37
- asosiy binolar: otellar, bar, restoran, klub va boshqa.
- yordamchi binolar: garaj, isitish sistemasi va boshqa.
- inshoot va qo’rilmalar: yo’llar, turistik poyezdlar,
sport maydonlari va
boshqa.
- o’tkazgich qo’rilmalari: elektroo’tkazgichlar, quvurlar va boshqa.
- mashina va jihozlar: transfarmator, kompyutyer va boshqa.
- transport vositalari: yengil avtomobil, avtobus va boshqa.
Turizm salmog’ining yuqoriligi iqtisodiy tomondan daromatining oshishiga,
yangi ish o’rinlarini yaratilishiga hamda kichik biznesni rivojlanishiga turtki bo’ladi.
Turistik mamlakatlarda 50 foizdan ortiq mehnatga yaroqli aholi turizm sohasi bilan
to’g’ridan – to’g’ri yoki bilvosita bog’langan. Agarda ularda turistlar kelishi
qaysidir sababga ko’ra kamaysa, ishsizlar soni ortib boradi. Lekin yirik industrial
mamlakatlarda turizm sohasida band aholi 5
foizdan ortmaydi, ammo turizmning
dunyo bo’yicha rivojlanishi tufayli bu mamlakatlarda ham turizm sohasidagi band
mehnat resurslarini salmog’i ortib boradi.
Turizm sohasida miqdor jihatdan tahlil qilishdan tashqari,
bandlikning sifat
jihatdan tahlili ham mavjud. Ma’lumki turizmda asosan past malakali ishchilar,
ya’ni xizmatchilar, yuk tashuvchilar, ofisiantlar ishlashadi.
Bular bilan yuqori
malakali gid– tarjimon, bosh oshpaz, menejerlar ham ishlashadi. Albatta bu sohani
ham yuqori malakali mutaxasislar bilan ta’minlash kata ahamiyatga ega. Turizmda
band ishchilarning jinsiy tahlili ham ahamiyatga ega bo’lib, mehmonxona
xo’jaldigida ayol ishchilarning ulushi 50 foizdan ortiq.
Dostları ilə paylaş: