43
4 - BOB. TURISTIK RESURSLARDAN FOYDALANISHGA TA’SIR
ETUVCHI OMILLAR
4.1. Mintaqaviy turizmni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
Har qanday mintaqada turizmning rivojlanishi
quyidagi asosiy tarkibiy
elementlar: rekreastion resurslar, infratuzilma, kadrlar, sarmoya,
boshqaruv tizimi
mavjud bo’lganda amalga oshirilishi mumkin.
Mintaqaviy turizmning to’liq tavsifi uchun uning rivojlanish shart-
sharoitlarini uchta tarkibiy bloklarga guruhlashtirish maqsadga muvofiqdir (4.1-
jadval).
4.1-jadval.
Mintaqaviy turizm rivojlanishining asosiy shart-sharoitlari
16
Asosiy bloklar
Tarkibiy elementlari
Hududiy resurs
1. Mintaqa hududi (turistikoqimlar yo’nalishi sifatida)
16
Зализняк. Е.А. Региональный туризм: основные признаки и условия развития. Вестн. Волгогр. гос. ун-та.
Сер. 3, Экон. Экол. 2011. № 2 (19) . С.74
44
2. Mintaqaviy
turizm rivojlanishining asosi bo’lgan
hududning tabiiy-jo’g’rofiy, tarixiy madaniy xususiyatlari
va
resurslari
Ijtimoiy-iqtisodiy
1. turistik ehtiyojlarni qondirish
2. mahalliy mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik
3. turizmning rivlojlangan turlari to’g’risida ma’lumotning
mavjudligi
Tashkiliy-
boshqaruv
1. Mintaqada turistik faoliyatni tashkil etish va moliyaviy
ta’minlash
2. Turistik infratuzilmaning rivojlanishi
3. Mintaqadagi transport ta’minoti
4. Mintaqaviy
rejalashtirish
va
turizm
rivojlanishini
boshqarish
5. Mintaqada sayyohlar xavfsizligini ta’minlash
Mintaqaviy turizm rivojlanishining asosiy shart-sharoitlarini shunday
yo’sinda guruhlarga ajratish turizm sohasining faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan
yo’nalishlar va metodlar, dasturlar majmui bo’lgan samarali
mintaqaviy siyosatni
shakllantirishga imkon beradi.
Masalan, hududiy-resurs blokining kompleks tahlili rekreastion salohiyatdan
foydalanish samaradorligini, mintaqaviy turizm sohasida
foydalanilmagan resurs
salohiyatini aniqlash va turizmning mavjud va yangi istiqbolli turlarini belgilash
imkonini beradi
Ijtimoiy-iqtisodiy blok o’z navbatida mintaqaning turizm sohasidagi mehnat
resurslari bilan ta’minlanganligini
baholash, mahalliy aholi bandligining
samaradorligini tahlil qilish imkonini beradi.
Tashkiliy-boshqaruv blokidagi tarkibiy elementlarning tahlili mintaqada
mavjud bo’lgan
moddiy-texnik bazani baholash, mintaqaviy turizmni
boshqarishning muvofiqlashtirilgan tizimini yaratishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: