O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M


 O’zi qayta tiklanishi va o’sishi imkoniyatiga ko’ra



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

4. O’zi qayta tiklanishi va o’sishi imkoniyatiga ko’ra: 
· qayta tiklanadigan resurslar, bunga o’rmonlarni misol keltirish mumkin, 
o’rtacha 50 yilda qayta tiklanadi. 
· qayta tiklanmaydigan resurslar. 
Tabiiy turistik resurslar orasida asosiy o’rinni rekreatsiya resurslari egallaydi, 
ular mamlakat aholisini, hamda turistlarni dam olishi va davolanishi uchun asos 
bo’lib xizmat qiladi. Bunda noyob tabiat yodgorliklari asosiy turistik obyektlar 
hisoblanadi. Noyob tabiat yodgorliklari, bu – muhofaza qilinadigan obyekt 
turlaridan hisoblanadi. Ayrim hollarda tabiiy obyektlarni muhofaza qilish uchun 
katta maydonlarni ishg’ol qilinadigan qo’riqxonalar tashkil qilish maqsadga 
muvofiq bo’lmaydi. Shuning uchun kichikroq maydonlardagi tabiiy obyektlar 
«tabiat yodgorliklari» deb e’lon qilinadi va muhofaza ostiga olinadi. «Tabiat 
yodgorliklari» terminini dastlab A.Gumbolt taklif qilgan. O’tgan asrimizning 
boshlaridayoq Yevropada tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish boshlangan edi. 


40 
Tabiat yodgorliklari tabiatning o’zgarishi va unda sodir bo’layotgan 
jarayonlar haqida ma’lum darajada aniq guvohlik beradi. Tabiat yodgorliklari ilmiy 
– tarixiy va madaniy – estetik ahamiyatga ega. 
Umumiy xarakteriga ko’ra, tabiat yodgorliklari geologik – geomorfologik, 
botanik, paleontologik, astronomik va landshaft yodgorliklariga bo’linadi. 
Geologik – geomorfologik yodgorliklarga nodir geologik tog’ jinslari, karst 
voronkalari, relyef shakllari, g’orlar, issiq suvli mineral buloqlar kiradi. 
Mamlakatimizdagi Kilsi (Qirqtog’da), Qorlug’ (Ko’hitang tog’ida), Hazratidovut 
(Zirabuloq tog’ida), Amir Temur g’orlari, Zarafshon tizmasidagi karstlarni misol 
keltirish mumkin. 
Botanik yodgorliklarga yuz yillik daraxtlar, yo’qolib ketayotgan relikt 
o’simliklar kiradi. Bu yodgorliklarga Surxondaryo viloyatidagi, Urgut tumanidagi 
ming yillik chinorlarni kiritish mumkin. 
Peleontologik yodgorliklarga toshga aylangan organizm va qirilib ketgan 
hayvonlarning izlar qolgan joylar kiradi. 
Landshaft yodgorliklariga ajoyib qoyalar, sharsharalar, daralar, ajoyib 
buloqlar, xushmanzara joylar kiradi. Bunga Ilono’tdi (Temurlang) darasi, Ko’ksuv 
daryosidagi sharshara, Nurota va Urgutdagi buloqlar, Katta va Kichik Chimyon 
soyligi, Oqtosh soyligi va boshqalar kiradi. 
Astronomik tabiat yodgrliklariga yirik meteoritlar tushib izi qolgan joylar 
kiradi.
Tabiiy turistik resurslar orasida asosiy o’rinni rekreatsiya resurslari egallaydi, 
ular mamlakat aholisini, hamda turistlarni dam olishi va davolanishi uchun asos 
bo’lib xizmat qiladi. Undan tashqari tabiiy resurslardan to’g’ridan – to’g’ri 
foydalanish natijasida bir qancha muammolar ham kelib chiqmoqda. Bunda 
tabiatdan noto’g’ri foydlanish, ko’plab qurilishlarni amalga oshirish tufayli 
bo’lmoqda. Natijada ekosistemalar muvozanati buzilib, ekologik muammolarni 
kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin