O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

tabiiy – quruqlik va tabiiy – suvlik resurslariga, ularni o’z navbatida tabiiy 
(qo’riqxona, daryo vodiylari va b.) tabiiy – antropogen (bog’lar, milliy bog’lar va 
b.) va noyob resurslarga bo’lgan
14
. Turistik resurslar turli turistik dasturlar va 
marshrutlar yaratishga asos hisoblanadi. Ana shu nuqtai – nazardan sayohatchilar 
maqsadiga ko’ra olim, resurslarni shartli ravishda 4 ta guruhga bo’lishni taklif 
etgan: 
1. Kurortli; 
2. Rekreasiyali; 
3. Diniy – madaniy; 
4. Axborot – ish yuzasidan. 
Umuman olganda turistik resurslarga turlicha qarashlar mavjud. Shuni ta’kidlash 
lozimki, turizm maqsadida turistik resurslardan to’g’ridan – to’g’ri foydalanib 
bo’lmaydi. Buning uchun ko’pgina qo’shimcha xizmatlar, ya’ni joylashtirish, 
ovqatlantirish, sayohat va transport xizmatini tashkillashtirish kabi xizmatlardan 
foydalanish orqaligina turistik resurslardan turizm faoliyatida foydalanish mumkin. 
 
14
А.Д Чудновский. Управление индустрией туризма России в современных условиях. М.: КНОРУС, 2007
.


35 
3.3. Ijtimoiy-iqtisodiy turistik resurslar. Sarmoya resurslari, turistik 
axborot resurslari 
Turistik resurslar ichida jahon ahamiyatidagi madaniy obyekt va yodgorliklar 
asosiy o’rinda turadi. «Madaniy meros» deyilganda qo’yidagilar tushiniladi: 
- Yodgorliklar: arxitektura binolari, arxiologik ahamiyatidagi joylar, ilmiy, 
madaniy va tarixiy ahamiyatga ega g’orlar, yozuvlar; 
Ansanbillar: ilmiy, madaniy yoki tarixiy ahamiyatga ega o’zaro bog’langan 
binolar guruhi. Masalan, Registon ansambili; 
- Mehmondo’stlik joylari: inson yoki tabiat tomonidan yaratilgan estetik
etnografik, tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan, o’ziga jalb qiluvchi o’ziga xos joylar. 
Butunjahon madaniy merosi ruyxatiga kiritiladigan obyektlarning qo’yidagi 
hususiyatlari hisobga olinadi: 
- Inson ijodining noyob namunalari; 
- Ajoyib madaniy, arxitektura obyektlari, hamda madaniy landshaftlarining 
alohida ahamiyatga ega hududlari
- Zamonaviy sivilizasiyaning noyob namunalari, qurilishlari; 
- Inson tarixi bilan bog’liq binolar yoki arxitektura ansambillari, landshaftlari. 
Tabiatning noyob ko’rinishlarini butunjahon ruyxatiga kiritiladigan 
hususiyatlari qo’yidagilardan iborat: 
- Yer taraqqiyotida geologik-geomorfologik jarayonlar asosida shakllangan 
yodgorliklar; 
- Turli-tuman o’ziga hos ekosistemalar, landshaftlar; 
- Ma’lum mintaqaning o’ziga xos o’simlik va hayvonlari
- Kamyob biologik turlari. 
Madaniy – tarixiy resurslarga moddiy va madaniy turli yodgorliklari 
majmuasi, ma’lum mintaqaning turistik qiziqish obyektlari hisoblanadi. 
Mintaqalarning arxitektura yodgorliklariga boyligi turizmni rivojlanishiga turtki 
bo’ladi. Ammo oxirgi paytlarda turistik oqimning oshishi ayrim muammolarni ham 
keltirib chiqarmoqda. 
Bu resurslardan turizm maqsadida saqlashni quyidagicha amalga oshirish 
taklif qilinadi: 
- mavjud tarixiy joylar, binolar va yodgorliklarni turistik qiziqish obyektlari 
sifatida qayta tiklash; 
- tabiiy resurslarni muhofaza qilishni faollashtirish; 
- turistik ehtiyojni qondirish maqsadida atrof – muhit saqlash va yaxshilashda 
boshqaruv organlari ma’suliyatini oshirish. 
Mavjud resurslardan turizm faoliyatida intensiv foydalanish, ya’ni antropogen 
yukning oshib borishi natijasida tabiiy turistik resurslarning ifloslanishiga, tarixiy 


36 
obidalarning tez buzilishiga olib keladi. Turizmga oid Gaaga deklarasiyasida 
qo’yidagi takliflar bildirilgan: 
- Turistlarni mamlakat ichkarisida yoki chet elda borgan joylarida madaniy 
meros va atrof – muhitni saqlashga, ularga nisbatan hurmatda bo’lishga o’rgatish, 
hamda targ’ib qilish; 
- Joylarda turistlarni qabul qilish darajasini aniqlash, me’yordan ortishiga yo’l 
qo’ymaslik lozim deb ta’kidlanadi. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin