2.3. Mintaqaviy turizmning ijtimoiy mazmuni va uning jamiyatdagi shakllanishi va rivojlanishidagi o`rni Turizmni rivojlantirish deyarli barcha iqtisodiy sub`ektlarga katta qulaylik olib
keladi. O`z navbatida turistlar o`zlari xoxlagan mahsulot va xizmatlarni oladilar,
turistik kompaniyalar va tadbirkorlar yuqori ish haqi va foydaga ega bo`ladilar,
mintaqa esa o`z byudjetini soliq tushumlari orqali to`ldiradi.
Mintaqada turizm taraqqiyoti avvalom bor mahsulot va xizmatlarga bo`lgan
qo`shimcha talabni shakllanishiga olib keladi. Turizmning yana bir o`ziga xos
xususiyati mintaqaga tashrif buyuruvchi turistlarda mahsulot va xizmatlarga bo`lgan
iste`mol talabini uyg’otadi. Ushbu talabni qondirish mintaqada faoliyat olib
borayotgan sanoat, qishloq xo`jaligi, transport va boshqa kompaniyalar tomonidan
amalga oshirish mumkin. Bu o`z navbatida ishlab chiqarish va xizmatlarni oshishiga
va qo`shimcha daromadlarni mintaqada shakllanishiga olib keladi.
Turistik faollik natijasida mahsulot va xizmatlarga paydo bo`ladigan talab
ishlab chiqarishni tashkil etishni va mavjudlarini quvvatini oshirishni talab qiladi.
Shu sababli turizm ma`lum darajada mintaqada real sektorni rivojlanishiga ta`sir
ko`rsatadi. Iste`mol tovarlari ishlab chiqarishni tez sur`atlar bilan rivojlanishi uchun
asosiy omil bo`lib mintaqa iste`mol tovarlari bozorini qondirish bilan bir qatorda
tashqi talabni shakllanishi uchun xizmat qiladi.
Mintaqada turizmni rivojlanishi transport va aloqa xizmatlariga bo`lgan talabni
oshishiga olib keladi. Ushbu holat milliy byudjetni ko`payishiga, aloqa va ishlab
chiqarish infratuzilma ob`ektlarini yanada rivojlantirish uchun asos yaratadi.
Turizmni mintaqadagi muhim vazifalaridan biri sifatida xorij davlatlar
valyutasi tushumini ko`paytirishdan iborat. Valyuta tushumlari turistik xizmatlar
ko`rsatish va valyuta ayirboshlash orqali amalga oshiriladi. Turistlarni
mehmonxona, restoran va transport xizmatlariga to`lanadigan pullari mintaqa
iqtisodiyotini rivojlanishiga eng ko`p ta`sir ko`rsatadi. quyidagi 2.2-chizmada
turizmni mintaqa turli tarmoqlariga ta`siri ko`rsatilgan.