aholining talablarini qondirgan holda,
ularning turmush sifatini yanada yuqoriga ko`tarishda ko`rishimiz mumkin.
O`zaro bog’liqlikni ikki taraflama ekanligini ta`kidlash lozim. Birinchidan,
mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni turizmga ta`siri; ikkinchidan, turizmni
mintaqani barqaror rivojlanishiga ta`siri.
Bizning
fikrimizcha,
mintaqadagi
ijtimoiy-iqtisodiy
omilni
turizmni
rivojlanishiga ta`siri quyidagilarda namoyon bo`ladi:
- mintaqadagi investitsion jozibadorlik, ya`ni investitsion faollik uchun
yaratilgan qulay muhit;
- hududlar miqyosida turizmni boshqarish tarkibini shakllanganligi;
- o`rta va uzoq muddatli turizmni rivojlantirish strategiyasini mintaqaning
ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarida aks ettirish;
- turizm sub`ektlarini samarali faoliyat ko`rsatishi uchun mahalliy resurslardan
(er, suv, gaz, elektr energiyasi) foydalanishni me`yoriy-huquqiy xujjatlarini
tayyorlash;
- mintaqaning turizm sohasidagi afzalliklarini keng targ’ibot qilish
(ko`rgazmalar, yarmarkalar, forumlar va boshqalar);
- turizm sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi uchun
qulay sharoit yaratish (ro`yxatga olish, hisobot, mahalliy soliqlar va boshqalar).
Ilmiy nazariya va uslubiyot nuqtai nazaridan turizmni mintaqa ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishiga ta`siri deyarli o`rganilmagan. Turizmni mamlakat va
mintaqa iqtisodiyotidagi o`rni turlicha ko`rinishga ega bo`lib, ayrim sohalarga
qo`shadigan hissasi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Lekin ushbu holatni amalga
oshirish avvalom bor iste`mol talablarini to`la qondirish, ya`ni o`ziga xos qadr
qimmatlar tizimini, turistik kompaniyalarning egalari, ularning mahsulotlarini
iste`mol qiluvchi turistlar, mintaqada ularni qabul qiluvchi hodimlar shakllantirishi
lozim.