55
bo'lsa, estetik baholash esa turistik namoyish ob'yektlarining jozibadorlik darajasini
belgilaydi.
Shuning uchun, bir qator integral ko'rsatkichlarni o’z ichiga oluvchi turizm
resurslarini baholashning kompleks metodologiyasini ishlab chiqish, nafaqat
maqsadga muvofiq, balki muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’ladi.
5.1.-jadvalda mintaqaning turistik-rekreatsion salohiyatini aniqlashda
foydalaniladigan turistik resurslarni baholash usullarining tasnifi taklif qilingan. U
turistik resurslarni baholashning miqdoriy, sifatiy va kompleks usullarini o'z ichiga
oladi. Miqdoriy usullar boshqa baholash usullari uchun statistik materialni taqdim
etadi. Miqdoriy baholash usullariga statistik (matematik) va kartografik usullar
kiradi. Kartografik usul mintaqa bilan tanishish va turistik resurslarni, agar ular
xaritaga kiritilgan bo'lsa, dastlabki baholash uchun ishlatiladi. Ushbu usul turistik
resurslarni baholash natijalarini sharhlash va hududlarning turistik rivojlanishining
geografik axborot tizimlarini shakllantirish uchun ham to’g’ri keladi.
Ma'lumotlarning asosiy manbalari bo’lib tabiiy, tarixiy va madaniy va turizm
infratuzilmasi ob'yektlari va turistik namoyish ob'yektlarining davlat reyestrlari
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: